Maktabgacha ta’lim taraqqiyotida boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg’armalar, shuningdek tadbirkorlik to’zilmalari faol ishtirok etib kelmoqia.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1) ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterga ega ekani;
2) ta’limning o’zluksizligi va izchilligi;
3) o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyorliligi;
4) ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
7) har bir shaxsning bilim olishga iste’dodini rivojlantirishni rag’batlantirilishi;
8) ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvining o‘zaro uyg‘unligi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi.
1) demokratik-xalsparvarlik asosida boshsaruv. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalk ta’limi tibbiy-gigienik profilaktik va sog‘lomlashtirish tizimiga doyr qonun hhujjatlari asosida ishlarni tashkil etish.
2) yakkaboshchilik tamoyili - ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari, aralash tusdagi bolalar bog’chasi (uning tarkibiga yillik ish rejasini tulik bajarishga karatiladi;
3) hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;
4 ) aniqlik tamoyili- pedagogik metodik va xo‘jalik ishlarini aniq maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil qilish va bajarilishini tahlil qilish;
5) xo‘jalikni boshqarish tamoyili - ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
6) tanqid va o‘z-o‘zini tanqid - rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga talabchanlik bilan yondoshishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlariga tanqidiy munosabat;
7) farqlash tamoyili - ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg‘or ish tajribalarini ko‘ra olish;
8) yangilikni his qila olish tamoyili - o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarini o‘zlashtirish va ish faoliyatida qo‘llay olish.
Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy ish hujjatlari:
Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun (T., 1997).
Kadrlap tayyorlash Milliy dasturi (T., 1997).
Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida≫gi Nizom 2017).
Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Konsepsiya 2012
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (T., 2008; 2012, 2017).
“Bolajon”dasturi (T., 2010).
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmonlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |