Мавзу: мактабда кичик гуруҳларга психологик хизмат кўрсатиш муаммолари



Download 192 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2022
Hajmi192 Kb.
#684591
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI

Yangi o‘quv tartibi bilan bog‘lik bo‘lgan qiyinchiliklar.
1. Bunday qiyinchilik ko‘prok maktabgacha tarbiya muassasalariga bormagan bolalar uchun xosdir.
2. Bolaning sinf jamoasiga moslashuvdagi qiyinchilik. Bu holat bolalar jamoalariga yetarli darajada ishtirok etmaganlarida ko‘prok uchraydi.
3. O‘qituvchi bilan o‘quvchi munosabatlarida yuzaga keladigan qiyinchiliklar.
4. Bolaning oilaviy sharoiti o‘zgarishi bilan bog‘lik bo‘lgan qiynchiliklar.
Bu qiyinchiliklar bola rivojlanishning yangi ijtimoiy sharoitlarida asta - sekin o‘z ifodasini topadi. Psixologlar maktabdan psixogen buzilishi bolalar sinfda o‘qishdagi qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlaridan biri deb ko‘rsatadilar.
(Ruhiy omillar) ta’siri ostida kelib chiqadigan kasallik psixogen kasalligidir. Mazkur kasallik bolaning maktabda, oilada obyektiv va subyektiv mavqeining buzilishida ta’lim tarbiya jarayonining qiyinlashuvi hamda uning shaxsda psixogenning tarkib topishida namoyon buladi. Ta’limdagi kiyinchiliklarning aloxida olingan sabablaridan kelib chiqib ularni tahlil qilish " Uddalanilmayotgan" materiallarni masalan, yozuv yoki o‘qishni bosh asos qilib olish keyin esa ularni keltirib chiqarayotgan omillarni ko‘rib chiqish mumkin. Asosiy murakkablik shundaki, bir xil qiyinchilikning sababi turli iboralarda turlicha bo‘lishi mumkin. Bolaga yondashishning eng maqsadga muvofik yo‘li bu ta’limning turli bosqichlarda ro‘y beruvchi qiyinchiliklarda bolaning funksional holatini va rivojlanishning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishdan iboratdir. O‘qituvchi bolalarda uchraydigan har qanday qiyinchilikni uning o‘zlashtirishi bilan bog‘laydi. Bunda bolani baholash odatdagidek o‘ziga xos shaklda bo‘ladi, a’lochi demak, yaxshi o‘quvchi, olsa yomon o‘quvchi. Mazkur shaklda xos choralar ko‘rilgan. Masalan, maktabda yomon o‘zlashtirgan o‘quvchining ota - onasi chaqirtiriladi, g‘azablangan o‘qituvchi ularga o‘z farzandlariga yomon qarayotganliklarini, yomon tarbiya berayotganliklarini ular bilan kam shug‘ullanayotganliklarini aytib noliydi. Yana ham achinarlisi o‘qituvchi sinf oldida yuqori ovoz bilan bolani siqadi va kamsitadi. Ko‘pchilik xatoni eng tajribali o‘qituvchilar ham o‘zlashtirmasligi sababini o‘quvchining dangasaligi, noshudligi, tarbiyasizligi bilan baxolashga urinadilar. O‘qituvchi o‘zlashtirmaslikning haqiqiy sabablari to‘g‘risida kamdan kam o‘ylaydi va tabiiyki, uni bartaraf qilishning o‘ziga xos chora tadbirlarini izlaydi. Shuning uchun quyida maktab psixologining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan psixologik tuzatish ishlarininng ayrim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Shunga muvofiq, amaliyotchi-psixologlar tayyorlash muammosi bugungi kunda Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan hal qilinishi lozim bo‘lgan eng dolzarb, muammo bo‘lib turibdi. Albatta, mazkur muammoni bartaraf etish yo‘lida talaygina ishlar qilinmoqda. Masalan, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Andijonda va Samarqandda maxsus tashkil etilgan amaliyotchi-psixolog tayyorlov kurslari, maktabda amaliyotchi-psixolog shtatining joriy qilinganligi va unga jiddiy e’tibor berib borilayotganligi kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Lekin, tadqiqotchi sifatida bizni masalaning boshqa tomoni ya’ni amaliyotchi psixologlar tayyorlashning bugungi dunyoviy ta’lim sivilizatsiyasi talablariga har jihatdan javob bera oluvchi ilmiy - tashkiliy jihatlarini o‘rganish, tahlil qilish va takomillashtirish jarayoni ko‘proq qiziqtiradi va shu ijtimoiy jarayon bilan bog‘liq barcha xususiyatlarni tadqiq qilishni asosiy maqsad qilib oldik.
Dastlabki tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatayaptiki, O‘zbekistonda amaliyotchi-psixologlar tayyorlash muammosi juda keng va ko‘p qamrovli muammo bo‘lib, bugungi kunda qismangina hal qilingan xolos, ya’ni, Respublikada amaliyotchi-psixologlar tayyorlash hakida Nizomning tasdiqlanishi (1996 yil 5 aprel) va mazkur Nizom asosida bugungi kundada atigi 5 viloyatdagina (Toshkent, Buxoro, Andijon, Navoiy, Samarqand) amaliyotchi - psixologlar tayyorlash amalga oshirilayapti. Lekin, masalaning boshqa ilmiy-tashkiliy tomonlari hanuzgacha hal qilinmagan. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Amaliyotchi-psixologlar tayyorlashning Respublika miqyosidagi yagona ilmiy-amaliy o‘quv dasturi va standart mezonlari ishlab chiqilmagan.
2. Amaliyotchi-psixolog kursiga qabul qilish mezonlari ijtimoiy va ilmiy-tashkiliy asoslar bilan to‘liq mustahkamlanmagan.
3. Amaliyotchi-psixologlar tayyorlash tizimining samaradorligini o‘rganish, tahlil qilish va tegishli ilmiy-tashkiliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish rejasi tuzilmagan.
4. Amaliyotchi-psixologlar tayyorlash halq ta’limi tizimining davlat buyurtmasiga to‘liq kiritilmagan.
5. Amaliyotchi-psixologlar tayyorlash sifatini nazorat qilib boruvchi maxsus Davlat tashkiloti ta’sis etilmagan. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga jiddiy diqqat e’tiborni qaratish lozim, deb o‘ylaymiz.
1. Amaliyotchi - psixologlar tayyorlash kursini tashkil etishga mo‘ljallangan yagona o‘quv dasturini tuzish va uni barcha o‘quv yurtlarida joriy etish.
2. Amaliyotchi - psixologlar tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq qator tajribalarimiz shuni ko‘rsatdiki, mazkur kursga tinglovchilar qabul qilishning ijtimoiy va ilmiy-tashkiliy talablariga javob bera oluvchi standart mezonlarni ishlab chiqish va shu mezonlar asosidagina "amaliyotchi-psixolog" kursiga qabul qilish, Bunda, asosan, ish (pedagogik faoliyat) tajribasining kamida 5 yil bo‘lishi; pedagogik bilim (pedagogik jarayonni tahlil qila olish ) saviyasining o‘rtachadan yuqori darajada bo‘lishi; umumiy psixologik bilim va tasavvurning o‘rtachadan yuqori darajada bo‘lishi; kasbga qiziqishi, iqtidori va xohishining o‘rtachadan past bo‘lmasligi; yoshning chegaralanishi (27- 40- 45- yoshgacha); shaxsiy sifatlarning talab darajasida bo‘lishi kabi mezonlarga rioya qilinishi lozim.
Tinglovchilarni mazkur mezonlar asosida qabul qilish 1-dan kasbga va kursga nisbatan mas’uliyatni oshirsa, 2-dan esa mo‘ljallangan o‘quv dasturini tezroq va samaraliroq o‘zlashtirish imkonini beradi. Chunki, juda qisqa vaqt (5-7-9 oy ) mobaynida juda ko‘p psixologik bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Fundamiental bilim, tajriba va malakaga ega bo‘lmagan tinglovchi esa buning uddasidan chiqa olmaydi, aniqrog‘i, "igna bilan quduq qazadi". Afsuski, bugungi kunda maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi - psixologlar orasida bundaylar mutlaqo yo‘q, deb hozircha ayta olmaymiz. Bu esa psixologik muhofaza vositasi bo‘lgan psixologik xizmatni endigina kamol topib borayotgan ijtimoiy maqsadiga, mohiyatiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston psixologlari esa bunga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Tadqiqot davomida mazkur qarorlarning va tadbirlarning maqsadidan kelib chiqib va shularga asoslanib O‘zbekistonda psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirishning dastlabki bosqichi quyidagi 7 yo‘nalishlar asosida amalga oshirilishi mumkin, degan xulosaga keldik:
1. Ta’lim tizimi muassasalarida psixologik xizmat;
2. Mehnat jamoalarida psixologik xizmat;
3.Oilaviy hayotni tashkil etish tizimi muassasalarida psixologik xizmat;
4. Transport muassasalarida psixologik xizmat;
5. Sog‘likni saqlash tizimi muassasalarida psixologik xizmat;
6. Ichki ishlar, huquq- tartibot tizimi muassasalarida psixologik xizmat;
7. Sport muassasalarida psixologik xizmat.
Demak, bugungi kunda mazkur 7 yo‘nalish bo‘yicha shaxs psixologiyasi va jamiyat uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy psixologik tadbirlar baholi qudrat amalga oshirilmoqda. Bu esa eng birinchi navbatda mazkur yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarning o‘z- o‘zini anglash, bilish va rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlardan keng ko‘lamda foydalana olishlariga, ya’ni ularning faoliyatida kamroq muvaffaqiyatsizlikka uchrashlariga va ko‘proq samarali mehnat qila olishlariga benihoya yordam beradi.


  1. Download 192 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish