Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/85
Sana23.05.2023
Hajmi2,11 Mb.
#942889
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy

1.
 
Ibn Sinoning asosiy ilmiy asarlari

Ibn Sinoning eng katta asarlari quyidagilardan iborat: 
1.«Tib qonunlari» asari. Abu Ali ibn Sino nomini butun dunyoga mashhur qilgan va 
abadiylashtirgan bu asar besh kitobdan iborat bo`lib, O`rta asr SHarq meditsina fanining 
entsiklopediyasi hisoblanadi. Bu asarni olim 1012-1020 yillarda Jurjon, Ray va Hamadon 
shaharlarida yozgan. 
2.«Ash-shifo» asari bir necha tomdan iborat bo`lib, o`rta asr fani entsiklopediyasidan iborat. 
Asar 18 qismdan iborat bo`lib, bularda falsafa, mantiq, fizika (tabiiyot hakidagi umumiy ta`limot), 
matematika, meteorologiya, botanika, zoologiya, psixologiya va boshqa fanlar bayon etilgan.
3.«Najot» kitobi. Bu qisqacha shaklda yozilgan entsiklopedik asar bo`lib, bunda falsafa, 
mantiq, fizika va matematika fanlari bayon etilgan. Tadqiqotchilarning ko`rsatishicha, u «Ash-
shifo» asaridan qisqartirilgan. 1593 yilda bu kitob Rimda «Tib qonunlari» kitobiga qo`shimcha 
sifatida nashr etilgan. Bu asarning qo`l yozmalari Istambul va Erevan kutubxonalarida 
saqlanmoqda. 
4.«Ishorot va tanbixot» asari. Bu asar falsafaga bag`ishlangan bo`lib, olim tomonidan 1035 - 36
yillarda Isfahonda yozilgan. 
5.«Donishnoma» kitobi. Bu asarni ibn Sino 1030 –1035 yillarda Isfahonda yozgan. O`rta asr 
fanining entsiklopediyasidan iborat bu asarda falsafa, mantiq, fizika va matematikaga doir fanlar 
bayon etilgan. 
 
2.Ibn Sinoning fizika va matematika fanlariga doir asarlari. 
 
Entsiklopedist olim ibn Sinoning ko`p asarlarida, shu jumladan «Ash - shifo» va 
«Donishnoma» asarlarida fizika va matematika fanlariga bag`ishlangan maxsus bo`limlar bor. Bu 
bo`limlarda fizika, geometriya, astronomiya, arifmetika va muzika nazariyasiga doir masalalar 
bayon etilgan.


32 
Mashhur olim ibn Sino o`zining ilg`or va olijanob g`oyalarini ommaga etkazib, xalq uchun 
qo`lidan kelganicha ko`proq asarlar yaratish, o`z asarlari orqali yosh avlodga fan asoslarini 
o`rgatish va o`qitishni asosiy maqsad qilib oldi. SHuning uchun ham olimning «Ash - shifo» va 
«Donishnoma» asarlarida «kvadrivium»ga katta ahamiyat berilgan va bu bo`limlar, o`quvchilarga 
tushunarli bo`lishi uchun, sodda tilda bayon etilgan. 
Ibn Sino o`z «kvadrivium»ini yozishda mashhur yunon klassik olimlari Evklidning (eramizdan 
ilgarigi III asr ) «negizlar», Ptolomeyning (II asr) ―Almagest‖, ―Garmoniya haqidagi ta`limot‖ 
asarlari va Nikomaxning (I asr) ―Arifmetikaga kirish‖, shuningdek Forobiyning (873 - 950) 
―Muzika to`g`risida katta kitob‖ asarlarini asos qilib oldi. 
―Ash - shifo‖ asarida ―kvadrivium‖, ya`ni matematikaga doir bo`limlar: ―Qisqartirilgan 
Evklid‖, ―Qisqartirilgan Almagest‖, ―Sonlar fani‖, ―Muzika fani‖ deb atalgan. Masalan, ―Sonlar 
fani‖, bo`limida 9 soni yordamida sonlarning kvadratga va kubga ko`tarish amallarining to`g`riligini 
tekshirish haqida quyidagicha qoidalar berilgan: 
1. Kvadrat sonlarning birliklari raqami hamma vaqt 1,4,9,6 va 5 sonlaridan iborat bo`ladi deb 
ta`kidlaydi. So`ngra u yozadi: Kvadratlarni hindlar usuli bilan tekshirishga 
kelganda bu 1 yoki 4, yoki 7 yoki 9 bo`lishi zarur. Negaki 1 ga mos 1 yoki 8, 
4 ga mos 2 yoki 7, 7 ga mos 4 yoki 5 va agar 9 bo`lsa unga 3 yoki 6, yoki 9 
mos bo`ladi. Bu qoidani quyidagicha tushuntirish mumkin: agar shunday son 
berilsaki, uni 9 ga bo`lganda qoldiq 1 yoki 8 bo`lsa, u vaqtda bu sonning 
kvadratini 9 ga bo`lganda qoldiq bir bo`ladi. Agar sonni 9 ga bo`lganda 
qoldiq 2 yoki 7 bo`lsa, u vaqtda bu sonning kvadratini 9 ga bo`lganda qoldiq 
4 chiqadi. Agar sonni 9 ga bo`lganda qoldiq 4 yoki 5 bo`lsa, u vaqtda bu 
sonning kvadratini 9 ga bo`lganda qoldiq 7 bo`ladi. Agar sonni 9 ga 
bo`lganda qoldiq 3, 6, 9 bo`lsa, u vaqtda bu sonning kvadratini 9 ga 
bo`lganda qoldiq 9 bo`ladi. 
Masalan: 1). 73 sonini 9 ga bo`lganda qoldiq 1 bo`ladi, uning kvadrati 73² q 5329 sonini 9 ga 
bo`lganda qoldiq 1 bo`ladi. 2).85 sonini 9 ga bo`lganda qoldiq 4 bo`lsa, uning kvadrati 85² q 7225 
sonini 9 ga bo`lganda qoldiq 7 bo`ladi. 
2.Kublarning xossalaridan biri shundan iboratki, hind usuli orqali ularni tekshirish, ya`ni ularni 
hisoblash uchun qo`llaniladigan tekshirish: 1, 8 yoki 9 sonlari bo`ladi. Agar bu 1 bo`lsa, kubga 
ko`tariladigan sonning birliklari raqami 1 yoki 4 yoki 7. Agar bu 8 bo`lsa, bu sonlar 8 yoki 2 yoki 5 
bo`ladi. Agar 9 bo`lsa, kubga ko`tariladigan sonning birliklari raqami 3 yoki 6 yoki 9 bo`ladi. 
Bu qoidani quyidagicha tushuntirish mumkin: agar sonni 9 ga bo`lganda qoldiq 1,4 yoki 7 
bo`lsa, u vaqtda bu son kubini 9 ga bo`lganda, qoldiq 1 bo`ladi.Agar sonni 9 ga bo`lganda qoldiq 
2,5 yoki 8 bo`lsa, u vaqtda bu sonning kubini 9 ga bo`lganda qoldiq 8 bo`ladi va agar sonni 9 ga 
bo`lganda, qoldiq 3,6 yoki 9 bo`lsa, u vaqtda bu son kubini 9 ga bo`lganda qoldiq 9 bo`ladi. 
Masalan: 1)25 sonini 9 ga bo`lganda qoldiq 7 bo`ladi, uning kubi 25³q 15625 sonini 9 ga bo`lganda 
qoldiq 1 bo`ladi. 
2) 55 sonini 9 ga bo`lganda qoldiq bir bo`ladi. Uning kubi 55³ q 166375 sonini to`qqizga 
bo`lganda qoldiq 1 bo`ladi. 
Ibn Sino tomonidan berilgan bu qoidalar shuni ko`rsatadiki, arifmetik amallarni, sonlarni 
kvadratga va kubga ko`tarishning to`g`riligini 9 soni bilan tekshirish (mezon olish) O`rta Osiyo 
matematikalariga ma`lum bo`lgan. Keyinchalik bu qoidalar O`rta Osiyo matematiklari asarlari 
orqali G`arb mamlakatlariga tarqaldi. 
Ibn Sino tomonidan berilgan sonlarni kvadratga va kubga ko`tarishning to`g`riligini 9 soni 
orqali tekshirish qoidalari, hozirgi vaqtda sonlar nazariyasi fanidagi kvadratik va kubik chegirmalar 
nazariyasiga tegishliki, ular taqqoslash vositasida echiladi. Bu qoidalarni hozirgi vaqtda, 9 moduli 
bo`yicha taqqoslash shaklida quyidagicha yozish mumkin: 
(9n±1)²≡ 1
(9n±2)²≡ 4 
(9n±3)²≡ (9n

9) ≡ 9 


33 
(9n±4)²≡ 7 
(9n±1)³≡ (9n

4)³ ≡ (9n

7)³ ≡ 1 
SHunga o`xshash 
(9n±8)³ ≡ (9n

2)³≡ (9n

5)³ ≡ 8 
(9n±3)³≡ (9n

6)³ ≡ (9n

9)³ ≡ 9 
YUqorida aytilgan arifmetikaga bag`ishlangan «sonlar fani» bo`limi 43 ta`rif va 201 
jumlalarni o`z ichiga oladi. Nikomaxning «Arifmetikaga kirish» kitobi asosida yozilgan bu 
bo`limda natural sonlar, ularning xossalari, «shaklli sonlar» va boshqa arifmetik masalalar bayon 
etilgan. 
Bular orasida quyidagi muxim ahamiyatga ega jumla bayon etilgan: 
Berilgan biror son kubga kutarilganda xosil bo`lgan sonning oxirgi raqami biror son bo`lsin, u 
vaqtda bu son kubining oxirgi raqami berilgan son oxirgi raqamiga teng bo`ladi. 
Hozirgi belgilashlarga asosan, bu xossani shunday ifodalash mumkin: Agar N q an 10ⁿ Q 
an_1 10ˉ¹Q an q an (mod 10) son berilgan bo`lsa, bu sonning kubi 
N
³ ning oxirgi raqami ―b‖ 
bo`lsin. U vaqtda 
N
³q 

(mod 10) bo`ladi. Demak, 
b
³q 
a0 
(mod 10).
Masalan : 12 q 10 Q 2 q 2
 
(mod 10)
 
12³q 1728 q 8 (mod 10) 
bunda 8³q 512 ≡ 2 (mod 10) bo`ladi. 
Bu bo`limda, yana shunday jumla keltirilganki, bu Nikomax asarida keltirilmagan. ―Kubdan 
qirra ayrilsa, bu 6 karrali son bo`ladi‖. YA`ni, umumiy holda (n³— n) shaklidagi son 6 ga bo`linadi. 
Masalan: n ═ 3 bo`lsa, 3³- 3 q 24q 4·6: 
n ═ 4 bo`lsa, 4³- 4 q 64-4q60q10·6: 
n ═ 8 bo`lsa, 8³- 8 q 512-8q504q84·6: 
n ═ 12 bo`lsa, 12³- 12 q 1728-12q1716q286·6: 
―Ash - shifo‖ asarida geometriya ―qisqartirilgan Evklid‖ nomli bo`limda bayon etilgan. 
Planimetriyaga doir bo`lim 58 ta`rif, 7 postulat, 5 aksioma va 169 jumla (teorema)dan iborat. 
Stereometriyaga doir bo`limda esata`rif va 86 jumla (teorema) bayon etilgan. 
Bu bo`limlarni o`rganish va ularni Evklidning ―Negizlar‖ kitobi bilan solishtirish sohasida 
olimlar tomonidan olib borilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, Ibn Sino kup hollarda masalalarni 
qisqa va sodda holda bayon etishga intilgan. Ko`p tushunchalarni konkret misollar bilan 
tushintiradi, ba`zi jumlalar uchun o`z isbotlarini bayon etadi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish