Mavzu: Ma'naviyat va ma'rifat bilim olish hamda kasb-hunar egallash-ma'naviy yuksaklik belgisi



Download 52,51 Kb.
bet2/7
Sana10.02.2022
Hajmi52,51 Kb.
#440250
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'naviyat va ma\'rifat bilim olish hamda kasb-hunar egallash-ma\'naviy yuksaklik belgisi

Ma'rifatli degani bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, degani bo'lib, insonparvarlik ma'naviyati zaminidagina o'z mohiyatiga ega bo'ladi. Kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiyaga ham ma'rifat deb qaraladi. Bu so'z ilm-u urfon ma'nolarida ham ishlatiladi. Boshqacha aytganda, ma'rifat bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o'ziga qamrab oladi. Ma'rifat - kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya, maorif hamdir. Maorif umumiy va o'rta maxsus ta'lim beravchi maktab va o'quv yurtlari tarmoqlarini qamrab oladi.
Ma'rifat tushunchasi kengroq bo'lib, bilim va ma'na-viyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va soha­larini o'zida uyushtirgan. Lekin ma'naviyat bilan ma'rifat, maorif tushunchalarini izohlaganda, ular o'rtasiga «Xitoy devori»ni qo'yib ham bo'lmaydi, ya'ni ular bir-birini to'ldiruvchi, mukammallashtiruvchi tushunchalardir.
Prezidentimiz Islom Karimov «...ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi», deya ta'kidlab, «bizga bitiruvchilar emas, maktab ta'limi va tarbiyasini ko'rgan shaxslar kerabligini aytgan edi.
Ma'rifat atama sifatida tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini anglatadi. Yunon-rim falsafasida ma'rifat so'zi tafakkur va sof bilim deya ifodalangan. Aristotel bilimni insonning eng shirin va yaxshi faoliyati deb ta'riflagan. Platonning: «Mukammal bilimning, ya'ni men egallagan bilimning birdan-bir turi men o'zim bilmagan narsalarni bilishimdir», - degan falsafiy iborasi zamirida o'rganishning, bilimlar-ning cheksizhgini anglatuvchi haqiqat yotadi.
Bu muhim va juda katta mavzuni o'rganishda o'rta asrlardagi islom ilm-fanida ma'rifat tushunchasi ilohiyot bilan bog'lanib, katta bilimdonlikni, o'qimishlilikni bildir-ganligini e'tirof etmoq lozim. Kishilarni ma'rifatli qilish va ularni ma'naviy barkamol etib tarbiyalashda ilohiyotning ta'siri beqiyos bo'lgan. Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Moturidiy kabi allomalar o'zlarining beqiyos bilimlari bilan umuminsoniy madaniyatning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shib ketganlar. Hakim Termiziy «Kitob bayon-al-ilm» nomli risolasida ma'rifatni nur, yorag'likka qiyos-lagan. Arab, xususan, Markaziy Osiyodagi ilohiyot fanida, «ma'rifat», «ilm», «amal», «odob» tushunchalari o'zaro bog'liq tushunchalar hisoblangan.
O'rta asr musulmon olami olimlari nuqtai nazarlariga ko'ra kishining odobi, xulqi uning ma'rifati, bilimdonligi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, inson qanchalik ma'rifatli bo'lsa, uning xulqi shunchalik yaxshi va mukammal hisoblan­gan. Masalan, Rohib Isfahoniyning fikricha, ilm, amal, adab yuksak unvonga, olijanob nasabga va boylikka tengdir. Bu uchta unsurga Sharqda ham, G'arbda ham katta e'tibor bilan qaralganhgini hisobga olsak, bilishning salohiyati, uning mo-hiyatini yanada chuqurroq his qilish mumkin.
«Ma'rifat nima?» nomli maqolasidan (1784-yil) so'ng ilm-fanda uzil-kesil qaror topgandir. G'arbning tarixiy va falsafiy fanida «ma'rifat» deganda inson aql-idroki, kuch va bilimlari tan-tanasiga cheksiz ishonch anglashilgan.
Madaniyat tushunchasi ham ma'rifat bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u keng va tor ma'noda ishlatiladi.
Keng ma'noda madaniyat - insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan moddiy va ma'naviy boylik-larining yig'indisidir.
Tor ma'noda «madaniyat» tushunchasi jamiyatning ma'naviy hayotini ko'rsatish uchun qo'llaniladi. Madaniyat atamasi keng ma'noda qo'llanilib, jamiyatning ishlab chiqa-rish, ijtimoiy va ma'naviy hayotida qo'lga kiritilgan yutuq-lar majmuyini, biror ijtimoiy gurah yoki xalqning ma'lum davrda qo'lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o'qi-mishlilik, ta'lim-tarbiya ko'rganlik, ziyolilik va ma'rifatlilikni hamda turmushning ma'rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuyini bildiradi.
Demak, madaniyat so'zi, tushunchasi ham ma'rifat singari ma'naviyatni mukammallashtirishga xizmat qiladi va bir-birini to'ldiravchi, boyituvchi, shaxsning komil inson bo'lib voyaga yetishuvidagi asosiy shartlardan biridir. Ma'naviy nur, ma'naviyatli shaxs - dilida haqiqat nuri aks etgan, o'zligini anglagan, o'zining borliqdagi o'rni va vazifasini tushunib yetgan, haqiqat oldidagi o'z maqomiga loyiq bo'lish va burchini ijro etish mas'uliyatini zimmasiga ola biladigan insondir. Millat ma'naviyati tarixiy shakllangan o'z qiyo-fasiga ega, shu bilan birga, mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir.
Chunki sog'lom odamda tinmay bilim olib turish ehtiyoji mavjud bo'ladi. Bilim kishilarning tabiat va jamiyat hodi-salari haqida hosil qilingan to'g'ri ma'lumotlari, ko'nikmasi, insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni bajarish va boshqarish jarayonlarining zamonaviy-lashuvidir. Bularning hammasi amaliy faoliyatga mos mutaxassislar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Bilimlar - ilohiy, insoniy va irfoniy turlarga bo'linadi. Bu bihmlarni egallagan kishigina o'ta komillikka erishadi.
Bilim olish - milliy g'urarni shakllantirish yo'nalish-laridan biri. Chunki inson kamolotida bilim egallash ulkan vazifalardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz «Yuksak ma'na-viyat - yengilmas kuch» asarida aytganidek, «shuni unut-mashgimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoh-larida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq». Bilk olgan kishi har tomon-lama rivojlangan, odobli, axloqli, kamtarin, komil inson bo'ladi. Har qaysi insonning bilim darajasi jahon talablari darajasida, ya'ni fan-texnikaga, bozor iqtisodiyoti madani-yatiga javob beradigan holda bo'lishi kerak. O'sha komil inson, uning olgan bilimi hayot yo'llarida tayanch, yolg'iz damlarida yo'ldosh, baxtiyor daqiqalarida rahbar, qayg'uli damlarida madadkor bo'ladi. Bilim insonni aql-idrokli, bilimdon, hunarmand, irodali, e'tiqodli qiladi.

Komil insonni tarbiyalashning birdan-bir yo'li ana shu bilimda, deb bil-ganlar. Bu haqda ko'plab ma'lumotlar keltirish mumkin.


«Qur'on»da musulmonlarga narsani dalil-isbotsiz qabul qilmaslik buyuriladi, ilm doimo aniqlikni talab etishi, haqiqiy ilmiy narsalarga tayanishi kerakligi, gumonga er-gashmaslik haqida ta'lim beriladi. «Qur'on» insonni aql ish-latishga chaqiradi. Unda aql insonga berilgan buyuk ne'mat, deb ta'riflanadi. Aqlni ishlatmaslikning yomon oqibatlari xususida so'z yuritiladi.
Islomda bilim, aql inson kamolotining mezoni hisob-lanib, inson ko'rish, eshitish, aqlni ishlatish vositasida bilish qobiliyatiga ega bo'ladi, deyiladi. «Qur'on»da dunyoviy ilmlar, tibbiyot, rahshunoslik, geografiya, sotsiologiya hamda diniy ilmlarni o'rganish targ'ib etilgan.
«Qur'oni karim»da «ilm» so'zi - «alima» - bilmoq fe'li negiziga tayangan kalimalar 750 marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda aytilgan.
«Qur'oni karim»da har bir mo'min-musulmon bajarishi zarur bo'lgan yaxshi xulqlar insonni haqiqiy kamolotga undovchi insoniy fazilatlardir, deb tushuntiriladi. Chunki islom dinining asosiy maqsadi ham yomonlikning oldini olish, kishilarga yomonlikning xunuk oqibatlarini tushuntirish hamda ularni doimo to'g'ri yo'lda yurishga chaqirishdan iboratdir.

Download 52,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish