98
ABU RAYXON BERUNIY
BERUNIYNING HAYOTI
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shaharlardan biri
bo‘lgan Qot shahrida (hozirgi Beruniy shaf 973 yil 4 sentyabrda tug‘ilgan. Uning bolalik va yoshlik
davri Qotda o‘tdi. Qot shahri O‘rta Osiyoning feodalizm davridagi taraqqiy etgan markaziy
shaharlaridan biri bo‘lgan.
X asr oxirlarida Xorazm ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, janubiy Xorazm — markazi Qot,
shimoliy Xorazm — markazi Urganch shahri edi. Bu davrda Xorazmning Sharqiy Yevropa
mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari taraqqiy etgan, umuman Xorazm davlatining
gullagan davri edi. Xorazmning katta shaharlari—Qot va Urganchda ko‘plab mashhur olimlar
fanning turli sohalarida chuqur va keng ilmiy ishlar olib borar edilar. Bu olimlar fan sohasida
entsiklopedist bo‘lganlar. Xorazmning ikkala qismi hukmdorlari orasidagi taxt uchun kurash
Mamun g‘alabasi bilan tugadi. 995 yilda Urganch amiri Mamun Xorazmning ikkala qismini yagona
bir davlatga birlashtirdi. Qot hukmdori Abdullohning yengilishi, Qot shahrida ilmiy ish bilan
shug‘ullangan olimlar hayotiga salbiy ta`sir ko‘rsatdi.
Beruniyda bolalik chog‘laridayoq fanga chuqur qiziqish va uning tarmoqlarini egallashga
intilish bor edi. U ko‘proq aniq fanlarga qiziqar edi. Yosh Beruniydagi bunday iste`dodni sezgan
Abu Nasr ibn Iroq uni o‘z tarbiyasiga oladi. Ibn Iroq Xorazmning hukmron doiralariga karindosh
bo‘lib, u X — XI asrlarning eng yirik astronom va matematiklaridan edi. U uzoq yillar davomida
Beruniy bilan birga bo‘ladi, unga astronomiya va matematika sohasida ustozlik qiladi. Beruniy
umrbod o‘z qalbida ustoziga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorchilik hislarini saqlab qoladi.
995 yil hodisasidan so‘ng Beruniy o‘z vatani Xorazmni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Bu
davrda u yirik olim bo‘lib tanilgan edi. Ro‘y bergan hodisa uning ilmiy ishlariga putur etkazadi. O‘z
ilmiy ishlariga qulay sharoit va osoyishtalik izlagan Beruniy Kaspiy dengizi janubi-sharqiy
qirg‘og‘ida joylashgan Jurjon shahriga boradi. Yo‘lda, yeronniig hozirgi Tehron shahri yaqinida
joylashgan Ray shahrida to‘xtaydi va bu yerda O‘rta osiyolik mashhur astronom matematik
Xo‘jandiy bilan uchrashadi. Beruniy Ray shahridagi rasadxonada, Xo‘jandiy bilan birgalikda
kuzatish va o‘lchash ishlari olib boradi. Beruniy bu rasadxonada Xo‘jandiy tomonidan yasalgan
«Faxriy sekstanti» nomli katta astronomik asbob bilan qiziqadi va «Faxriy sekstanti bayoni haqida»
nomli asar yozadi (995 — 997 yillar).
Beruniy 1005 — 1017 yillarda yana Qotda yashaydi. U Mamun II hukmdorligi davrida
Qotda tashkil etilgan «Donishmandlik uyi»da o‘sha zamoning yirik olimlari bilan hamkorlik qiladi.
Ular orasida mashhur faylasuf, tabiatshunos, tabib Ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masixiy, olim va
tabib Abul Hasan Hammor, adib Abu Mansur as-Saolibiy va boshqa qator olimlar bor edi.
Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo‘lib, ko‘p vaqtini turli kuzatishlar bilan o‘tkazar edi.
U yoshlik chog‘larida astronomik asbob—devor kvadratini yasagan. U Xorazmning turli joylari
koordinatalarini aniqlash bilan shu-ullandi va 995 — 996 yillarda Qot shahrida diametri 15 ziro`
(Ziro`—qadimgi o‘lchov birligi, 49 sm chamasida) bo‘lgan doira va boshqa asboblar bilan
astronomik o‘lchash ishlari olib bordi.
998 — 1004 yillarda Beruniy Jurjon shahrida yashaydi, Bu joyda u o‘zining birinchi eng
katta asari «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (Al-Osorul-boqiya anil-qurunil-xoliya) nomli
kitobini yozadi.
Beruniy bu asarida Sharq mamlakatlari xalqlarining kalendarlari, fan va madaniyatlari
haqida ko‘p faktlarni bayon etdi. Bu asar orqali Beruniyning shuhrati butun Sharqqa tarqaldi.
1010 yilda Xorazm shohi Mamun Beruniyni Xorazmga chaqirdi va uni fan sohasida asosiy
maslahatchi qilib tayinladi.
Beruniy Mamun «Donishmandlik uyi»ning a`zosi hisoblanib, unda 7 yil ilmiy ish olib bordi
va juda ko‘p fan masalalarini hal qildi. Lekin u o‘z vatani Xorazmda ko‘p yashay olmadi, chunki
1017 yilda zolim shoh Sulton Mahmud tomonidan Xorazm bosib olindi. Mashhur olimlarning ko‘pi
quvg‘inlikka uchradi. Shu jumladan, mashhur olim Ibn Sino Jurjonga yashirindi, Beruniy asirlikka
olinib, G‘azna shahriga jo‘natildi. Sulton Mahmud olim Beruniyni Mahmudning xohishiga qarab
ish olib borishga va unga bo‘ysunishga majbur qilgan bo‘lsa ham, ulug‘ Beruniy bu mashaqqatlarni
99
engib, qiyinchiliklarga bardosh berdi va ilmiy-ijodiy ishlarini zo‘r mahorat bilan davom ettirdi. U
doim vatanini qo‘msab yashadi. Bu yillarda astronomiya to‘g‘risida va planetalar harakati xaqida
kitoblar yozdi. 1025 yilda «Geodeniya» asarini yozib tugatdi.
Beruniyning fan sohasidagi shon-shuhrati boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi. Uni
iste`dodli, ajoyib olim sifatida taniy
Do'stlaringiz bilan baham: |