Mavzu: Makroiqtisodiyotni fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi Reja: Kirish. I-bob makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslubiy asoslari



Download 73,09 Kb.
bet8/12
Sana06.07.2022
Hajmi73,09 Kb.
#751969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
DILSHOT AKAMGA TAYYOR Mavzu Makroiqtisodiyotni fan sifatida shakllanishi va rivojlani

Yalpi va sof agregatlar. MHTda «yalpi mahsulot» va «sof mahsulot» tushunchalari mavjud. Umumiy ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun barcha korxonalar ishlab chiqarishi hajmini qo‘shish mumkin. Masalan, fermer tomonidan. |yetishtirilgan bug‘doyning qiymatini, tegirmonchilar tomonidan ishlab chiqarilgan uning qiymatiga va nowoy yopgan nonning qiymatiga qo‘shish mumkin. Ushbu misolda g‘allaning qiymati ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida uch marta hisobga olingan. Bunday ko‘p martali hisoblashning oldini olish uchun MHTda faqat yakuniy mahsulot hisobga olinadi. Bunga barcha ishlab chiqarish birliklari mahsulotini qo‘shish va oraliq iste’mol sifatida ma’lum boigan boshqa firmalardan amalga oshirilgan barcha xaridlar summasini chegirma qilish yo‘li bilan erishiladi.
Shu yo‘l bilan olinadigan kattalik qo‘shilgan qiymat deb nomlanadi. U muayyan davrdagi ishlab chiqarish umumiy hajmining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda ichki mahsulot sof ko‘rinishda ifodalanishi kerak. Buning o‘miga YalM tushunchasidan foydalaniladi, bu hoi amortizatsiyani hisoblashning murakkabligi bilan izohlanadi.
MHTdagi bir qator boshqa iqtisodiy o‘zgaruvchanlami ko‘rib chiqishda «yalpi» va «sof» atamalari ushbu o‘zgaruvchanlarga amortizatsiya summasi kiritilgan-kiritilmaganligini ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlarda ham qo‘llaniladi. Masalan, «yalpi kapital qo‘yilmalar» «sof kapital qo‘yilmalar»dan tegishli davr uchun amortizatsiya miqdoriga farq qiladi. «Yalpi jamg‘armalar» bilan «sof jamg‘armalar» o‘rtasidagi farq haqida ham shunday deyish mumkin. Biroq boshqa makroiqtisodiy hisobvaraqlami ko‘rib chiqishda «yalpi» va «sof» atamalari mutlaqo boshqa ma’noga ega boiishi mumkin. Masalan, «sof import» import bilan eksport o‘rtasidagi farqqa teng, «sof tashqi aktivlar» esa tashqi passivlar chegirma qilingan holda tashqi aktivlarga teng.
Omil xarajatlar va bozor narxlari. YalMni hisoblashda barcha korxonalar tomonidan yaratilgan qo‘shilgan qiymat ularning mahsuloti tovarlar yoki xizmatlar bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, jamlanadi. Korxonalar tomonidan davlatga to‘lanadigan soliqlar (mas? Ian, «bilvosita soliqlar» deb nomianuvchi sotishdan olinadigan soliq va qo‘shilgan qiymat solig‘i) avtomatik tarzda qo‘shilgan qiymat tarkibiga kiritilmaydi. Agar qo‘shilgan qiymat bilvosita soliqlarni o‘z ichiga olmasa va barcha ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratilgan qo‘shilgan qiymatning umumiy miqdori olinsa, u holda mahsulot barcha daromadlar qiymatiga tenglashtiriladi. Mazkur fikr «faktoriy qiymat bo‘yicha mahsulot» nomini oldi. Agarda bilvosita soliqlar yalpi to‘lovlari barcha ishlab chiqarish omillaridan olinadigan daromadlar umumiy miqdoriga qo‘shilsa, u holda olingan agregat «bozor narxi bo‘yicha mahsulot» nomini oigan. «Bozor narxi» atamasi barcha bilvosita soliqlami o‘z ichiga oluvchi narxni anglatadi.
Korxona tomonidan qandaydir davlat organidan subsidiya olinishi faktoriy daromadlar bilan ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida farqning paydo bo‘lishiga olib keladi. MHTda,bozor qiymati bo‘yicha YalM olish uchun faktoriy qiymat bo‘yicha YalMdan beriladigan subsidiyalami chiqarib tashlash lozim. Shunday qilib, qarama-qarshi belgilarga ega boigan va o‘zaro qoplanadigan farqlar yuzaga keladi: korxonalar tomonidan to‘langan bilvosita soliqlar va korxonalar tomonidan davlatdan olingan subsidiyalar.
Transfertlar - shunday to‘lovlar jumlasiga kiradiki, ulami amalga oshirishda hech qanday almashish yoki hech qanaqa majburiyatlar yuzaga kelmaydi. Transfertlarga chet elda ishlovchi fuqarolar tomonidan jamg‘armalar repatriatsiyasi (ulaming ona diyori uchun ijobiy oqim), shuningdek, emigrantlaming sovg'alari, pul o‘tkazmalari, xayriya tashkilotlari tomonidan yordam tariqasida va xorijiy davlatlar tomonidan iqtisodiy yordam tariqasida beriladigan mablag‘lar. Transfertlar ichki iqtisodiyot ishlab chiqarishining bir qismi ekanligi bois, ular ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko‘rsatkichlariga kiritilmaydi. Ayni paytda sof transfertlar baribir ushbu davrda mamlakat iqtisodiyotining ixtiyorida bo‘lgan va ulardan iqtisodiyot yakuniy iste’mol yoki yalpi jamg‘armalar uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan umumiy daromadni oshiradi yoki kamaytiradi.
Yalpi milliy daromad va chet eldan transfertlar summalarini aks ettirish uchun tasarrufdagi yalpi milliy daromad tushunchasi qo‘llaniladi. Sof transfertlar manfiy bo‘lishi (transfertlar to‘lovlari transfertlar tushumlaridan yuqori bo‘lishi), tasarrufdagi yalpi milliy daromad miqdori yalpi milliy mahsulot miqdoridan kam bo‘lishi mumkin.
Nominal va real ko‘rsatkichlar. Joriy davr narxlarida o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar nominal ko‘rsatkichlar deb nomlanadi; real ko‘rsatkichlar - bu bazaviy davr narxlarida o‘lchanadigan ko‘rsatkichlardir. Qandaydir yil uchun nominal YalM o‘sha yil uchun tovarlar va xizmatlami yakuniy ishlab chiqarish hajmiga teng. Real YalM yakuniy tovarlar va xizmatlaming o‘sha miqdorini anglatadi, lekin ulaming qiymati bunda bazaviy yil o‘zgarmas narxlarida o‘lchanadi. Nominal YalMning o‘zgarishlari narxlar yoki hajmning o‘zgarishi hamda ushbu ikkala omilning ham bir vaqtning o‘zida o‘zgarishi tufayli yuz berishi mumkin. Real YalMning o‘zgarishlari faqat yakuniy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini aks ettiradi.
Bazaviy yil bilan solishtirilganda narxlar o‘rtacha darajasining o‘zgarishini nominal YalMni real YalMga bo‘lish yo‘li bilan o‘lchash mumkin. Ushbu koeffitsiyent YalMning nomuayyan narx deflyatori deb nomlanadi. Bazaviy yilda nomuayyan deflyator qiymati 1,0 ga (yoki, agar koeffitsiyent foizlarda ifodalangan bo‘lsa 100 ga) teng. 0 ‘tgan yil bilan solishtirilganda YalM deflyatorining u yoki bu yildagi o‘rtacha miqdorini o‘lchash mamlakatda inflatsiyaning umumiy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Tovarlar va xizm atlar. MHT doirasida har bir ishlab chiqarish birligi u tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishidan qat’i nazar kiritiladigan resurslardan foydalanadi, mahsulot ishlab chiqaradi va qo‘shilgan qiymatni yaratadi, deb hisoblash qabul qilingan. Barcha ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratiladigan qo‘shilgan qiymat jamlanadi, YalMga hamma vaqt xizmatlar sohasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat ham qo‘shiladi. Har bir turdagi mahsulotning qiymati bozorda olish mumkin bo‘lgan narx yoki tartibga solinadigan narx bilan oMchanadi, bu (masalan, telefon xizmatlari uchun) «tabiiy» monopoliyalar holatida o‘rin tutadi. Davlat boshqaruvi sektorida uning mahsulotining qiymati barcha kiritiladigan omillar qiymati bilan, ya’ni davlat sektorida ish haqining umumiy summasi bilan o‘lchanadi.


Download 73,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish