T/R
|
Bo‘limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Baholash
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish va baholash.
-Otlarning ma’nosiga ko‘ra turlarini ayting.
-Qanday otlarni bosh harf bilan yozasiz?
- Otlar qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
- Egalik qo‘shimchalari qanday ma’no bildiradi va qanday vazifani bajaradi?
III. Yangi mavzu bayoni. 169- mashq. Matnni o`qing. Otlarni aniqlab, ularni kelishiklar tartibida yozing.
Namuna: b. k. podsho, ...
Podsho Beruniyni sinamoqchi bo‘libdi.
Qani, ayting-chi, men shu boloxonadagi to‘rt eshikning qaysi biri orqali tashqariga chiqishim mumkin?
Abu Rayhon Beruniy qo‘liga bo‘r va taxtacha olib, boloxonani o‘lchabdi. Bir parcha qog‘ozga alla- nimalarni yozibdi. Podsho xonadan boshqa eshik ochtirib, tashqariga chiqibdi. Qaytib kelib qog‘ozdagi yozuvni o‘qibdi. Unda Beruniy: „Podsho to‘rt eshikning birontasidan ham tashqariga chiqmaydilar. Yangi eshik ochtirib, o‘shandan chiqadilar“, deb yozgan ekan.
Yozgan otlaringizning asos va qo‘shimchalarini bel- gilang.
B.k: podsho, bo`r, taxtacha, eshik.
Q.k: eshikning,
T.k: Beruniyni, bolaxonani, yozuvni,
J.k: tashqariga, qog`ozga, qo`liga
O` .p,k: bolaxonada,
Ch.k: xonadan,
IVMustahkamlash. O`quvchilar 170 -mashqqa berilgan rasm yuzasidan “Men onamga yordamchi”mavzusida hikoya tuzadilar.
Tuzmoqchi bo`lgan hikoyalarida darslikda berilgan quyidagi so`zlardan foydalanadilar.
Bog`chada,ukamni,onamning,uyda,maktabdan,piyolalarni,dasturxonni,likopcha,,qoshiq,artmoq,faxrlanmoq, xursand bo`lmoq.
V. Baholash. Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.
VI. Uyga vazifa: 171-mashq. Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib o‘qing. Matnga reja tuzing va yozing.
Yalpiz
Yalpiz – xushbo‘y o‘simlik. Bu ajoyib o‘simliklar O‘zbekistonda bir qancha xillari bor.
Erta bahorda unib chiqqan yalpizlarni terib, somsa yopishadi, chuchvara tayyorlashadi. Barra barglaridan taomlarga solishadi. Mahalliy aholi yalpizdan barglarini quritib, turshakga aralashtirishadi. Natijada ularga qurt tushmaydi. Yalpiz nafas yo‘llari va ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |