Yangi bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi mashg ‘ulotlarni o'tkazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak- atrofdagi narsa-buyumlar, voqealar to'g'risidagi bilimlarini kengay- tirishdir. Bunday mashg'ulotga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashg'ulotlar hamma yosh guruhlarida o'tkaziladi.
Bolalaming o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlovchi mashg‘ulotlardan ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarni anglab olish va umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa (xona o'simliklari, daraxtlar, hayvonlar) solishtiriladi, didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Bunday mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganligini bilib oladi. Tarbiyachi mashg'ulotlar jarayonida bolalaming bilimini yangi ma’lumotlar bilan boyitadi.
Nazorat mashg'ulotlari bolalaming dastur bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini tekshirish va aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning faoliyati natijalarini umumlashtirib, xulosalash imkonini beradi. Nazorat mashg'ulotlari chorak yarim yillik va yil oxirida o'tkazilishi mumkin.
Majmuaviy mashg'ulotlar maktabgacha ta’lim tajribasida keng tarqalgan bo'lib, bunday mashg'ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, tizimga solinadi, olgan bilim va ko'nikmalarni amalda qo‘llashga o'rgatiladi.
Mashg‘ulot o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, har qanday mashg‘ulot o‘zida uchta tarkibiy qismni aks ettiradi: tashkiliy qism, mashg‘ulotning borishi (jarayon) va yakuniy qism.
Tashkiliy qism bevosita bolalarni mashg'ulotga jalb etish: ularning e'tiborini amalga oshiriladigan faoliyatga qaratish, bajariladigan ishga nisbatan qiziqishni hosil qilish, jo‘shqin kayfiyatni yaratish, o'quv vazifalarini ochib berishga yo‘naltiriladi. Tushuntirish ishlari mohirona, bosiqlik bilan hamda emotsional tarzda olib boriladi. Tushuntirish va ko‘rsatish usullari asosida bolada qanday tarzda harakatlanish, ketma-ketlikda bajarish, natijaga erishishga doir oddiy ko‘rinishdagi ish rejasi hosil qilinadi.
Mashg'ulotning borishi - belgilangan o‘quv vazifalari bilan bog’liqlikda bilim va ko'nikmalarni o‘zlashtirish bilan tugallanadigan bolalaming mustaqil aqliy yoki amaliy faoliyati. Mashg'ulotning mazkur bosqichida har bir bolaning rivojlanish darajasi, idrok etish sur’ati, fikrlashining o'ziga xosliklari bilan bog’liqlikda ta’lim usullari individuallashtiriladi. Agar pedagogning aniq tushuntirib bera olmasligi oqibatida o'quv vazifalarini bajarishda ko‘pchilikda xatolar kuzatilsa, hamma bolalaming diqqatini ommaviy jalb etish zaruriyati yuzaga keladi.
Tez va oson yodda saqlab qola oladigan, tahlil qlla oladigan, pedagog ko'rsatmalari bilan o'zining harakatlari, natijalarini taqqoslay oladigan bolalarga nisbatan kam yordam ko‘rsatiladi. Agar bolalarda vazifani bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘lsa, maslahat berish, qaytadan eslatib o‘tish, yo‘naltiruvchi savollardan foydalanish mumkin. Pedagog har bir bolaga o‘ylash, qiyin vaziyatlardan o‘zi mustaqil chiqib keta olishiga imkoniyat yaratadi. Ba’zi bolalarga qo‘shimcha tushuntirish, ko‘rsatish, pedagogning bevosita yordami talab etilsa, boshqalariga og‘zaki ko’rsatma berish yetarli bo’ladi.
Pedagog har bir bolaning u nimani o'rganganligini ko‘rsatib beruvchi, uning harakatlaridan guvohlik beruvchi natijalami olishiga harakat qiladi. Natijaga erishish – mashg’ulotdagi amaliy va o'quv faoliyatining yakuniy mahsuli. Bu esa, bolaning irodasini mustahkamlaydi, bilim va ko'nikmalarni egallashga qiziqishini oshiradi.
Mashg‘ulotning yakunlanishi bolalaming o‘quv faoliyati yuzasidan xulosalar chiqarish va natijalarni baholashni o'zida aks ettiradi. Olingan natijaning sifati bolalarning yosh va individual xususiyatlari, o‘quv vazifasining murakkabligiga bog’‘liqdir. Kichik guruhlarda pedagog bolalarni tahsinlaydi, tirishqoqliklari, topshiriqni bajarishdagi intilishlari uchun ularni maqtaydi, ta’lim mazmuni bilan bog’‘liqlikda ulardagi ijobiy kayfiyatni oshiradi. 0‘rta guruhda bolalarning faoliyati, ularni topshiriqni bajarishga munosabatlarini baholashda tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslaniladi. Bunday yondashuvni tadbiq etishdan maqsad bolaning o'quv vazifasi mohiyatini tushunishi, pedagogning ko‘rsatmalariga e’tiborli bo'lish. belgilangan ketma-ketliqia ishni bajarish zaruriyatini anglab yetishlariga erishishdir. Baho bolani o‘z muvafaqqiyatini, shu bilan birga xato va kamchiliklarini ko‘ra olishga o‘rgatadi. Katta guruhda bolalar o‘z faoliyati natijalarini baholash va o‘z-o‘zini baholashga jalb etiladi.
Mashg‘ulotning turlari va tuzilishi
Didaktik maasadiea ko‘ra mashg‘ulotlarquyidagi turlarga bo lmadi: yangi bilim vako‘nikmalarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlardir Mashg‘ulotning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog’‘Hq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetar- licha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch to’zilgan va bolalar imkoniyatlariga moslashtirilmagan mashg‘ulot sifatli bo‘la olmaydi. Mashg‘ulotga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta' mm lash, kompleks chora-tadbiriarni ishlab chiqishdir.
Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorgarligi quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashti- rish). Shu bilan birga tarbiyachi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, mash- g‘ulotni erkin olib borishga erishishi lozim. Mashg'ulotga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ulotning algoritmlari, samaradorligi bog’‘liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta'minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxis qilishbilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda bolalarning imkoniyat-lari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o'quv materialining xususi- yati, uning amaliy ahamiyati, mashg‘ulotning tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda to’zatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak mashg‘ulotni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) bolalaming o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u mashg‘ulotga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun pedagog mashg‘ulotning texnologik modeli va kartasini ishlab chiqishi lozim. Mashg‘ulot loyihasi qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg’ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yo’zaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo'yicha qayta o‘zgar-tirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Mashg‘ulot loyihasi an’anaviy rejadan boshqarishga doir ta’sir ko'rsatishlaming aniq va tushunarli belgilab olinishi, kutiladigan natijalarning oldindan aniqlanganligi bilan farq qiladi.
Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorgarligi quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashti- rish). Shu bilan birga tarbiyachi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, mash- g‘ulotni erkin olib borishga erishishi lozim. Mashg'ulotga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ulotning algoritmlari, samaradorligi bog’‘liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta'minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxis qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydin- lashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda bolalarning imkoniyat- lari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o'quv materialining xususi- yati, uning amaliy ahamiyati, mashg‘ulotning tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda to’zatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |