Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


«To`kkiz  kitobli  Matematika»



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/99
Sana11.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#347112
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
Bog'liq
Мавзу Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси

«To`kkiz  kitobli  Matematika»
.  Bu  asarda  eramizdan  oldingi  1-ming  yillikkacha  bo`lgan 
matematikalarning  ko`p  asrlik  mexnatlarining  samarasi  aks  ettirilgan.  Bu  asar  Xitoydagi 
matematikaning keyingi rivojlanishiga kuchli turtki bergan.  


 
22 
«To`qqiz  kitobli  matematika»  asarining  muallifi  moliya  xizmatining  atokli  amaldorlaridan 
biri    CHjan  TSan  xisoblanadi.  U  eramizdan  oldingi  152  yilda  vafot  etgan.  Taxminan  100  yildan 
keyin, bu asar Gen CHou-chan tomonidan kayta ishlangan. Bizgacha esa bu kitob 263 yilgi taxriri  
bilan etib kelgan.  
Kitobning  mazmuni  xilma-xil.  Amalda  u  er  o`lchash  ishlari,  kurilish  ishlari,    moliya  va 
xo`jalik  xodimlari,  savdogarlar  va  xunarmandlar  uchun  mo`ljallangan  matematik  bilimlarni  o`z 
ichiga  olgan  matematik  entsiklopediya  xisoblanadi.  Xar  bir  kitobda  ulkan  davlatning  iktisodiy  va 
boshkaruv xayoti nafasi ufurib turadi.  
«To`kkiz  kitobli  Matematika»  asariga  246  masala  kiritilgan.    Xar  gal  yangi  masala 
ko`yilgan,  so`ngra  uning  javobi  xamda  kiska  echish  usuli  «koidaga  ko`ra….»  so`zlari  bilan 
boshlanadigan izoxi bilan  berilgan.  
1-kitob  «Maydonlarni  o`lchash»  da    ayrim  sodda  geometrik  figura  va  ularning  kismlari 
yuzalarini xisoblash uchun koidalar va kasrlar ustida amallarni bajarish yo`l-yo`riklari keltirilgan.  
2-  «turli  galla  ekinlari  orasidagi  munosabatlar»  kitobiga  turli  galla  ekinlarini  almashtirish 
uchun  kengaytirilgan  jadval  xamda  u  yoki  bu  sort  galla  mikdorini  aniklashga  karatilgan  31  ta 
masala kiritilgan.   
«Darajalar  bo`yicha  bo`lish»  deb  ataladigan  3-kitobda  mikdorlarni  berilgan  nisbatlarda 
bo`lishga  doir  masalalar  o`z  aksini  topgan.  Masalan,  birinchi  masalada  beshta  bugu  tanasini  3  ta 
amaldorga 5:4:3:2:1 sonlarga proportsional bo`lib berish xakida gap boradi.  
4-kitobda  (kitob  nomi  tarjima  kilinmagan)  to`gri  to`rtburchakning  yuzi  va  bir  tomoni 
bo`yicha ikkinchi tomonini topish, kvadratning tomoni bo`yicha yuzasini aniklash, xajmi bo`yicha 
kubning kirrasini topish, doira va sharning diametrini xisoblash kabi  materiallar berilgan. 
5-«Mexnatni  baxolash»  kitobiga  devorlar,  kanallar,  murakkab  formadagi  zovurlarning 
xajmlarini aniklash, turli kurilish ishlari uchun ishchilarning sonini topish kabi masalalar kiritilgan. 
Masalan,  bir  kishining  kishki,  baxorgi,  yoz  va  kuzgi  mexnatining  umumiy  xajmi  xakida 
ma`lumotlar berilgan.  
«Proportsional taksimot» deb ataladigan 6-kitobda turli mazmundagi  chizikli masalalar, ikki 
do`stning  uchrashgunicha  bosib  o`tgan  yo`lini  aniklash  masalalari,  basseynga  alokadar  masalalar 
keltirilgan.  
7-«Etishmovchilik  va  ortikchalik»  kitobi  ikkin  noma`lumli  birinchi  darajali  tenglamalar 
sistemasining echish usullariga  karatilgan.  
8-kitob  «Fan-chen»  da  ko`p  noma`lumli  chizikli  tenglamalar  sistemasini  echish  algoritmi 
keltirilgan.  
9-kitob  «Gou-gu»  ga  to`gri  burchakli    uchburchaklarni  ko`llashga  doir  bir  kator  masalalar 
berilgan. Ular orasida etib borish mumkin bulmagan ob`ektlargacha, kudukning tubigacha bo`lgan 
masofani aniklash masalalarini aloxida ta`kidlash joiz.  
«To`kkiz kitobli Matematika» ning ayrim kitoblari turli davrlarga, fanning turli rivojlanish 
darajalariga  mos  kelishi  shubxasiz.  Kitoblarning  ba`zi  birlari  turli  darajadagi  abstraktsiyaga  yo`l 
ko`yilgan. Masalan, 1-kitobning 18-masalasida ma`lum bir pulni 
3
1
3  kishi o`rtasida taksimlash xal 
kilingan.  
3.
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish