MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISI SHAXSIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
MUNDARIJA:
KIRISH
I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA TARBIYACHINING O’RNI VA TARBIYACHI SHAXSIGA QO’YILGAN TALABLAR
1.1. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar
1.2. Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish.
1.3.Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish, tarbiyachining nutq madaniyati.
II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALAR FAOLIYATI TASHKIL ETISHDA TARBIYACHINING O’RNI.
2.1.Mashg‘ulot jarayonida pedagog tarbiyachining pedagogik mahorati
2.2.Tarbiyachi pedagogik faoliyatiga kreativ yondashuv
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda mexr – shafqat hislarini tarbiyalash Mustaqil O’zbekiston kelajagi ko’p jihatdan barkamol intelektual salohiyatli avlod va unga ta’.lim tarbiya berish sifatiga bog’liq. Shu bois vatanini, xalqini sevadigan, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni yetishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatning ustuvor yo’nalishining dolzarb mezonlaridan biri bo’lib, bu haqda O’zbekiston Respublikasining “ Ta’lim sohasida “ gi qonunida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni yetishtirish davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalardan biri ekanligi ko’rsatilgan.
Ota-bobolarimizning azaliy orzusi ushalgan kun bugungi mamlakatimizning mustaqillikka erishgan kunning e’lon qilinishidir. Zero, bu hur ozod, obod kunlarda erisha olmay armonda qolganlar va shu armon bilan o’tib ketganlar ham uchraydi.
Bugungi kunda O’zbekistonda milliy istiqlol sharofati tufayli turli jabhalarda har tomonlama qaror topayotgan sharoitlarda jamiyatimizda yuz berayotgan tub ijtimoiy , siyosiy va ma’naviy o’zgarishlar , umuminsoniy qadriyatlar tizimida shaxs omiliga qo’yilayotgan yosh avlodning ma’naviy axloqiy, jismoniy va har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashni taqozo etadi.
Darhaqiqat hozirgi zamon tarbiyachilar zimmasiga har tomonlama barkamol, fidoiy, komil inson, mehr – muruvvatli insonlarni tarbiyalash vazifasini yuklaydi. Komillikni har bir inson o’zicha tushunadi va turli yo’llar bilan unga erishishga intiladi. Shuning uchun ham inson komillikka yetaklovchi muhim omillarni falsafiy idrok etish va anglashi nihoyatda muhimdir. Insonlarni komillashib , o’zligini anglashi bunyodkorlik, fidoyilik ishlarini amalga oshirish, ezgu maqsadlar yo’lida mexr – mruvvat ko’rsatishni jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning muhim kafolati hisoblanadi. Ma`naviyati ustuvor jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojiga ham o’z ta’sini ko’rsatadi. Chunki u insonning madaniy darajasi bilan bog’liqdir.
Demak hozirgi kunda mehr muruvvatlilk tarbiyasi bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u jamiyat taraqqiyoti va inson farovonligi uchun zaruriy ma’naviy – axloqiy tamoyillardan hisoblanadi.
Yosh avlodni tarbiyasi umumxalq ishidir. Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan yangilanish va poklanish xalq ta’limiy tizimining mazmunini yangidan shakllantirish va takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasida: maktabgacha ta'Iimning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbekxalqining milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat, milliy o'z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xususiyatlarini uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda.
Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |