9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Davlat inspeksiyasi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi.
Davlat inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.