Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/99
Sana11.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#347112
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
Мавзу Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси

Ulug’bek  maktabi 
          Markaziy Osiyoda matematika fani rivojiga Ulug`bek ilmiy maktabi katta xissa qo`shdi (XV-
XVI asrlar).U o`ttiz yildan ortiq faoliyat ko`rsatdi. Quyida bu maktabda matematika bo`yicha ilmiy 
ishlar olib borgan olimlar to`g`risida hikoya qilamiz.  
 
Muhammad  Tarag`ay  Ulug`bek  (22.03.1394-27.10.1449)-buyuk  o`zbek  astronomi  va 
matematigi.  Davlat  arbobi  va  ma'rifatparvari.  Amir  Temur  Sohibqironning  nevarasi.  1409  yildan 
samarqand hukmdori. Otasi-Shohruhning vafotidan so`ng Samarqand hukmdori. Otasi-Shohruhning 
vafotidan  so`ng  temuriylar  dinastiyasi  boshlig`i.  Samarqandda  madrasa  va  dunyoda  eng  yaxshi 
rasadxona  bunyod  etdi.  O`z  atrofiga  mashhur  matematik  va  munajjimlarni  to`plab,  ilmiy  maktab 
tashkil  etdi.  Samarqand  rasadxonasida  bir  asrga  yaqin  muddat  mobaynida  ilmiy  kuzatishlar  olib 
borildi.  Unda  yulduzlar  va  sayyoralar  harakatiga  oid  «Yangi  astronomik  jadvallar»  («Ziji  jaddi 
Ko`ragoniy»)  (1437  y.)  tuzilib,  astronomiyaning  nazariy  va  amaliy  masalalari  keng  bayon  etildi. 
1019 yulduzning vaziyati ko`rsatilib, qariyb 200 yil davomida Tixo Bragegacha uning aniqligi eng 
yaxshi  bo`lib  turdi.  Ulug`bek  tomonidan  juda  aniq    trigonometrik  jadvallarni  tuzishga  imkon 
beruvchi al-jabr usullari ishlab chiqildi. Bu usul istalgan aniqlikda hisoblashlarni amalga oshirishga 
yordam  berar  edi.  Uning  nomi  bilan  Samarqand  me'morchilik-qurilish  instituti,  Toshkent  shahrida 
Mirzo  Ulug`bek  tumani  va  ko`plab  joylar  ataladi.  Oyning  qo`rinib  turuvchi  tomonidagi  bir  krater 
Ulug`bek nomi bilan ataladi. 1994 yilda uning 600 yillik yubileyi respublikamizda va jahonda keng 
nishonlandi.  
 
Salohiddin  Muso  ibn  Muhammad  ar-Rumiy  Qozizoda  (1364-1436)-Ulug`bek  ilmiy 
maktabida  faoliyat  ko`rsatgan  matematik.  Turkiyadagi  Rum  (hozirgi  Bursa)  shahrida  tavallud 
topgan.  Samarqandda  yashadi  va  ijod  qildi.  Fan  sohasidagi  yutuqlari  uchun  «Aflotuni  zamon» 
degan  nom  olgan.  Uning  matematikaga  oid  ishlari:  «Arifmetika  haqida  risola»,  «Asosiy  jumlalar 
kitobiga  sharhlar»  (bunda  Evklid  V  postulatini  isbotlashga  urinadi),  «Sinus  haqida  risola»  (20  li 
vatar,  ya'ni  10  li  sinusning  ikkilangani  uchun  tenglamani  keltirib  chiqarish  va  yechish  bayon 
etilgan),  «Sinus  choragi  haqida  risola»  (algebra  va  trigonometriyaga  bag`ishlangan  bo`lib, 
trigonometrik  funksiyalarning  har  bir  to`rtdan  bir  daraja  qiymatlari  aljabr  usulida  aniqlangan). 
Uning matematika bo`yicha ishlari al-Koshiy ishlariga ulashib ketgan.  
 
G`iyosiddin  Jamshid  ibn  Ma'sud  al-Koshiy  (1385-22.06.1429)-matematik  va  astronom, 
Samarqandda Ulug`bek rasadxonasida Qozizoda ar-Rumiy bilan ishlagan. Koshon (Eron) shahrida 
tug`ilgan. 1417 yilda  Samarqandga  keladi va shu yerda yashab  ijod qiladi.  Matematikaga  oid  3 ta 
asar  yozgan:  «Arifmetika  kaliti»  («Miftoxul-hisob»)  (1427  yilda  yozgan)  sodda  matematika 
bo`yicha  asosiy  o`qish  kitobi  bo`lib  xizmat  qilgan.  Kitobda  ilgari  matematika  bo`yicha  olingan 
natijalar  bilan  birgalikda  ko`p  muhim  kashfiyotlar  bayon  qilingan.  Xususan,  sonlardan  ixtiyoriy 
musbat  butun  ko`rsatkichli  ildiz  chiqarish,  ikkihad-Nyuton  binomini  butun  musbat  darajaga 
ko`tarish,  Xitoy  va  arab  Sharqi  olimlariga  qaraganda  izchilroq  o`nli  kasrlar  va  ular  ustida  amallar 
bajarish  qoidalari  ishlab  chiqilgan.  Olim  yuqori  tartibli  tenglamalarni  taqribiy  yechish  qoidalarini 
«Vatar va sinus haqida» asarida bayon etadi. Natural sonlar to`rtinchi darajalari yig`indisini topish 
qoidasi Koshiy nomi bilan ataladi. «Aylana haqida risola» (1427 yil) asarida al-Koshiy ( sonining 
verguldan  keyingi  17  ta  qiymatini  topadi.  (Evropada  bunday  natija  1597  yilda  qo`lga  kiritilgan), 
bunda Arximed usulidan foydalanadi, aylanaga ichki chizilgan muntazam 
28
10
3

 tomonlik orqali 
(  sonni  qiymatini  aniqlagan  (ya'ni  u  muntazam  600335168-burchak  tomonini  hisoblashiga  to`g`ri 
kelgan). U trigonometrik hisoblashlarni takomillashtirdi, osmon jismlarigacha bo`lgan masofalarni 
o`lchash usulini topdi, sayyoralar harakatini kuzatish uchun mexanik asbob ixtiro qilgan.  


 
111 
 
Aloviddin  ibn  Muhammad  Ali  Qushchi  (1402-1474)-asronom  va  matematik.  Ulug`bek 
rasadxonasida  ishlagan.  Dastlab  Ulug`bek  saroyida  «qushchi»  lavozimida  ishlagan.  So`ngra  Xitoy 
imperatori  saroyida  Ulug`bekning  elchisi  bo`lgan.  Ulug`bek  vafotidan  so`ng  Istambulgan  oid 
asarlari:  «Hisob  risolasi»  (1425  yil)  asari  hindlar  arifmetikasi  (oltmishlik  sanoq  sistemasi)  va 
geometriyaga  bag`ishlangan,  «Kasrlar  haqida  risola»  (1430  yil)  kasrlarga  bag`ishlangan  bo`lib, 
unda  oddiy  va  o`nli  kasrlar  haqida  to`liq  ma'lumot  berilgan.  «Kitobul-Muhammadiya»  asari  fors-
tojik  tilida  yozilgan,  geometriya,  trigonometriya  va  arifmetikaga  bag`ishlangan.  Bunda  u  birinchi 
bo`lib,  hozirgi  «musbat»  va  «manfiy»  atamalarini  kiritdi.  Unda  shuningdek,  tekis  uchburchaklar 
trigonometriyasi,  sinus  va  kosinus  teoremalari,  uchburchak  va  doira  yuzlarini  topish  formulalarini 
berdi.  Qushchi  uchburchaklarni  yechish  masalasi  bilan  shug`ullangan.  Bu  masalada  Koshiy  va 
Qushchi  birinchi  bor  kosinuslar  teoremasini  qo`llaganlar.  (Ovrupoda  Viet  uni  1593  yilda  tatbiq 
etgan).  Trigonometrik  funksiyalarning  qiymatlarini  hisoblashda  chiziqli  interpolyatsiyalash  usulini 
bayon etgan.  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish