O’rta Osiyoda IX-XII asrlarda falsafiy qarashlar. O’rta Osiyo xalqlari uzoq tarixga egadir. Eramizdan avvalgi 1 minginchi yillarda bu o’lkada, yunon manbalarida ko’rsatilishicha, skif (sak)lar deb nomlangan xalqlar istiqomat qilgan. Lekin aholi o’zi yashagan joyning nomiga qarab turlicha atalgani ham adabiyotlarda keltiriladi. Masalan, Amudaryoning quyida yashaganlar – xorazmliklar; Zarafshon vodiysida yashaganlar-sug’dlar; Murg’ob daryosi vodiysida yashaganlar-margianlar; Farg’ona vodiysida yashaganlar - parkanlar kabi nomlar bilan ma’lum bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |