Mavzu: Maktab hududini ko'kalamzorlashtirish Reja: Kirish
Maktab hududini bog'dorchilik va obodonlashtirishr.
Har yili maktab yangi o'quv yiliga tayyorgarlik
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Qoidalar aholi punktlari hududlarini va turar joylar oralig‘idagi hududlarni obodonlashtirish (keyingi o‘rinlarda obodonlashtirish deb ataladi) ishlarini tashkil etish, olib borish, moliyalashtirish, shuningdek ularning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalanilgan:
obodonlashtirish — aholi hayoti uchun qulay va madaniy shart-sharoitlarini yaratish maqsadida hududlarni muhandislik jihatidan tayyorlash, yo‘llar qurish, hududlarni tozalash, zaxini qochirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish, mikroiqlimni yaxshilash, havo havzasi, ochiq suv havzalari va tuproqni ifloslanishdan himoya qilish, u yoki bu hududni qurilish uchun yaroqli holga keltirish va belgilangan maqsadda normal foydalanish, amalga oshiriladigan shovqinlar darajasini kamaytirish ishlarining yig‘indisi;
obodonlashtirish obyektlari — ko‘chalar, aylanma ko‘chalar, yo‘llar, markaziy maydonlar, yo‘lkalar, ko‘priklar, tunnellar, yo‘lovchilar o‘tadigan yer osti yo‘llari, favvoralar, ariqlar, kanallar, daryolar, ko‘llar va boshqa suv havzalarining qirg‘oqlari, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini va hordiq chiqarishini qondirish uchun foydalaniladigan obyektlar (madaniyat va istirohat bog‘lari, o‘rmon massivlari, bog‘lar, bulvarlar, xiyobonlar), tashqi yoritish, reklama pannolari, yo‘l ko‘rsatkichlari, portallar, peshlavhalar, drenaj (drenajning vertikal, yopiq va ochiq gorizontal, yopiq kollektori), irrigatsiya novlari tarmoqlari, tashqi yoritish tarmoqlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |