MAVZU: PSIXOLOGIK XIZMATNING MEYORIY HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
Kirish
1. Psixologik xizmat ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari
2. Amaliyotchi psixolog faoliyatining o`ziga xos psixologik xususiyatlari
3. Psixolog faoliyatining o`ziga xos ijtimoiy-huquqiy jihatlari
4. Amaliyotchi psixolog faoliyatida ta’sir ko‘rsatishning usul va vositalari
KIRISH
Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko`tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, psixologik va ma`naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot bilan uzviy bog`ladi. Bundan esa har bir shaxsning o`z mukammalligi, o`zini bilishi, boshqalarni anglashi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Zero, bu jarayonda eng avvalo ta`lim-tarbiya tizimi, uning mazmun-mohiyati, ta`lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi psixologik tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o`sib kelayotgan yosh avlod muammolariga bag`ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida ma`naviy komponentning o`rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ma`naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog`lom e`tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo`lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Prezidentimiz yosh avlod tarbiyasi borasida fikr yuritar ekanlar: “...barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan sog`lom qilib o`stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko`rish, dunyoda hech kimdan kam bo`lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”1, deb alohida e`tirof etadilar.
Agar biz O`zbekiston kelajagi, taqdiriga o`zimizning javobgar ekanligimizni his etsak, har birimiz uning taraqqiyoti vositasi bo`lmish yosh avlodni tarbiyalash masalalarini chuqur egallamog`imiz, yangicha tafakkur asosida yashashni o`z burchimiz deb bilmog`imiz kerak. Boshqacha qilib aytganda, yosh avlodni to`g`ri tarbiyalash, ularda to`g`ri munosabatni shakllantirish, ularning ruhan tetik shaxs sifatida rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish zarurati bosh maqsadlarimizdan biridir.
Respublikamizda o‘ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs va uning ijtiomiy muhit bilan bog‘liq o‘ziga xos psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos tarbiyaviy ta’sir etish juda mushkuldir. Tabiiyki, bu holat psixologlar zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi. Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |