Мавзу: мактабда кичик гуруҳларга психологик хизмат кўрсатиш муаммолари


Amaliyotchi psixolog faoliyatida ta’sir ko‘rsatishning usul va vositalari



Download 192 Kb.
bet6/8
Sana20.06.2022
Hajmi192 Kb.
#684591
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI

Amaliyotchi psixolog faoliyatida ta’sir ko‘rsatishning usul va vositalari

Inson dunyoga to‘liq shakllangan fe’l-atvor, axloqiy xususiyatlar dasturi bilan tug‘ilmasligi, unga xos fazilatlar, axloqiy me’yorlar ijtimoiy hayot va oilaviy tarbiya mahsuli ekani barchaga ma’lum. Barcha zamonlarda xalqlar markaziy ko‘cha, maydon va xiyobonlarni millatning jasoratli farzandlari nomi bilan atab kelgan. Ular orasida mardlik namunalarini ko‘rsatgan sarkardalargina emas, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot kabi sohalarda jasoratli mehnat qilganlar ham oz emas. Demak, jasorat kasb tanlamaydi. U ijtimoiy-ma’naviy muhit, maqsadli va izchil tarbiya mahsulidir. Shunday ekan, oila va o‘quv maskanlaridagi muhitni yanada takomillashtirish orqali farzandlarimizni ishontirib va ta’sir qilib tarbiyalash mumkin. Avvalo, o‘g‘il – qizlardagi qo‘rquv, ikkilanish va jur’atsizlikni yengishga o‘rgatish lozim. Chunki, bolani suvga tushirmay suzishga o‘rgatib bo‘lmaydi. Darhaqiqat, bolalarni dadillik va jasorat talab etadigan vaziyatlarda sinamasdan ulardagi qo‘rquv va jur’atsizlikni yengish mushkul. Agar biz yoshlarimizni jasur, mard, qo‘rqmas etib tarbiya qilmoqchi bo‘lsak, bu ishga boshqacha yondashuv kerak bo‘ladi. Chunki tarbiya tarixining, demak, jasorat tarbiyasining romantik bosqichi ortda qolgan. Taraqqiy etgan davlatlar allaqachon uning texnologik bosqichiga o‘tib olgan.
Farzandlarimizni oqil va dono, faol va uddaburon, mard va jasur etib tarbiyalash, avvalo, ota-onaga bog‘liq. Biz ularni eng zamonaviy ilg‘or bilimlar bilan qurollantirishga harakat qilamiz. Endi tarbiyaning yangi tamoyili – shaxs, davlat, millat manfaatlariga xizmat qiladigan eng muhim fazilatlarni shakllantirish texnologiyasi yaratilmog‘i lozim. Chunki bilim – masalliq bo‘lsa, fazilat – olovdir. Olovsiz ovqat pishmaganidek, yoniq qalb, bukilmas iroda, tetik ruh, cheksiz jasorat va sog‘lom aql bo‘lmasa, zamonaviy bilim va texnologiyalarni hayotga tadbiq etish ham, yangi kashfiyotlar yaratish ham amrimahol.
Shunday ekan, biz farzandlarimizni yer yuzining eng ishonchli yoshlari etib tarbiyalashimiz kerakmi?! Agar shu ishga hafsalamiz, irodamiz yetsagina, biz eng peshqadam millatlar qatoridan o‘rin olishimiz mumkin. Ishonishning otasi – aql, onasi – yurak. Ishonch insonning fikrida sodir bo‘ladi, so‘ngra til va xatti-harakat orqali amalga ko‘chadi. Shuning uchun sharq mutafakkirlari darg‘alari aql tarbiyasini muallimlar vijdoniga yuklangan muqaddas vazifa, deb ta’kidlab kelgan.
Pedagogika va psixologiya o‘z usullarini yo‘q narsadan yaratmaydi, ularni o‘ylab topmaydi. U hayotdan kishilar hulq-atvorining real omillarini, o‘quvchilar hayotini psixologik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi, tarbiyaviy ishda psixologik ta’sir ko‘rsatish usullari sifati­da foydalanadi. Psixologik ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iboratdir. Bu vositalar mijoz shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantiradi, ularning qiyin va murakkab vazifalarini quvonch ijodiy zavq-shavq manbaiga, ularning shaxsiy muddaolariga aylanadi.
Har bir kishi mehnat faoliyatining shakl va uslublarini o‘rganish uchun bir necha yillar vaqtini sarflaydi, sir asrorlarini, takomillashtirish yo‘l - yo‘riqlarini izlaydi. Xuddi shunday dunyoni bilish, unda yuz berayotgan voqea va xodisalarning ilmiy nazariy asoslarini o‘rganish uchun ham tizimli, rejali vaqt sarflanadi.
Biroq insonlararo muomala, muloqotga maxsus o‘rgatiladigan maktablar bizda afsus yo‘q. Albatta inson oilada, mehnat faoliyati jarayonida, bilish faoliyati davomida muomala-muloqot malaka va ko‘nikmalarini egallaydi. Lekin muloqot – muomala murakkab nozik jarayon bo‘lganligidan uning ilmiy nazariy asoslarini, muomala, muloqot san’atini egallash sir asrorlarini o‘rganish uchun bular albatta yetarli bo‘lmaydi.
Muomala - muloqat insoniyatga in’om etilgan eng oliy ne’matdir. U har bir kasb egasi mehnat faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin shunday kasblar borki, ular uchun muomala muloqot kasbiy zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday kasb egalari mehnat faoliyatining muhim va asosiy jixatlari mazmun, moxiyati muomala – muloqot asosiga quriladi, ular o‘z faoliyatini muloqotsiz tasavvur ham qila olmaydilar.
Psixolog uchun muomalaning ilmiy-nazariy asoslarini egallash, shaxslararo hamkorlik munosabatlarini shakllantirish, o‘quvchiga ta’sir o‘tkaza olishning bilim, malaka va ko‘nikmalarini egallash o‘ta muhimdir. Psixolog kasbida esa– muloqot shaxslararo munosabat vositasi sifatida emas, balki funksional kategoriya sifatida qaralmog‘i lozim.
Shaxslararo munosabatlarning ilmiy – nazariy asoslari, eng muhim mexanizmlari umumiy psixologiya fanining kategoriyalari orqali o‘rganiladi. Muomala kategoriyasi ana shu kategoriyalardan biri bo‘lib, u hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettirib, ijtimoiy protsessual jabhasini ifodalaydi. Muomala ijtimoiy psixologik jarayon sifatida bir tomonlama axborot uzatish, ikki tomonlama o‘zaro ta’sir etish, o‘zaro bir – birini idrok etish orqali amalga oshiriladi. Muomalaning bu asosiy uchta kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish,), interaktiv (ikki tomonlama o‘zaro ta’sir etish), o‘zaro bir - birini idrok etish kabi) tarkibiy qismlari yaxlit birlikda hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usuli va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari tariqasida namoyon bo‘ladi. O‘zaro, samimiy, do‘stona munosabatlar asosida muloqot maqsadiga yondashish, inisiativani qo‘llab quvvatlash, muloqotdan ko‘zda tutilgan maqsadni shart – sharoitlarga maqsadli moslay olish malakalari psixologning ta’sir doirasini oshirgan holda, muvaffaqiyat garovi bo‘lib xizmat qiladi.
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir - birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr - g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish