2.2.1.3-chizma-tugun elementining qiymatini o’zgartirish.
Bu chizmada ro`yxat elementlarining qiymatini o`zgartirish oynasi ko’rsatilgan. Qiymat maydoniga yaratilgan tugunlar orasidan o`zgartirilishi kerak bo’ladigan tugunning qiymati kiritiladi. Agar qiymat maydoniga noto’g’ri son kiritilsa bunday tugun mavjud emasligi to’g’risidagi xabar oynasi chiqadi. Aks holda ekranga yangilash deb nomlangan oyna chiqadi. Bu oynada bitta yozuv maydoni va ikkita tugma mavjud. Yozuv maydonining qiymati topilgan tugunning elementi bo’ladi. Yozuvni o’zgartirib, OK tugmasi bosilganda topilgan qiymatini yangi qiymat bilan almashtirib qo’yiladi. Xabar oynasining yozuv maydoniga yangi qiymat kiritiladi va OK tugmasi bosiladi. Cancel tugmasi bosilganda o’zgartirish oynasi bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |