Ma'lumot so'zi ikki xil ma'noda ishlatilib, ikkalasi ham ma'rifatga tegishlidir. 1. Xabar, axborot - o'qish jarayoni-da amalga oshuvchi vosita. Bilimli kishining unga ega bo'lmagan odamga ma'lum qilish orqali bildirishi, yetka-zishidir. Ma'lum qilish til va ko'rgazmalar yordamida uni boshqalarga bildirishdir.
2. Bilim darajasi. Ko'rish, bilish, ya'ni borhqdagi obyektiv mavjud qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig'indisi - past ma'lumotli, o'rta va yuqori ma'lumotli va hokazo.
Ta'lim - ma'lumotni ma'lum bir tartibda berish va uni olish jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon bir qator ma'rifiy usul va uslublar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim turlari ko'p: axloq-odob ta'limi; tabiiy bilimlar bo'yicha ta'lim; texnika ta'limi; kasb ta'limi; akademik ta'lim va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |