Neoliberalizmning boshqa oqimlari
Fon Xayek Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyandasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899- 1992)lardir. Ulaming maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik xo'jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i rejalami o'zboshimchalik bilan tuzadigan tashkilotchilaming quhga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro'y beradi. Yagona oqil siyosat bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: «Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot to‘g‘risidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayek asli nemis bo'lib, asosan Angliyada faoliyat ko'rsatgan. U 1974-yilda iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati bo'lgan. U o'zining «Qullik sari yo‘l» asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya’ni yakkahokimlikka iqtisodiy qullikka onb ^onsnini isbotlaydi, xo'jalikda bozor tizimining «aralash» va «buymqbozlik» iqtisodiyotidan ustunligini ko'rsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e’lon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik g'oyalari to'la tushkunlikka mahkumligi va o'z tabiatiga ko'ra halokatli ekanligini ta’kidlaydi.
Qisqacha xulosalar
Neoliberalizm keynschilik ta’limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat «sport sudyasi» vazifasini bajarishi, ya’ni erkin iqtisodiyot qonun- qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo'nalishning yirik uch markazi Germaniya, AQSH va Angliyada paydo bo'ldi. Germaniyada ijtimoiy bozor xo'jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu boshqa mamlakatlarda. xususan, mustaqil 0‘zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo'lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan mashhur bo'ldi. Uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo'l pul siyosatidir. Har yili konyunkturaga bog'lanmagan holda pul massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo'l AQSHda yaxshi na- tija berdi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Neoliberalizm, davlat roli, «sport sud’yasi», «Lippman kollok- viumi», ijtimoiy bozor xo'jaligi, Rebke, Ryustov, Oyken, Edxard, ordoliberalizm, «rasmiylashgan jamiyat», iqtisodiy tizim tiplari, monetarizm, Fillips egri chizig'i, Fridman, «ishsizliktabiiy normasi»
Nazorat va mulohaza uchun savolar
Neoliberalizm vujudga kelishining shart-sharoitlari, keynschilikdan farqi nimada?
Lippman «kollokviumi» nimani anglatadi?
«Ordoliberalizm»ning mohiyati nimada ko'rinadi?
«Ijtimoiy bozor xo'jaligi», uning tiplarini izohlang.
Chikago maktabining monetar konsepsiyasi, Fillips egri chizig'ining mohiyati nimada?
Fridmanning «ishsizlik tabiiy normasi»ni tushuntirib bering.
Mizes, Xayeklaming iqtisodiy g'oyalarining mohiyati nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |