Mavzu: Marganes va uning birikmalari.
Reja:
I. Kirish
Marganesning davriy sistemadagi o’rni.
II.Asosiy qism.
Marganesning tabiatda tarqalishi.
Marganesning olinishi.
Marganes va unung birikmalarining kimyoviy xossalari.
Marganes va uning brikmalarining fizik xossalari.
Marganes va uning birikmalarining oksidlavchilik va qaytaruvchilik xossalari.
Marganes va uning birikmalarining ishlatilishi.
III.Xulosa.
Marganesning davriy sistemada tutgan o’rni.
1. Kimyoviy belgisi. Mn.
2. Oksidlanish darajasi.0, +2, +4, +6, +7.
3. Nisbiy massasi 55g/mol.
4. Tartib raqami 25.
5. Elektromanfiyligi 1,5.
6. Davri IV davr.
7. Guruh VII guruh.
8. Qator 4 qator.
Marganes IV davr VII guruhining yonaki guruhchasiga kiradi.
Elektron tuzilishi. Tinch turgan holatda.
1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s2 3d5
Tinch holatda marganes d orbitalda 5 ta toq elektron bo’lganligi uchun V valentli bo’ladi. Agar ozgina energiya berilsa, s orbitaldagi bitta elektron d orbitalga ko’chib o’tadi.
1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s` 3d6
5 ta toq o’rinli elekrtoni borligi uchun V valentli.
Agar yana energiya bersak III valentli bo’lib qoladi.
1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 4s0 3d7
Marganesning tabiatda tarqalishi.
Marganes tabiatda keng tarqalgan. Uning pirol yuzit-MnO2, gausmanit-Mn3O4 va braunit-Mn2O3 kabi oksidlari amaliy ahamiyatga ega. Marganes birikmalaridan metallurgiya karbatermiya (oksidlari koks bilan qaytarib), siliko yoki aluminotermiya usulida qaytarib olinadi. Matallni tozalash uchun olingan mahsulot sulfat kislotada eritildi va elektroliz usulida qaytariladi. (rafinatsiya). MnS2-marganes yaltirog’i, marganes sulfid holatida uchraydi. Metall marganeslarning qo’llanilishi. Tabiatda marganes uchraydigan po’latlar temir yo’l strelkalari o’q o’tmaydigan qurilishda ishlatiladi.
Marganesning o’simliklar tarkibida uchrashi 1872 yilda o’simliklar hayotidagi ahamiyati esa 1897 yilda aniqlangan. Bu mikroelementga barcha qishloq xo’jalik ekinlari talabchan bo’lib, uni ayniqsa donli ekinlar, don, dukkaklilar, qand lavlagi ildiz mevalar, kartoshka va mevali daraxtlar ko’p talab qiladi. Barglarning oqarishi va sarg’ish dog’larning paydo bo’lish dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi bodring barg plastinkasining buralib qolishi marganes tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Marganesning yuqori oksidlash qaytarilish tenglamalarida ahamiyatga ega. Shu bois o’simliklar tanasida sodir bo’ladigan biologik oksidlanish reaksiyalarida faol qatnashadi.
Marganes fotosintez jarayonida muhim o’rin tutadi yani moddalar va xlorofil miqdorini ko’paytiradi, askorbin kislota sintezida ishtirok etadi va fermentlar tarkibida uchraydi. Tuproqda marganes kam bo’lgan hollarda (yoki umuman bo’lmaganda) oziqlanish balansidagi elementlarning nisbati buziladi, chunki u kalsiy singari tashqi muhitdan ionlarini tanlab singdirishda ishtirok etadi. Marganes peulijitsiya jarayonini tartibga solib turuvchi element sifatida muhim o’rin tutadi. U o’simlik hujayralarining suv tutish qobiliyatini oshiradi va hosil bo’lgan elementlarining ko’proq saqlanishiga yordam beradi. Tuproqda marganes miqdori 1% gacha yetadi, lekin uning asosiy qismi o’simliklar tomonidan qiyin o’zlashtiriladigan shakllaridir. Marganesda o’g’itlar qo’llash hisobiga qand lavlagidan 23,7%, bug’doydan 2,2%, makkajo’xoridan 11,8% va arpadan 3% qo’shimcha hosil olinadi.
Ekin turi Marganes kiritmagandagi hosil Marganes hisobiga
Qand lavlagi 330 23,7%
Kuzgi bug’doy 33,4 2,1%
Bahorgi bug’doy 17,5 2,2%
Makkajo’xori 57,8 11,8%
O’g’it sifatida tarkibida marganes tutgan rudalarni ishlash jarayonida chiqadigan chiqindilardan keng foydalaniladi. Ular o’z tarkibida 10-18% gacha marganes tutadi. Tarkibida 70% marganes tutgan marganes (II) sulfat qismi qimmatbaho mikro o’g’it hisoblanadi va undan sabzavot ekinlarni o’g’itlashda foydalaniladi. Marganes fosforli o’g’itlar bilan birgalikda qo’llanilganda yaxshi samara beradi, shu bois marganesli superfosfot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, marganes kompleks o’g’itlar tarkibiga ham kiritiladi. Marganesli mikroo’g’itlar.
O’g’it Ta’sir qiluvchi modda Ta’sir qil mod m
MnSO4 MnSO4 70%
Mnlisuperfosfat P2O5,Mn 20%
Mnli rudalar Mn 1,2%, 17-18%
Tuproqda marganes odatda 2,5 kg hisobida kiritiladi. Marganesli o’g’itlarni urug’ bilan aralashtirish o’g’itlarni qo’llanilishining eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Tuproqda odatda marganes. Buning uchun 50-100 g chamasi MnSO4 olinadi va 1g urug’bilan aralashtiriladi. 2 ildizdan tashqari oziqlantirishda 200g marganes (II) sulfat 100l suvda eritilib , 1 gektar maydondagi bir necha xil birikmalar tarkibida uchraydi. Marganesning barqaror izotopi 55Mn tabiiy marganesning 100% ini tashkil qiladi. Mn2O3 MnSiO3, MnCO3 marganesli shpat. Marganes rudalari MDX da Hindistonda, Kanadada, Afrikada uchraydi. Marganesni birinchi marotaba 1774 yida Sheesi va Gan olganlar.
Marganesning olinishi.
Marganes oksidini uglerod bilan qaytarib olinadi.
MnO2 + 2C → 2CO + Mn
Aluminotermiya usuli bilan olinadi.
3MnO2 + 4Al → 2Al2O3+ 3Mn+391kj
Kremniytermiya usuli bilan olinadi.
MnO2+Si→Mn+SiO2
Marganes tuzlarining suvdagi eriymalarini elektroliz qilib olinadi.
2MnCl2+H2O → Mn+H2+Mn(OH)2+2Cl2
O’zgaruvchan tarkibga (MnO) yuqori oksidlarini vodorod bilan qaytarish orqali olinadi.
MnO2+H2→H2O+MnO
Tuzlarni qizdirish.
to
MnCO3→ MnO+CO2
to
MnC2O4 → MnO+ CO+CO2
Eng toza marganes olish uchun marganes (II) tuzlarining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Marganes oksidlarini aluminotermiya yo’li bilan qaytarish orqali olinadigan marganes u qadar toza bo’lmaydi, lekin uglerodsiz bo’ladi.
3Mn3O4+ 8Al→ 9Mn+4Al2O3+2251kj
MnO quyidagi reaksiya bo’yicha olinadi.
MnO2+H2→MnO+H2O
Labaratoriyada olinishi.
Marganes olish uchun marganes(III) xlorid konsentrlangan eritmasiga natriy aralashmasi ta’sir ettirib olinadi.
MnCl3+2NaHg→MnHg+2 NaCl
Hosil bo’lgan cho’kmani maxsus idishda 400 ͦ C gacha qizdirib marganisni simobdan tozalanadi.
Mn2Hg → 2Mn+Hg↑
Marganes (II) tuzlari qattiq holda pushti rangli lekin eritmalari rangsiz ular odatda marganes (IV) tuzlariga kislota tasir qilib olinadi.
MnO2+4HCl→MnCl2+Cl2↑ +2H2O
Kaliy permanganatning olinishi.
Marganes (IV) oksidiga kaliy gidroksidi bilan kislorod qo’shib olinadi.
4MnO2+4KOH+3O2 →4K2MnO4+2H2O
3K2MnO4+2CO2→2KMnO4+2K2CO3+MnO2
2K2MnO4+Cl2→2KMnO4+2KCl.
Marganes (IV) oksid vodorod bilan qizdirilganda marganes (II) oksidga aylanadi.
t0
MnO2+H2 →MnO+H2O
Marganes (IV) oksid kislorod va ishqor ishtirokida qizdirilganda manganat tuzlariga aylanadi.
t0
MnO2+O2+NaOH → Na2MnO4+H2O
Marganes (IV) oksidning kislotali va asosli xossalari juda kuchsiz.
Ammiakni okisdlay oladi.
6MnO2+NH3→3H2O+N2+3Mn2O3
Pirolyuzit yuqori temperaturada qizdirilganda quyidagi mahsulotlar olinadi.
600 ͦ C
M nO2 Mn2O3
Marganes (III) oksidni yana qizdiramiz.
950 ͦ C
M n2O3 Mn3O4
Marganes (Mn3O4) ni qizdirib
1300 ͦ C
M n3O4 MnO
Manganat kislota tuzlarini hosil qilish uchun MnO2 ni ishqoriy metallarning karbonati va nitrate aralashmasini bilan suyuqlantirish lozim.
MnO2+K2CO3+KNO3→K2MnO4+KNO2+CO2
Natijada suvda chiroyli ravshan yashil rangli noturg’un birikma manganat tuzi hosil bo’ladi.
Havoda turganda manganat disproporsiya reaksiyasida qatnashadi.
3K2MnO4+2H2O →2KMnO4+MnO2↓+4KOH
+1e-
Mn+6 → Mn+7 oksidlovchi
+2e-
Mn+6 → Mn+4
Marganesning eng yuqori oksidlanish darajasidagi Mn2O7 va unga taaluqli bo’lgan erkin holda ajratib olinmagan permanganate kislota tuzini oksidlash lozim.
2K2MnO4+Cl2→2KMnO4+2KCl
2KMnO4+H2SO4kn → Mn2O7+Ik2SO4+2H2O
Mn2O7 kuchli oksid uning kislotali eng kuchli elektrolitlarqatoridan o’rin olgan. KMnO4 labaratoriyada kuchli oksidlovchi sifatida qo’llaniladi. Bu modda eritmaning muhitiga qarab uch xil mahsulot hosil qilib qaytariladi. Kaliy permanganat laborotoriyada kislorod olish maqsadida keng qo’llaniladi.
2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2↑
Ikki valentli marganes birikmalari. Ikki valentli marganes tuzlarini marganesni suyultirilgan kislotalarda eritish yo’li bilan olish mumkin.
Mn+2HCl→MnCl2+H2↑
Suvda eritilganda marganes (II) gidroksid hosil bo’ladi.
Mn+2H2O→Mn(OH)2+H2↑
Marganes gidroksidni ikki valentli marganes tuzlarining eritmalariga ishqor ta’sir ettirilib oq cho’kma holida olish mumkin:
MnSO4+2NaOH→Mn(OH)2↓+Na2SO4
Marganes (II) birikmalari havoda beqaror va Mn(OH)2 havoda tezda qo’ng’ir tusga kirib to’rt valentli marganesning oksid-gidroksidiga aylanadi.
2Mn(OH)2+O2→2Mna(OH)2
Marganes (II) gidroksid faqat asos xossalarini namoyon qiladi va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi, kislotalar bilan o’zaro ta’sir ettirilganda tegishli tuzlarni hosil qiladi:
Mn(OH)2+2HCl→MnCl2+2H2O
Marganes (II) oksid marganes karbonatni parchalash yo’li bilan olinishi mumkin
MnCO3→MnO+CO2↑
ya’ni marganes dioksid vodorod tasirida qaytarilganda ham hosil bo’ladi:
MnO2+H2→MnO+H2O
Marganes va uning birikmalarining kimyoviy xossalari odatdagi xaroratda barqaror maydalangan holda u oson oksidlanadi. Al, Sb, Cu bilan ferromagnitli qotishmalar hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar bilan S,N,P,Si reaksiyaga kirishadi.
3Mn+N2→Mn3N2
Mn+Cl2 →MnCl2
3Mn+2P→Mn3P2
4Mn+2C→Mn4C2
Mn+2Si→Mn2Si
Kremniy bilan o’zgaruvchan tarkibli birikmalar hosil qiladi. Fosfor va uglerod bilan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar hosil qiladi. Masalan:
3Mn+2C→Mn3C2
15Mn+C→Mn15C
Mn+3P→MnP3
3Mn+2P→Mn3P2
Mn+Si→MnSi
Mn+Si→Mn3Si2
Mn+2HCl+6H2O→[Mn(H2O)6] Cl+H2
Eritmada ekvokomplekslar hosil bo’ladi. Qizdirilganda suvni parchalaydi.Konsentrlangan H2SO4 va HNO3 bilan xona haroratda ta’sirlashmaydi qizdirilganda reaksiyaga kirishadi.
2.Mn+2H2SO4→MnSO4+SO2+2H2O
+2e-
Mn0 → Mn+2 1
SO42- 4H+‒2e- → SO2+2H2O 1
3. Mn+ HNO3 →Mn(NO3)2 + 2H2O
Mn – 2e- →Mn+2 1
NO3- +2H+ - e- → NO2+H2O 2
4.3Mn+8HNO3suy→3Mn(NO3)2+2NO+4H2O
Ko’p metallarning tuzlari va oksidlaridan marganes ularni qaytaradi.
Mn+CuSO4 →MnSO4+Cu
Marganesning 5 xil oksidi bor.
MnO Mn2O3- asosli oksid.
Mn O2- amfoter
M n O3
Mn2O7 kislotali
2,4,7 valentlari birikmalari muhim ahamiyatga ega.
5. Mn O2 + 2H2SO4 → Mn(SO4)2+H2S + H2O
6. Ikki valentli tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirsak, oq rangli cho’kma hosil qiladi.
Mn(SO4)2 +2 KOH +H2 →Mn(OH)2↓+H2SO4 oq cho’kma
Bu cho’kma kislotalarda oson eriydi. Ishqorlarda erimaydi. Chunki u asos xossasiga ega.
Marganesning spiriti oksid parda bilan qoplanganligi uchun yaxlit holda marganes havoda oksidlanib alyuminiy, surma, mis va boshqa metallar marganes bilan ferromagnit qotishmalar hosil qiladi.
Marganesning ammoniy xlorid qo’shilgan suvda yaxshi eriydi.
Mn+2H2O+2NH4Cl →MnCl2+2NH4OH+H2↑
Marganes oksidlovchilik xossalarini namayon qilmaydigan kislotalarda erisa, vodorod ajralib chiqadi.
Masalan:
Mn+2HJ→MnJ2+H2↑
Marganesni konsentrlangan kislotalar sovuq holatdagi marganesni passiv holatga o’tkazadi, lekin qizdirilganda sulfat va nitrate kislota orasida quyidagi reaksiya boradi.
Mn+ 2H2SO4→MnSO4+2H2O+SO2
Mn+ 4HNO3→Mn(NO3)2+2NO+2H2O
Kaliy permanganatga suv tasir ettirilganda quyidagi reaksiya boradi.
3K2MnO4+2H2O →2KMnO4+MnO2+4KOH
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida Mn2+ birikmalari qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi.
Ishqoriy muhitda oksidlansa manganatlar agar kislotali muhitda oksidlansa permanganatlarga o’tadi.
2KClO3+3MnSO4+12KOH →3K2MnO4+2KCl+3K2SO4+6H2O
+4e-
Mn+2 → Mn+6 4 2 3 oksidlovchi
Cl+5 → Cl-1 6 3 2 qaytaruvchi
2MnSO4+5PbO2+6HNO3 → 2HMnO4+Pb(NO3)2+2PbSO4+2H2O
+5e-
Mn+2 → Mn+7 5 -2 oksidlovchi
-2e-
Pb+4 → Pb2+ 2 5 qaytaruvchi
MnSO4+Na2S→Na2SO4+MnS↓
MnS+6H2O+O2→2Mn(OH)4 + 2H2S
MnS+4H2O-2e→Mn(OH)4+H2S+2H+ 2 oksidlovchi
O2+H2O+4e →4OH 1 qaytaruvchi
MnO2 kislotali muhitda oksidlanadi.
2MnO2+3PbO2+6HNO3→2HMnO4+3Pb(NO3)2+2H2O
Marganes 5 ta oksidi bor, ular ekzotermik birikmalar hisoblanadi.
MnO- suvda erimaydigan yashil tusli kukun α=3,43g/sm3 ∆H-385 kj/mol
Mn2O3-qo’ng’ir tusli qattiq modda. α=4,5g/sm3 ∆H-958kj/mol. Suyuqlanish temperaturasi -1650 ͦ C asosli oksid hisoblanadi.
MnO2-kulrang qoramtir tusli qattiq modda ∆H-521,5 kj/mol. Havoda 530 ͦ C gacha qizdirilganda o’zidan kislorod chiqara boshlaydi. Bu amfoter hisoblanadi.
Mn3O4-qora tusli qattiq modda ρ=4,85g/sm3 ∆H-1387,5kj/mol bu moddada marganes II va III valentlidir.
Mn2O7-yashil qo’ng’ir tusli moysimon suyuqlik. Ρ=2,4g/sm3 ∆H-739,9kj/mol. Kislotali oksid Mn2O7 kuchli oksidlovchi qizdirilsa portlash bilan parchalanadi. Bu moddada marganes VII valentlidir. Marganes oksidlari faqat yuqori temperaturada toza vodorod tasirida marganesga qadar qaytariladi.
Mn(OH)2→MnO(OH)→MnO2*2H2O→H2MnO4→HMnO4
Marganes (III) oksidi tarkibida uchraydi, braunit minerali va magnetit Mn3O4 ga aylanadi.
Mn2O7-yashil rangli modda bo’lib suyuqlanish temperaturasi 5,9 ͦ C. Odatdagi sharoitda Mn2O7 qo’ng’ir yashil rangli moysimon suyuqlik. Kislota va uning tuzlari eritmasi pushti rangli juda kuchli kislota faqat suvdagi eritmada 20% gacha mavjud. 0,1 Nli eritma uchun α=93%. Agar kristalitik KMnO4 ga 2-4 tomchi konsentrlangan H2SO4 qo’shib shisha tayoqcha bilan aralashtirib va tayoqcha efir yoki spirt bilan ho’llangan paxtaga tekkizib va darhol o’z-o’zidan alanga berib yonib ketadi.Juda kuchli oksidlovchi. Ko’p yonadigan moddalar qog’oz,spirt,efir oksidga tegishli bilano’z-o’zidan yonib ketadi.KMnO4 deyarli qora rangdagi kristall modda, suvda erisa qizg’ish pushti rang hosil qiladi. 200 ͦ C haroratda parchalanadi. Marganes o’z birikmalarining xossalari bilan xromga o’xshab ketadi. Marganes past valentlik namoyon qiladi. Ular deyarli barqaror bo’ladi va kislotali muhitda qiyinlik bilan oksidlanadi. Marganesning uch valentli bo’ladi. Lekin tarkibida Mn2+ qatorida bo’lgan tuzlar osonlik bilan disproprosiyalanishga uchrab Mn2+ va Mn4+ birikmalarga aylanadi.
Kaliy permanganat eritmasi analitik kimyoda temir (II) tuzlarini yodid nitrate va hakozolarni aniqlash uchun qo’llaniladi. Marganesning 2 xil sulfide bor. 1.MnS2 2.MnS
MnS2-jigar rangli qattiq modda bo’lib uning zichligi ρ=3,46g/sm3. U odatdagi sharoitda barqaror lekin qizdirilsa marganes va oltin gugurtga parchalanadi.
MnS-qovoq rangli ρ=3,99g/sm3. U osh tuzi shaklida kristallanadi. Marganesning 6ta barqaror va 2 ta beqaror galogenidlari ma’lum: barqarorlari: MnCl2, MnBr2, MnJ2, MnF2, MnF3, MnF4 lar va beqarorlari: MnCl4, va MnCl2 lardir. Marganesning MnCl2*4H2O, MnBr2*4H2O, MnJ2*4H2O tarkibli kristalgidratlari olingan. Ikki valentli marganes galogenidlari suvda yaxshi eriydi, faqat MnF2 suvda oz eriydi. MnCl3 va MnCl4 birikmalarining mavjudligi shu vaqtga qadar, aniq emas,lekin ularning kompleks birikmalari K2MnCl3 va K2MnCl4 olingan. Ikki valentli marganesning suvda yaxshi eriydigan tuzlari qatoriga MnSO4*4H2O, Mn(NO3)2*6H2O va shu kabilar kiradi. Marganes(II) karbonot suvda erimaydi.
Marganes(III) oksidlari orasida Mn3O4 ning marganesli tuzlari Mn2(MnO)4 deb qarahs kerak.
Marganesning boshqa oksidlari qizdirilganda ular o’ziga kislorod qo’shib olib yoki o’zidan kislorod yo’qotib Mn3O4 ga aylanadi.
Permanganat kislota va uning tuzlari Mn2O7 suvda erimaydi, permanganat kislota HMnO4 hosil bo’ladi. Permanganat kislota juda kuchli kislota bo’lib faqat suyiltirilgan eritmalarda mavjud.
Uning o’zi ham, tuzlari ham, binafsha tusli. Permanganat kislota ikki valentli marganes tuzlariga kislotali muhitda PbO2 ta’sir ettirilganda ham hosil bo’ladi. Kaliy permanganat suvsiz holatda rambik sistemada kristallanadi. Uning zichligi ρ=2,7g/sm3 20ͦ da 100g suvda 6,3g kaliy permanganate eriydi. Kaliy permanganatni qizdira borilsa, u 2000 ͦ C ga yaqin haroratda parchalanadi.
Natriy permanganat.
NaMnO4*3H2O tarkibli gidrat hosil qiladi.
U suvda yaxshi eriydi va havoda nam tortib qoladi va yediriladi. Permanganatlar ayniqsa kaliy permanganat oksidlovchi va dizenfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.Marganes va uning birikmalarining oksidlovchilik xossalari.
MnO-4- pushti rangli.
KMnO4+Na2SO3+H2SO4→MnSO4+Na2SO4+K2SO4+H2O
+5e-
Mn+7 → Mn+2 5 2 oksidlovchi
-2e-
S+4 → S+6 2 5 qaytaruvchi
2. MnO2 li muhitda
2KMnO4+3Na2SO4+H2O→2MnO2↓+Na2SO4+2KOH
+3e
Mn+7 → Mn+4 3 2 oksidlovchi
-2e
S+4 → S+6 2 3 qaytaruvchi
MnO4 muhitda
2KMnO4+Na2SO3+KOH →2K2MnO4+Na2SO4*H2O
Marganes birikmalari organik birikmlarini oksidlashda ham ishlatiladi. Masalan: asetilinni kaliy permangant bilan oksidlab diollar olinadi.
3CH2=CH2+2KMnO4+4H2O→3CH2-CH+2MnO2↓
│ │
OH OH
3
C-2 → e-1 3 1
3
Mn+7 → Mn+1 1 3
Asetilen kaliy permanganatning suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirishib oksalat kislota hosil bo’ladi. Bu sifat reaksiya deyiladi.
3C2H2+8HMnO4+4H2O→3HOOC-COOH+8MnO2+8KOH
Oksalat kislota
-4e-
C-1 → C+3 8 3 qaytaruvchi
-4e-
C-1 → C+3
Mn+7 →Mn+4 3 8 oksidlovchi
Benzol kaliy permanganat kislota bilan reaksiyaga kirishaolmaydi, chunki oksid ammo uning gamologlari oksidlanadi.
CH3 COOH
5 +6KMnO4+9H2SO4→5 oo +6MnSO4+3K2SO4
-6e-
C-3 → C+3 6 5 qaytaruvchi
+5e-
Mn+7 → Mn+2 5 3 oksidlovchi
C OOH
→benzoy kislota
5C2H5+6KMnO4+9H2SO4→5COOH+5CO2↑+3K2SO4+6MnSO4+19H2O
-5e-
C-2 → C+3 6 5
7
C-3 → C-4
+5e-
Mn+7 → Mn+2 5 6
K2MnO4+Cl2→KMnO4+2KCl
Permanganat kislota Mn2O7 kaliy permanganate kukuniga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirish yo’li bilan hosil qilinadi.
2KMnO4+H2SO4→Mn2O7+K2SO4+H2O
Permanganat kislota va uning tuzlari Mn2O7 suvda erimaydi permanganate kislota HMnO4 hosil bo’ladi.
Permanganat kislota juda kuchli oksidlovchidir. Kaliy permanganate bilan Bariy sulfat va kaliy xlorat izomorfdir.
MnS2 qizdirilganda marganes va oltingugurtga aylanadi.
to
MnS2 → Mn+2S.
Marganes (II) sulfatning sulfat kislotada eritmasiga permanganat ta’sir ettirib marganes (IV) sulfat Mn(SO4)2 olingan. Suvda yamon eriydigan marganes(II) sionid qo’shish natijasida K4 [Mn(CN)6] olingan.
Bu modda barqaror emas, tezda oksidlanib uch valentli marganesning geksanidi K4 [Mn(CN)6] ga aylanadi.
2MnSO4+5PbO2+6HNO3→ 2HMnO4+3Pb│NO3│2+2PbSO4+2H2O
Mn2++4H2O 5e →MnO4-+8H+ 2
PbO2+4H++2e→Pb2++2H2O 5
K4 [Mn(OH)4], Ba3 [Mn(OH)4], ajratib olingan K4 [Mn(CN)6] ,K4[MnF6], K2[MnCl6] kabi eruvchan kompelkslar ma’lum ular suyulritilgan eritmalarda oson parchalanadi.
2Mn(OH)2+O2→2H2MnO3 manganat kislota.
Mn2+ → 2e Mn4+ 2
O20+4e → 2O2- 1
4MnO2→2Mn2O3+O2
6Mn2O3→4Mn3O4+O2
O=Mn-O-Mn=O Mn2O3 qora rangli
Mn MnO3 Mn2O3 ∙ H2O manganit
H2 170 ͦ O2 NaOH
M nO MnO2 Na2MnO4
MnO2 ning kislotali va asosli xossalari juda kuchsiz.
Amiakni oksidlay oladi.
6MnO2+2NH3→ 3H2O+N2+3Mn2O3
Pirolyuzit yuqori temperaturada qizdirilganda quyidagi mahsulotlarni hosil qiladi.
MnO2+4HCl→MnCl2+Cl2+2H2O
2MnO2+2H2SO4→2MnSO4+O2+2H2O
Mn+2HCl→MnCl2+H2↑
Mn(NO3)2→MnO2+2NO2↑
Marganes (II) tuzlariga ishqorlar ta’siridan marganes(II) gidroksidi hosil bo’ladi.
Oq cho’kma Mn(OH)2 oksidlanib qorayib qoladi.
2Mn(OH)2+2H2O+O2→2Mn(OH)3
Mn(OH)2+2H2O→2e→Mn(OH)3+2H+ 2
O2+2H2O+4e→4OH 1
6Mn(OH)2+O2→2Mn2 MnO4+6H2O
Yuqorida keltirilgan reaksiyalar Mn(OH)2 ning beqarorligini ko’rsatadi.
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida Mn2+ birikmalari Ishqoriy muhitda oksidlansa manganatlar agar kislotali muhitda oksidlansa permanganatga o’tishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin.
3MnSO4+2KClO3+12KOH→3K2MnO4+2KCl+3K2SO4+6H2O
Mn2++8OH-4e→MnO2-+4H2O 3
ClO3-+3H2O+6e→Cl-+6OH- 2
Mn-oksidlovchi hisoblanadi.
Metall marganeslarining qo’llanilishi.
Tabiatda marganes uchraydigan po’latlartemir yo’l strelkalari o’q o’tmaydigan qurollar yasashda ishlatiladi.
Uning asosida elektr o’tkazuvchanligi ham manganat qotishmasi olinadi.
(12% Mn, 84% Sn,4% Ni). Eng asosiy qotishmasi ferromarganes alyuminiyning qotishmalariga qo’shiladi. U oz miqdorda tuproqda mineral suvlarda o’simlik va tirik organizmlarda bo’ladi.
Marganes(II) xlorid- gazlamalarni jigar rangga bo’yash uchun ishlatiladi.
Marganes (II) sulfat –oson qo’sh tuz hosil qiladi. Kaliy sulfat, marganes (II) sulfat olti molekula suv Al2(SO4)3∙MnSO4∙24H2O lar gazlamalarni bo’yashda ishlatiladi. Marganes o’g’it sifatida ham ishlatiladi.
Marganes rudalarini ishlash jarayonida chiqadigan chiqindilardan keng foydalaniladi. Ular o’z tarkibida 10-18% gacha marganes tutadi.Tarkibida 70% marganes tutgan Marganes (II) sulfat qismi qimmatbaho mikro o’g’it hisoblanadi, sabzavotlarini o’g’itlashda foydalaniladi.
Marganes fosforli o’g’itlar bilan birgalikda qo’llanilganda yaxshi samara beradi. Shu bois marganesli superfosfat ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan shuningdek marganes kompelks o’g’itlar tarkibiga ham kiritiladi.
2% Ni va 85% Cu bo’ladi. Bu qotishmaning elektr o’tkazuvchanligi temperature oshganda juda ham o’zgaradi. Shuning uchun bu qotishma rheostat va o’lchov asboblari tayyorlashda ishlatiladi. Ikki valentli marganes tuzlari matolarni bo’yashda keramika bo’yash olishda va boshqa sohalarda qo’llaniladi. Marganes (II) birikmalari qishloq xo’jaligida mikro o’g’it sifatida ishlatiladi.
Marganes fotosintez jarayoning borishiga o’simliklarning o’sishi va urug’larining yetilishida muhim ahamiyatga ega. Ular yana tashqi muhitning zararli ta’sirlariga (tuproqda namlikning yetishmasligi, haroratning ortib ketishi yoki pasayib ketishi) chidamlilikni oshiradi, bir qator bakteriya va zamburug’ kasalliklariga ( kanop bakteriozi, lavlagi o’zagining chirishi donli o’simliklardagi kulrang dog’lar) nisbatan barqarorligini ta’minlaydi. Marganes-tirik organizmlarda siydik hosil bo’lishida asosiy elementdir. U, shuningdek C-vitaminining hosil bo’lishida ham ahamiyatga ega. Marganes rezovor mevalar va g’alladoshlar hosildorligini oshiradi. Masalan, qulupnayning hosildorligi gektoriga o’ttiz sentenergacha bug’doyning hosildorligi esa 3-4 sntenergacha oshadi.
Paxta chigiti ekishdan avval marganes tuzlari bilan namlansa hosildorlik gektoriga ikki sentenerga ortadi.
G’o’za, tamaki qandlavlagining o’sishini tezlashtiradi.
Marganes-maydalovchi inshootlar, temir yo’l reylslari, akvator cho’michlarining tishlari o’simliklardagi mikroelementlarining miqdori10,0-50,0.
Marganes-po’latni oksidsizlantirish va tarkibidagi oltingugurtni yo’qotish uchun hamda mahsus so’rt po’latlar ishlab chiqarishda legirlovchi qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Marganes (IV) oksid galvanik elementlarda katalizator hamda oksidlovchi sifatida ishlatiladi. Marganes rudalari MnO2, MnO3∙nSiO2 metallurgiya sanoatida cho’yan suyuqlantirib olishda, kimyo sanoatida va boshqalarda ishlatiladi.
Marganes ko’p miqdorda metallurgiyada po’latlar olish protsessida ulardan oltin gugurt bilan kislorodni yo’qotish uchun ishlatiladi. Lekin suyuqlanmagan marganes emas temirning marganes bilan qotishmasi ferromarganes qo’shiladi, u pirolyuzitni ko’mir tasirida qaytarish orqali olinadi. Po’latlarga marganes qo’shish ularning yedirilishda va mehanik kuchlanishlarga chidamliligini oshiradi. Rangli metallar qotishmalarida marganes ularning oksidllanish protsesslarida organic reaksiyalarda katalizator sifatida foydalaniladi. Keramika sanoatida MnO2 dan emal va sirlarni qora hamda to’q jigarrang tusga bo’yash uchun foydalaniladi. Natijada dispres MnO2 yaxshi adsorbilash xususiyatga ega bo’lib havoni zararli qo’shimchalardan tozalash uchun ishlatiladi.
Kaliy permanganate zig’ir va jun tolalarini oqrtirish, texnologik eritmalarni rangsizlantirish uchun organik birikmalarni oksidlovchi sifatida ishlatiladi. Meditsinada kaliy permanganat suvdagi eritmasi holida yaralarni yuvish tomoqni chaynash uchunantiseptik vosita sifatida ishlatiladi. Kaliy permanganat eritmasi olkoloidlar va sianidlar bilan zaharlangan ba’zi hollarda bemorga ichiriladi.
Marganes eng aktiv mikroelementlardan biri hisoblanadi va deyarli barcha o’simlik va hayvon organizmlarida uchraydi. U organizmlarda qon hosil bo’lish protsesslarini yaxshilaydi.
Marganes texnetsiy reniy va ularning birikmalari oliy sifatli po’latlar olishda elektrotexnikada meditsinada va kuum texnikada organic moddalarni sintez qilishda
issiqlikka va o’tga chidamli buyumlar olishda qo’llaniladi.
Xulosa.
Marganes davriy sistemada IV davr VII guruhning yonaki guruhchasida joylashgan. Marganes II, IV, VI, VII, valentli bo’ladi. Marganes kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Marganes oz miqdorda bo’lsa ham tuproqda, mikroorganizmlarda o’simliklar tarkibida uchraydi. Dehqonchilikda marganes (II) sulfat o’g’it sifatida ishlatiladi. Permanganatlar oksidlovchi va dizenfeksiyalovchi sifatida ishlatiladi. Marganes birikmalardan pirolyuzit-MnO2 gausmanit- Mn3O4, braunit-Mn2O3 lar katta ahamiyatga ega. Marganes o’simliklar tarkibida uchrashi 1872 yilda aniqlangan. MnO-suvda erimaydigan yashil tusli kukun Mn2O3-qo’ng’ir rangli. MnO2-kulrang tusli qattiq modda. Mn3O4-qora tusli qattiq modda. Mn2O7-yashil qo’ng’ir tusli yog’simon bo’ladi. O’simlik tarkibida marganes yetishmasa barglar oqarib sarg’ish dog’lar hosil bo’ladi. Marganes tuproqning 1% qismini tashkil qiladi. Marganesning 90% yuqori sifatli po’latlar olishda ishlatiladi. Marganesning II valentli birikmalari matolarni bo’yashda ko’p ishlatiladi. Marganesningo’simliklar holatidagi ahamiyatini 1897 yilda aniqlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. N.A.Parpiyev. A.G.Muxtasov. X.X.Raximov.
2. X.To’xtayev. R.A. Istanbekov. K.Cho’lponov
3. Kimyo 8-sinf darslik
4. G.E.Rudzitis. F.G. Fuldman.
5. Yu.M.Shilov M.I.Tarasenko Yu.I.Smushkevich P.M.Chiqurov.
Do'stlaringiz bilan baham: |