4-sinf (34 soat, haftasiga 1 soat)
Kompyuterning dasturiy ta’minoti – 4 soat.
Axborot tushunchasi. Axborotlar bilan ishlash – 10 soat.
Algoritmning yozuv turlari – 12 soat.
o‘yinli o‘quv dasturiy ta’minot bilan ishlash – 8 soat.
Umumo‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti
Umumo‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini (Uo‘T DTS) yaratishning muhim zaruriyati kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, milliy umumta’lim maktablarini xalqaro darajaga ko‘tarish; uning keyingi funksiyalarini qayta qurish tuzilishining negizi asosida ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik to‘plamlarini yangicha sermazmun qilish; haqiqiy demokratik va ijtimoiy prinsiplarda tashkiliy va boshqaruv funksiyalarini shakllantirish talablariga asoslangan.
Uo‘T DTS o‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning ayrim qismini izohlovchi asosiy normativ hujjatdir.
Uo‘T DTS tuzilish, mazmun va uning talab darajasini aniqlaydi, ta’lim, tarbiya va rivojlantirish natijalarini baholash usullarini o‘rgatadi. Uo‘T DTS umum o‘rta ta’lim talab darajasini muvozanatli, uning doimiy rivojlanishini, rivojlangan fan, madaniyat va texnikaning dunyo talabi darajasiga javob bera olishini ta’minlaydi.
Uo‘T DTS o‘z moxiyatini umum o‘rta ta’limning asosiy komponentlariga – tarkibini xosil qiluvchilar: o‘quv rejasining asosi, o‘quv sohasining mazmuni, bilim sifati, o‘quvchilarni litsey yoki kollejlarda o‘qishni davom ettirishga tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal majburiy talablar ta’rifini ko‘rsatadi.
Uo‘T DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta’lim dasturlari, umumdemokratik prinsiplarda tashkiliy – boshqaruv funksiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta’lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.
U O‘T DTS tarkibi:
o‘quv rejasining asosi (Uo‘T DTS bosh darajasida);
o‘quv sohalari asosiy qismining mazmuni (o‘quv predmetlari);
baholash tizimi, baholash jarayoni; bitiruvchilar tayyorlash darajasiga talablardan tashkil topadi.
Uo‘T DTS mazmuni tuzilishiga majburiy va qo‘shimcha komponentlar kiradi. o‘quv reja – Uo‘T DTS ning markaziy darajasi. Asosiy o‘quv reja umumta’lim sohasida o‘quv predmetlari va ularni o‘rganish uchun ketadigan vaqtini belgilaydi.
Uo‘T DTS ning ta’lim sohasi mazmuni milliy mustaqillik va demokratiya, xalqning diniy-axloqiy merosi va umuminsoniy boyliklari asosida ta’lim-tarbiyani rivojlantirishni ta’minlash uchun tanlangan. Asosiy didaktik prinsiplar uch darajali tuzilish asosida amalga oshiriladi:
1-daraja (minimal) ta’lim sohasining asosini o‘z ichiga oladi va bilimni kengaytirish va mukammallashtirish uchun negiz bo‘lib xizmat qiladi. U hamma uchun majburiydir;
2-daraja (asosiy) - birinchiga qaraganda to‘laroq, chuqurroq;
3-daraja fanga qiziqqan va uni o‘zlashtira oladigan o‘quvchilar uchun alohida maxsus bilimlar yo‘nalishi.
Informatikaning maqsadi maktab kursini o‘qitish algoritm, dasturlash tillari, kompyuter, yangi texnologiya va ulardan foydalanish, turli vazifalarni yechishda kompyuterni qo‘llash usullari va qoidalari, oddiy malakalar hosil qilish haqida o‘quvchida tasavvur hosil qilishga qaratilgan. Shu bilan birga ushbu kursda axborot texnologiyasidagi o‘rni, yangi kompyuter o‘rnining mazmuni va roli, ularning mustaqil o‘z texnologiyasi, fan-texnikasi rivojlanishiga ta’siri bilan tanishtirish. “Informatika” ta’lim sohasi mazmunining asosiy yo‘nalishlari axborot, algoritm va uning ijrochisi, yangi kompyuter texnikasida axborotlarni kodlash, o‘lchash va qayta ishlash usullari; zamonaviy axborot texnologiyasi rivojlanishi va mohiyati, dasturlar va dasturlash tillari, operatorlar, integralashgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joyi va boshqaruv tizimi; qog‘ozsiz axborot tizimidan iborat.
Standart ta’lim mazmunining umumiy talablari va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, alohida o‘quv muassasalarining invariant imkoniyatlarining teng darajada kompyuter bilan ta’minlanmaslik sharti asosida, turli xil imkoniyatli maktablarning o‘quvchilari informatika darsidagi amaliy faoliyati, bu predmet bo‘yicha ta’limning asosiy mazmunini aniqlash faqat talablarni minimallashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |