Nazorat uchun savollar:
I. Sinf rahbari va guruh murabbiysining asosiy vazifalariga qaysi vazifalar kiradi?.
2. Sinf rahbari va guruh murabbiysining qanday talablar qo‘yiladi?.
3. Sinf rahbari va guruh murabbiysining ishlari tizimi qay darajada tashkil etilishi kerak?
4. Sinf rahbari va guruh murabbiysi qanday tashkiliy-pedagogik ishlarni amalga oshiradi?
Tayanch tushunchalar:
Tizim – bu ma’lum qonuniyat asosida (yaxlitlik nuqtai nazaridan) tartiblangan, o‘zaro uzviy bog‘langan hamda belgilangan maqsad sari birgalikda umumiy funksional vazifani bajaruvchi elementlar (qism tizimlar) majmuasi tizim deb aytiladi. Tizimlar tarkibida qatnashayotgan elementlar (qism tizimlari) xarakteriga qarab sodda, murakkab, dinamik va statistik tizimlarga bo‘linadi.
Tarbiyachi – ustoz bo‘lishi uchun, boshqalarning aql – idrokini o‘stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqoro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday yuksak fazilatlarga ega bo‘lishi kerak (Zuhra Ismoilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |