6-Mavzu: Maktabgacha ta’limda pedagogik tizim va boshqarish ob’ekti
Reja:
Maktabgacha ta’limda pedagogik tizim.
Maktabgacha ta’limda mashg‘ulotlarni kuzatish, gimnastika va harakatli o‘yinlar mashg‘ulotining ko‘rigi.
Nutq o‘stirish va tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg‘ulotining ko‘rigi, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari uchun materiallar va uskunalar, musiqa ta’limi uchun asbob va qo‘llanmalar.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bayram ertaliklari va ularni tashkillashtirish.
Tayanch so’z va iboralar: pedagogik tizim, kuzatish, bayram ertaliklari, tashkillashtirish.
Maktabgacha ta’limda pedagogik tizim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning uchta asosiy shakli mavjud: individual, guruhli va ommaviy (frontal). Bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning har bir shakli didaktik maqsadi, bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individual ish- ga munosabati, pedagogik rahbarlik bilan bog’Tiqliqia o‘ziga xos xususiyatiari bilan farqlanadi.
Bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning individual shakli o‘zida bir qancha ijobiy jihatlarni aks ettiradi: o‘quv faoliyati mazmuni, uslubi va sur’atini to‘la individualashtirish imkoniyatining mavjudligi hamda aniq bir masalani hal etishda ta’lim oiuvchining har bir harakati va operatsiyalarini ko’zatib borishga imkon berishi kabilar. Biroq ta’limning individual shakli ayrim kamchiliklarga ham ega: vaqtning tejamli emasligi (bir guruhda yigirma nafar bola bo‘Isa, pedagog har biri uchun 20-25 minutdan vaqt sarflaydi. Demaq pedagog qariyb olti soat individual o‘qitish blian shug'ullanadi); pedagog ta’sirining cheklanganligi (pedagogning vazifasi bolaga topshiriq berish va uning bajarilishini tekshirishdan iborat); boshqa bolalar bilan hamkorliqia ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi); jamoada ishlash tajribasinmg shakllanmasiigi.
Biroq ba’zan o‘quv faoliyatining individual shaklidan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Eng avvalo, rivojlanishida nuqsoni bor, tez-tez kasal- likka chalinuvchi bolalar bilan individual tartibda ishlash, ularni zarur bilim va ko'nikmalami egallashlariga yordamlashish, psixik jarayonlami bosh- qarishga qobiliyatlilikni rivojiantirish ehtiyoji mavjud. Shuningdek maxsus qobiliyatlar (rasm chizish, qo‘shiq aytish, matematikaga doir)ga ega bolalar bilan ham individual tarzda mashg‘ulotlar olib borish talab etiladi.
Guruhdagi har bir bola bilan pedagog uning ta’lim olganlik darajasi, bilim va ko'nikmalami egallashdagi o’zilishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun vaqt-vaqti bilan nazorat-tashxis etish tavsifiga ega individual mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
Bolalaming o‘quv faoliyatini tashkil etishning guruhli shakli mashg‘ulotlarni kichik guruhlarda amalga oshirishni talab etadi. Buning uchun guruh olti nafar boladan oshmagan holda kichik guruhlarga bo‘linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish bolalaming o‘z xohish-istaklari, umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin, biroq ularning o‘zlashtirish darajasiga ko'ra guruhlarga ajratish tavsiya etilmaydi. Aksincha, kuchli o'zlashtirish darajasiga ega bolalar bilan pastroq o‘zlashtiruvchi bolalardan iborat tarzda guruhni shakllantirish maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish texnologiyasi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zan mashg‘ulot birdaniga kichik guruhlarga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Bunday holatda pedagog bolalarni qanday tartibda joylashtirish haqida o‘ylashi lozim. Har bir guruh a’zolari bir-biriga qulay tarzda o‘tirishlari, shu bilan birga oraliq masofani ham hisobga olish lozim. Chunki guruhlarda ishlash jarayonida kichik guruh a’zolari bir-birlari bilan muloqotga kirishadi. o‘zaro hamkorliqia topshiriqni bajarishadi. Shuning uchun ham bunday mashg‘ulotlarda hamma vaqt tinchlikni saqlab turish imkoniyati bo‘lmaydi. Mashg‘ulotga doir topshiriq hamma uchun bir xilda yoki alohida-alohida berilishi mumkin. Mash- g‘ulot berilgan topshiriqni o‘ziga xos tarzda taqdim etish bilan tugallanadi.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalaming o‘quv faoliyatini tashkil etishning ommaviy (frontal) shakliga ham alohida zamriyat mavjud. Ommaviy tarzda o‘tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuni ko'pincha badiiy tavsifga ega faoliyat ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, musiqa mashg‘ulotlari, sahna ko'rinisblarini namoyish etish. o‘yin-sayohatlar, san’at asarlari bilan tanishish va boshqalar. Bunday mashg‘ulotlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi “emotsional ta’sir ko‘rsatish” yaxshi samara beradi. bolaning o‘z-o‘zini namoyon eta olishiga imkon beradi.
Mashg‘ulot - maktabgacha ta’limda o‘qitishnmg asosiy shakli -Mashg‘ulot - maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli sanalib, u hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalaming amaliy mashg' ulotini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshi guruhlari bilan bog’‘liqlikda mashg‘ulotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yoshdagi bolalar bilan oKb boriladigan mashg‘ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir. Katta va tayyorlov guruhlaridagi mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqilliq bilimga qiziquvchanliq taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib toptirib boriladi. Bolalarda ko’zatuvchanliq mas’uliyat hissi takomillashib boradi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish-istagi tarbiyalanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasada mashg'ulotlar bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlarda bolalar o‘quv faoliyati ko‘nikmalari hosil qiladilar, ancha intizomli, uyushgan bo‘lib boradilar. Ularda barqaror diqqat, diqqatni bir narsaga qarata olish, irodaviy zo'r berilish qobiliyati rivojlanadi. Sistemali o‘qish natijasida bilishga qiziqish paydo bo‘ladi.
Bolalarni jamoada o‘ qitish muayyan afzalliklarga ega: birgaliqia ishda ular bir-birlariga aktlv ta’sir etadilar, tashabbus, fahm-farosat ko‘rsatish imkoniga ega bo'ladilar.
Bolalar oldilariga ko‘pchiliqian kuch-g‘ayrat talab qiladigan vazifalar qo‘yilganda birgaliqiagi kechinmalar paydo bo‘ladi, jamoa tuyg'usi vujudga keladi. Eksko’rsiyalar, rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, qurish-yasashga oid ishlami birgaliqia bajarish, umumiy o‘yinlarda va musiqa mashg‘ulotlardagi raqslarda, harakatlarni rivojiantirish mashg‘ulotlarida birlashish, badiiy adabiyotni o‘qish tufayli yo’zaga kelgan birgaliqiagi kechinmalar - bulaming hammasi inoq bolalar jamoaini vujudga keltirishda yordam beradi hamda jamoada yashash va ishlash ko‘nikmasi hosil qiladi.
Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning faol harakatlanishi bilan bog’‘liq bo‘- lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan o’zoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg‘ulotga tayyorlanishda bolaning yoshi, imkoniyatini e’tiborga olish zarur. Shuningdek mashg‘ulotnmg vaqti, kun tartibidagi o‘rni, dasturning har bir bo'limlarini to'g'n almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur. Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg'ulotyosh guruhlari bo‘yicha necha daqiqa davom etishi “Bolajon” tayach dasturida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan.
Mashg'ulotlardagi o'qitish jarayonida bolalarda maktabga va o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, to‘g‘ri xulq-atvor ko'nikmalari, ma'suliyat hissi, ishchanliq o'zini tuta bilish, ishda zo‘r berish odati hosil qilinadi.
Bolalarga kerakli bilim va malakalarni mashg‘ulot jarayonida, yangi pedagogik texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali usullari- dan foydalanib berilsa, bolaning yosh, ruhiy fiziologik xususiyatlari ino- batga olinsa, tarbiya berishnmg samaradorligi oshadi.
Bolalar mashg‘ulotlarning turli xil ko‘rinishlarini egallashlari orqali, yoshlari o‘sib borish davomida, maktabga bo‘lgan qiziqishlari ham o‘sib rivojlanib boradi va ular maktabni ham hech qiynalmay o'qib, davom et- tirib boradilar.
Masng‘ulotnmg turlan va tuzilishi
Didaktik-maqsadiga ko‘ra mashg'ulotlar quyidagi turlarga bo Iinadi: yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qiluvchi mashg'ulotlar, o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlovchi mashg'ulotlar, nazorat mash- g'ulotlari va majmuaviy mashg'ulotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |