Sirpanchiq yo'l
Yo'lning ustki o'tish qismi ma'lum sabablarga ko'ra (loy, qavatma-qavat ho'l barglar, gudron, muzlik oqibatida) sirpanchiq bo'lib qolsa, bunday qism oldida 1.15-Sirpanchiq yo'l
belgisi o'rnatiladi. Haydovchi yo'lning bunday qismlarida tezlikni kamaytirishi, keskin to'xtamasligi, keskin burilmasligi lozim, aks holda transport vositasi sirpanib ketadi va uni boshqarish qiyin kechib, boshqaruvdan chiqib ketadi.
1.16-Notekis yo'l
Qatnov qismi notekis bo'lgan yo'l (o'nqir-cho'nqir, o'ydim-chuqur joylar, ko'prikning yo'lga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismlari oldida ushbu belgi o'rnatiladi. Transport vositalari haydovchilari bunday xavfli notekis yo'lning qismlarida tezlikni keskin oshirishi yoki transport vositasini keskin to'xtatsa, turg'unlikni yo'qotib, ag'anab ketishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.
1.17-
Do'stlaringiz bilan baham: |