7
Bu
davrlarda arab
tili xalifa xukmronligi ostida bo`lgan turli tillarda so`zlashuvchi
xalqlarininng davlat
tiligina bo`lmasdan, balki, fan tili ham bo`lib qoldi. SHu
sababli O`rta
Osiyolik va turli milllat olimlari ham: forslar, o`zbeklar, tojiklar, ozarbayjonlar, turkmanlar va
boshqalar o`z asarlarini arab tilida yozganlar va ularning qo`l yozmalari ham asosan arab tilida
hozirgi kungacha saqlangan.
Bu davrda YUnoniston va Xindistonning mashhur olimlari ham ularni o`rganishga, tahlil
qilishga va bu asarlarga sharxlar yozishga katta e`tibor berdi.
YUnon va Hind olimlari asarlarini arab tiliga tarjima etishi ham olimlar orasida zo`r qiziqish
uyg`otdi. Masalan, Evklidning (Eramizdan oldingi III asr) «Negizlar», Arximed ning (eramizdan
oldingi III asr) “SHar va TSilindr haqida”, “Aylanani o`lchash” asarlari, Ptolomeyning (II asr )
”Algamest” asari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ko`plariga sharxlar yozildi.
Horazmiyning shogirdi Sobit ibn Qurra yunon matematiklarining
bir
qancha asarlarini
arab tiliga tarjima qilgan. Arximedning «Etti burchak haqida lemmalar» asarining faqat arabcha
nusxalarigina, Evklidning «Negizlar» nomli
III, VI, VII kitoblarininng
ham faqat arabcha
tarjimasigina bizgacha saqlangan.
O`rta
Osiyo matematiklari matematika sohasida, o`zlaricha
yaratilgan
bilimlarni har
tomonlama o`rganib tahlil qildilar va matematik tekshirishlarning yangi sohalarini yaratdilar. Va
umuman, matematika
fanini yangi
ijodiy
kashfiyotlar
bilan
boyitdilar. Ammo matematika
tarixida shunday noto`g`ri fikrlar ham borki, bunga asosan IX - XV asrlardagi O`rta Osiyo
matematikasi yangiliklariga ega emas. Bu mamlakatlar xind va yunon matematiklari asarlarini
o`rganganlar va oldingi xulosalarni ba`zi hollarda mukammallashtirganlar deb aytiladi .
Matematika tarixi soxasida juda ko`p yillar ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug`ullangan
mashhur Rus olimi A.P.YUshkevich o`zining «IX - XV asrlarda O`rta Osiyo xalklarining
matematikasi» nomli maqolasida yuqorida aytilgan fikrlarning noto`g`ri ekanligini qayd qilib,
shunday yozadi “Eng asosiy masala shundaki, O`rta Osiyo mamlakatlari (IX-XV asrlar) o`zlaridan
oldin o`tgan olimlarning ishlariga faqat son jihatidan ta`sir etib, davom ettirib qolmasdan,
balki,
matematik tekshirishlarga
yangi g`oyaviy yo`nalish berdilar, sifat jihatidan
yangi
matematika tuzishga kirishdilar va shuninng uchun ham bu fanni birinchi darajali axamiyatga
ega bo`lgan yangi kashfiyotlar bilan boyitdilar”.
O`rta
Osiyo matematiklari
bir qancha fundamental kashfiyotlarga
egadir. Ularning
ba`zilari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: