Pedagogik texnologiya tushunchasi, rivojlanish tarixi.
Chet-el texnologiyasiga oid ta'limning interfaol metodlari.
"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq bo’gan holda fanga 1872 yili kirib keldi. U yunoncha ikki so’zdan "texnos"- san'at, hunar va "logos"-fan so’zlaridan tashkil topib, hunar fani ma'nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qo’yilgan aniq maqsad yo’lidan o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi. Pedagogik texnologiya bu darsning qurilishi. 1965 yilda Yaponiyada Umumyapon "Pedagogik texnologiya" Pedagogik texnologiya Markaziy kengashi tashkil etildi. Shu yildan boshlab "Pedagogik texnologiya", "Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar" nomli jurnallar chop etila boshlandi. Shu yili Sobiq SSSR da "Maktab va ishlab chiqarish" jurnali chop etila boshlandi. 1967 yilda Angliyada Pedagogik texnologiya milliy kengashi tashkil topdi. 1964 yildan "Pedagogik texnologiya va dasturli ta'lim", 1970 yildan "Pedagogik texnologiya nomli jurnallar chop etila boshladi. 1971 yil AQSh da Kommunikasiya va texnologiya Assosiasiyasi tashkil topdi. 1961 yildan "Pedagogik texnologiya" jurnali. 1971 yildan "Audio - vizual ta'lim", "Audiovizualli kommunikasiya bayoni nomli jurnallar chop etila boshladi. 1971 yilda Italiyada Pedagogik texnologiya milliy Markazi tashkil etildi. 1971 yildan "Pedagogik texnologiya" nomli jurnali chop etila boshladi. 1973 yil Vengriyada o’qitish texnologiyasi Davlat markazi tashkil etildi. Pedagogika sohasidagi AQSh ning mashрur olimlari: B.Blum, D.Kratval, M.Trondund, D. Kerrol, Dj.Blok, L.Enderson, R.Gens, L.Brit bu olimlar ishlab chiqqan pedagogik texnologiyalar 1966 yilda YUNYESKO Xalqaro konferensiyasi asos sifatida qabul qilindi.MDH dagi olimlar: V.P.Bespalko, M.V.Klarin, G.K.Slevko, V.P.Monaxov, M.A.Choshanov, J.O'.Yoldoshev, B.L.Farberman, N.S.Sayidahmedov o’qitish jarayonini sun'iy tizim doirasida kechadi, ana shu tizim pedagogik tizim bo’lib, uning ichidagi jarayonlar esa pedagogik texnologiyalar deyiladi. Pedagogik texnologiya bugun paydo bo’lgan fenomen emas, u har doim ta'lim - tarbiya jarayonida mavjud. Shu sababli arqoq ravishda amalga oshirilgan ilg'or metodik tajribalarni endi pedagogik texnologiya qonuniyatlariga bo’ysundirish kerak. Pedagogik texnologiyalar tasnifiga ko’ra 3 turga bo’linadi.
* Umumpedagogik texnologiya
* Xususiy predmetli
* Lokal (mahalliy) pedagogik texnologiyalar.
"Ta'lim to’'risidagi" qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilingandan so’ng o’quvchi shaxsi ta'limining markazida qo’yildi. Shuning uchun ta'limda o’zgartirishlar kiritishga to'g’ri keldi. Hozirgi kunda o’quvchiga yo’naltirilgan ta'limdan foydalanamiz. Bu maqsadga erishish uchun darslarda interfaol metodlardan foydalanish lozim. Dars ishlanmasini yangi pedagogik texnologiya asosida yozish haqida tavsiyalar. Dars ishlanmasini yangi pedagogik texnologiya asosida yozish haqida tavsiyalar.
Sana__________
Mavzu___________________________________________________________
Darsning maqsadi:_________________________________________________
a) Ta’limiy_______________________________________________________
b) Tarbiyaviy_____________________________________________________
v) Rivojlantiruvchi_________________________________________________
g) Davlat ta’limi standartlarga asosan ta’lim mazmunining majburiy minimumi.
________________________________________________________________
Dars tipi_________________________________________________________
Yangi bilim berivchi, aralash, bilimlarni mustahkamlash, bilimlarni sinash, umumlashtiruvchi takrorlash, bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
(Dars tipi belgilab olinadi va yoziladi.)
Dars turi_________________________________________________________
Sayohat, ertak, musobaqa, izlanib o’rganish birgalikda o’qitish, sahnalashtirish, hamkorlik, ponarama, viktorina, disput, muloqot, mustaqil ijodiy faoliyat, zakovat, sinov, parlament, mantiqiy fikrlash, tanlov, kim oshdi( auksion ) dars.
(Dars turi belgilab olinadi va yoziladi.)
Dars metodlari____________________________________________________
BBB (Bilardim. Bilmoqchiman. Bilib oldim.), aqliy hujum, savol-javob, mustaqil ish, klaster, sinkveyn, kubik, tushunchalar asosida bashorat qilish, debat, taxmin va tasdiq, zig-zag(ajurli arra), toifali sharh, insert (belgi qo’yib o’qish), esse(yozma bayon), juftlik bilan ishlash(binar), guruh bilan ishlash, oxirgi so’zni menga qoldiring, munozara, chuqurlashtirilgan ma’ruza(kichik ma’ruza), bir-birini so’rash, bir-biriga o’rgatish, konseptual jadval, T chizmasi, Venn diagrammasi, ustoz rahbarligidagi amaliyot, tadqiq qilish, chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar, semantik xususiyatlar tahlili, 2 qismli kundaliklar, birgalikda izlash munozaralar girdobi, atamalar asosida bashorat qilish, turli darajadagi savollar, matnning obrazli tizimi, uning timsollari bo’yicha savollar, o’quvchilar munosabatini aniqlash, hikoyalarni qiyoslash hikoya chizmasi, kuzatish, reklama, intervyu, refleksiya, burchaklar, komandalar-o’yinlar-turnirlar, boshqotirma, rebus, topishmoq, test, ma’ruza-munozara, mustaqil izlanish, uy inshosi, sahna namoyishi, so’rov, o’zini-o’zi baholash, gurihiy o’zini-o’zi nazorat qilish, yo’l ko’rsatish, esimizni titkalaymiz, o’qiyman-o’ylayman, yozma topshiriq, akademik bahs munozara, qarama-qarshi munozara, binar, mozaika, geyzer, mustaqil izlanishlar, uy bayoni sinf bayoni, insho, ma’lumot yig’ish, eksperimen, matbuot materiallardan foydalanish, og’zaki taqdimot, rolli o’yinlar, plakat bilan taqdimot, yozma debat, diktant, asoslangan esse, suhbat, informatsion axborot texnilogiyalaridan foydalanish. Ta’limiy o’yinlar (chorraha, sayohat, kim chaqqon, do’stingni top, davom etir, meni tushun, baliq ovi, bingo, domino, lotto, zakovat, molekula atom, burchaklar, gaz suyuqlik qattiq jism, ziyraklik, sen bo’shsan, oylab top, men kim man, men nima man, zinama-zina, yettiga-yetti, intelektual ring, ishbilarmonlik o’yini.
(Dars metodlari belgilab olinadi va yoziladi.)
Foydalanilgan adabiyotlar___________________________________________
Dars jihozi________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |