95
Ikkinchidan, manbalarda qayd etilgan etnos miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikning
so‘nggi choragidayoq qadimgi Xorazmda Xorazmiy nomi bilan shakllangan edi, Bu etnos o‘sha
davrdan boshlab hududiy va til birligi jihatidan uyushgan xalq edi.
Uchinchidan, qadimiy Xorazmda dehqonchilik madaniyati va davlatchilik jarayonlari
shaharsozlik madaniyati bilan uyqun holda rivoj topdi. Jonbosqal`a, Govurqal`a, qo‘yqirilganqal`a,
Tuproqqal`a, qirqal`a, Ayozqal`a, Teshikqal`a, qo‘rqoshinqal`a, shimoliy-sharqiy mintaqada esa
Devsolganqal`a, Xozarasp, Badirkent va boshqa o‘nlab, yuzlab ulug‘vor qadimiy shahar va
qo‘rqonlarning vujudga kelishi Xorazmda buyuk sivilizatsiyaning yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
To‘rtinchidan. Xorazm Ma`mun akademiyasiga asos solinishiga, yana mahalliy aholi
madaniyati, ayniqsa yozuv madaniyati katta ijobiy ta`sir ko‘rsatdi. Ma`lumki, qadimgi Xorazmda
yozuv va yozuv madaniyati miloddan avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi choragidan
boshlangan dastlabki bosqichidayoq alifbo tizimida shakllangan. Yozuv madaniyatining yuksak
darajaga ko‘tarilishi esa Xorazmda ilmiy tafakkur taraqqiyotiga xizmat qilgan.
Beshinchidan, Xorazm Ma`mun akademiyasining paydo bo‘lishi va shakllanishiga "Ipak
yo‘li" doirasidagi xalqaro aloqalar, turli xalqlarning madaniy-ma`rifiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
jihatdan yaqinlashuvi ham ta`sir ko‘rsatdi. Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Gurganch butun
Markaziy Osiyoda yirik iqtisodiy, siyosiy markazlardan biriga aylandi. Xuroson, Movarounnahr,
hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar karvonlari shaharda to‘xtab, Ustyurt orqali Volga bo‘yiga
chiqib,
qora dengiz atrofiga, Yevropa tomon yo‘l olardilar.
Ustyurtdagi o‘sha davrda serqatnov bo‘lgan karvon yo‘llarining qoldiqlariga ko‘ra, ular
Xorazmdan chiqib, ikki tomonga ketgan: biri Uchquduq, Buloq, qo‘shbuloq, Belsuli orqali
shimoliy-qarbga, ikkinchisi Manqishloq tarafga yo‘nalgan. Bu yo‘llar bo‘ylab toshdan tiklangan
istehkom va karvonsaroylar joylashgan. Shuningdek, bu hududda Alan qal`a, Shemaxa qal`a,
Dovkesgan qal`a - shahar xarobalari, Urga, qiyayo‘l, qora-umbat, Shibindi soqchi minoralari,
Puljoy, qiyayo‘l qal`alari qoldiqlari topilgan.
Biz yuqorida sanab o‘tgan omillar Xorazmda Ma`mun akademiyasining paydo bo‘lishi va
rivojlanishi uchun katta zamin yaratdi. Natijada, Xorazmda o‘sha davrning eng ko‘zga ko‘ringan
qomusiy olimlari, mutafakkirlari etishib chiqdi. Bulardan tashqari, mazkur ilm maskanida boshqa
mamlakatlardan kelgan ko‘plab olimlar ham mehnat qildilar.
Mashhur kimyogarlar, tabitshunoslar, tibbiyotchilar, matematiklar, astronomlar, muhandis-
muhosib olimlar, mantiqshunoslar, faylasuflar, tarixchilar, georaflar ilm-fanning deyarli barcha
sohalari bo‘yichà ijod qildilar. Ayniqsa, Abu Nasr Mansur Ibn Ali Ibn Iroq al-Ja`di Abulxayr Ibn
hammar, Abu Ahl Iso ibn Yaxya al-Masixi al-Jurjoniy, Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-
Beruniy, Abu Ali ibn Muhammad as-Saxri, Abu Abdalloh Muhammad ibn Hamid al-Xorazmiy
kabilarning xizmati katta bo‘ldi.
Xorazm Ma`mun akademiyasini qaytadan tiklash bo‘yicha mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ishlar milliy-madaniy merosni tiklash yo‘lidagi ulkan sa`y-harakatdir. Ushbu
akademiya o‘zining ilmiy ahamiyati jihatidan xalqaro mavqega ega bo‘ldi. BMTning YUNESKO
tashkiloti qarori bilan 2005-yilda Ma`mun akademiyasining 1000 yilligi bo‘yicha xalqaro anjuman
o‘tkazish taklifi qabul qilindi. Mamlakatimizda ushbu sana bo‘yicha tashkil etilgan tadbirlarda
ko‘plab jahon mamlakatlardan olim-tadqiqotchilar ishtirok etdi. Bularning bari Xorazm Ma`mun
akademiyasi, unda faoliyat ko‘rsatgan yurtimiz mutafakkirlariga bildirilgan
hurmat-ehtiromdir
O`rta asrlarda O‘rta Osiyoda buyuk olimlar fan xazinasigani bebaho javohirlar bilan
boyitdilar.
Maktablar ochdilar, shular shular qatoriga Xorazm maktabini keltirish mumkin.
X asrning 1-yarmida xorazm ikki qismga bo‘linib, bularning xar birida mustaqil hukmdor
mavjud bo‘lib, Janubiy Xorazmdan Abu Abdullo Muhammad, Shimoliy qismida esa Xorazm amiri
Ma`mun ibn Muhammad hukmdor edi.
Bu davrda Xorazmning Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari
taraqqiy etgan umuman Xorazm davlatining gullagan davri edi Xorazimning katta shaxarlari –Qot
va Urganchda ko‘plab mashxur olimlar fanning turli soxalarida chuqur va keng ilmiy ishlar olib
borar edilar Bu olimlar fan soxasida ensklopedist bo‘lganlar 995-yillarga kelib bu ikkala davlat
birlashdi va yagona Xorazm davlati tashkil qilindi 997-yildan Xorazm taxtini usta diplomat va