Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga
qo’yiladigan umumiy talablar:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo’lgan talablar kompleksini belgilaydi. Quyidagilar mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy (fundamental) talablar hisoblanadi:
o’qitish (dars berish) mahorati;
tarbiyalash mahorati;
o’quv - tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar;
ta’lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati.
O’qitish (dars berish) mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi:
- kasbiy mahorat va eruditsiya;
- psixologik - pedagogik tayyorgarlik;
- ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga va yangi bilimlar olishga o’rgatish mahorati;
o’quv adabiyotlar shakllari va turlarini bilish;
- yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik, Internetning global tarmog’i bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar;
- pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;
- ilmiy -pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;
- pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini bilish;
- predmetlararo aloqalardan foydalanish mahorati;
- ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;
- Bolalar huquqlari to’g’risidagi konventsiyani, "Ta’lim to’g’risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida"gi qonunlarni, uzluksiz ta’lim tizimining asosiy atamalari va tushunchalarini bilish.
Tarbiyalash mahorati o’qitish va tarbiyalash jarayonining bog’liqligi, uning uyg’un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyani qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga, uning vatanparvarlik, obro’ va burchni his etishiga, keng gumanitar va gumanistik tayyorgarligiga, shuningdek, o’quvchilar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning amaliy ko’nikmalariga asoslanadi.
Pedagogning o’quv -tarbiyaviy jarayondagi gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmuomalalilik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Shaxsiy sifatlar o’qitish (dars berish) va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati psixologik - pedagogik jihatdan o’qitish (dars berish) va tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog’liqdir. Pedagog ta’lim oluvchilarning bilimlari va mahoratlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo’llash mahoratiga ega bo’lishi kerak.
Pedagoglar oldiga qo’yilgan alohida talablar.
Umumiy o’rta ta’lim pedagog kadrlariga qo’yiladigan talablar:
O’qituvchi oliy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi, quyidagilarni bilishi va ulardan foydalana olishlari kerak:
umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti (umumiy qoidalar) shuningdek, o’qitilayotgan predmet bo’yicha o’quv dasturi talablari:
umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi normativ - huquqiy va direktiv hujjatlar;
sinflar va kabinetlar (laboratoriyalar)ni tegishli o’quv - laboratoriya anjomlari bilan jihozlash bo’yicha talablar;
o’quv -tarbiya jarayonini tashkil etish va sifatini ta’minlash prinsiplari;
o’quv predmetlarining mazmuni va ularni o’qitishdagi izchillik asoslari;
o’quvchilarning umumiy va yosh psixologiyasi;
o’qitishning interaktiv metodlari;
o’quvchilarni milliy mustaqillik g’oyalari asosida ma’naviy - axloqiy tarbiyalash metodologiyasi;
o’quvchilar o’rtasida kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish shakl va metodlari;
o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan muomalada etika va estetika normalari;
sinfdan tashqari (darsdan tashqari) ishlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi;
belgilangan sanitariya - gigiena normalari.
Shu asosda belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun bajarish kerak bo’ladigan vazifalarni uchta yo’nalishga ajratish mumkin. Bular: ilmiy -nazariy ma’lumotlarni o’rganish, metodik ishlar va_ pedagogik faoliyat kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Ushbu yo’nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
- ilmiy – nazariy ma’lumotlarni o’rganish – mavzuga doir mavjud adabiyotlar bilan tanishish orqali mavzu bo’yicha hozirgi ahvol, izlanishlar yo’nalishlari, muammolar, yechimlar, xulosalar, amaliyotda qo’llash va rivojlantirish imkoniyatlari, istiqbollari haqida qisqa bayon qilishni ko’zda tutadi;
- metodik ishlar tinglovchi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ilg’or pedagogik tajribani o’rganish; o’z ish tajribasini bayon qilish; metodik tavsiya tayyorlash; o’quv - ko’rgazmali qurol, boshqa didaktik vositalar tayyorlash; dars (mashg’ulot) kuzatish va tahlil qilish kabi ishlardan iborat bo’ladi;
- pedagogik faoliyat- tinglovchining ochiq dars (mashqg’ulot) va boshqa ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar tayyorlashi, tashkil qilishi, o’tkazishini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |