II-BOB Makroiqtisodiy taxlil va prognozlashning axborot ta’minoti.
2.1 Ijtim oiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi - mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi - umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalami hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Quyida eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlami va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq- likning asosiy turlarini, shuningdek, bozor va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda inflatsiya, bandlik, ishsizlik, real ish haqi darajasini o‘lchash va tahlil qilish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ushbular esa ayni paytda axborot obyektlari hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq sektorlar va tarmoqlaming murakkab yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Uning eng muhim tavsiflari - tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi, inflatsiya va iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bandlik, ishsizlik va daromad darajalari. Ushbu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ulaming o‘zgarishi haqidagi axborot milliy hisobvaraqlar tizimida to‘liq aks ettirilgan. Makroko‘rsatkichlar tahlil va prognozlash uchun asosiy axborot obyekti hisoblanadi.
2.2 Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot obyekti sifatida
Milliy hisoblar tizimi (MHT) makroiqtisodiy ma’lumotlarga ishlov berish va ulami makroiqtisodiy tahlil maqsadlari uchun tizimlashtirilgan ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini amalga oshirishda zarur bo'lgan axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan bazani o‘zida namoyon etadi. Milliy hisoblar tizimi - muayyan davrda real ishlab chiqarish hajmini va barcha asosiy sektorlar hamda ishlab chiqarish omillarining mamlakat umumiy ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi turli faoliyat turlarini hisobga oluvchi statistika tizimi. Ta’kidlash lozimki, MHTning makroiqtisodiy tahlil uchun o‘ta muhim ahamiyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1. MHT makroiqtisodiy tahlil uchun zarur baza hisoblanib, o‘zining ancha moslashuvchanligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mamlakatlar uchun hisob- kitoblami amalga oshirish uchun manba boiib xizmat qiladi hamda tahlil va prognoz uchun axborot bazasi hisoblanadi.
2. MHT nafaqat muayyan davrda, balki dinamikada ham (muayyan vaqt qatori mobaynida) eng muhim makroiqtisodiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi) harakatini kuzatish imkonini beruvchi tizimni о‘zida namoyon etadi.
3. MHT — xalqaro taqqoslashlar uchun eng muhim axborot manbai hisoblanadi, chrnki xalqaro tashkilotlarga milliy hisobvaraqlar bo‘yicha ma’lumotlami, xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’riflar va tasniflarni taqdim etishda foydalaniladi. Ushbu m a’lumotlar ko'plab holatlarda, masalan, imtiyozli yordam olish huquqini belgilashda, XVFga a’zo mamlakatlar kvotalarini hisoblab chiqishda, shuningdek, turli mamlakatlar milliy hisoblarini taqqoslashni amalga oshirish imkonini beradi.
Bunday taqqoslashlar ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichlarini umumiy valutaga aylantirishni talab qiladi. Milliy valutalarda ifodalangan YalM haqidagi maTumotlarni qayta hisoblash ko‘pincha bozor ayirboshlash kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar bozor (yoki rasmiy) ayirboshlash kurslari (YalM darajasida) qiyoslanadigan tovarlar va xizmatlar o‘rtacha chamalangan narxlarining nisbatlariga teng bo‘lsa, bunday qayta hisoblash maqbul bo‘ladi, ushbu o‘zaro bog‘liqlik xarid qobiliyati pariteti (XQP) deb nomlanadi. Biroq bozor ayirboshlash kurslari uzoq davrlar mobaynida XQPdan katta farq qilib, YalM vaznlaridagi siljishga, demak, taqqoslashlar chog‘idagi muntazam xatoga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xalqaro taqqoslashlar chog‘idagi muntazam xatoning miqdorini cheklash imkoflini beruvchi muqobil metodikalar ishlab chiqilgan.
MHTga muvofiq iqtisodiyot aktivlarga ega bo‘lib, majburiyatlarni qo'lga kiritishga qodir bo‘lgan va boshqa iqtisodiy birliklar bilan iqtisodiy bitimlami tuzuvchi iqtisodiy agentlaming institutsional birliklaridan tarkib topgan. MHT milliy iqtisodiyotni tashqi dunyodan rezidentlik mansublik tamoyili bo‘yicha ajratib turadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hatto ular chet elda faoliyat olib borgan taqdirda ham, o‘z mamlakatining rezidenti sifatida qabul qilinadi. Shunday qilib, mamlakatning o‘z hududidan tashqarida joylashgan elchixonalari, shuningdek, ushbu mamlakatning mazkur elchiionalarga ishga yuborilgan fuqarolari ushbu xodimlaming uy xo‘jaliklari joylashgan mamlakatning rezidentlari hisoblanadi.
Milliy hisoblar tizimi bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bir necha o‘nlab yildan buyon foydalanilmoqda. Ilgari markazlashgan rejalashtirish qo‘llanilgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning yakuniy hajmini o‘lchash uchun boshqa tizim - moddiy mahsulot tizimi (MMT) ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida ishlab chiqarish umumiy hajmining ko‘rsatkichi bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning sof mahsuloti (MIChSM) xizmat qilgan.
MIChSM tarmoqlararo balans (xarajatlar - ishlab chiqarish jadvallari)ning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanib, u asosida markazlashtirilgan reja tuziladi. MIChSM va YalM o‘rtasidagi farq asosan shundan iboratki, MIChSM doirasida amortizatsiya va nomoddiy xizmatlar sektori qo‘shilgan qiymatining katta qismi (masalan, davlat xizmatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar) hisobga olinmaydi; MIChSMga faqat tashish, saqlash va sotish kabi moddiy ishlab chiqarish mahsulotlarini taqsimlash bilan bogliq xizmatlar kiritilardi. Bunday xizmatlar moddiy ishlab chiqarish jarayonining «davomi» sifatida ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, nomuayyan ko‘rinishda MIChSMga ishlab chiqarish jarayonida kiritiladigan resurslar sifatida foydalaniladigan nomoddiy xizmatlar kiritildi, chunki ularga ishlab chiqarish xarajatlar sifatida qaralmadi, demak, keyinchalik MIChSMdan chegirib tashlanmasdi. Ayni paytda markazlashtirilgan rejalashtirishni qo‘llagan turli mamlakatlarda nomoddiy xizmatlar jumlasiga aynan qanaqa xizmatlar kiritilishi kerakligiga nisbatan yondashuv amaliyotda farq qiladi. MIChSM asosida YalM olish uchun unga amortizatsiyani va barcha nomoddiy xizmatlar qo'shilgan qiymati umumiy summasini, shu jumladan, davlat boshqarirvi organlari tomonidan qo‘shilgan qiymatni qo‘shish va ikki marta hisoblashning oldini olish maqsadida undan ishlab chiqarish jarayonida kiritiladigan resurslar sifatida foydalaniladigan nomoddiy xizmatlar summasini chiqarib tashlash lozim. Bunday tuzatishlar natijasida olingan YaIM miqdori ko‘pincha MIChSM ko‘rsatkichga qaraganda 20-30 foizga yuqori bo‘lardi.
• MHT doirasida makroiqtisodiy tahlilda muhim rol o‘ynovchi makroiqtisodiy ko‘rsatkiclilar ta’riflari mavjud. Quyida ulaming eag asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Yalpi ishlab chiqarish hajmi mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar qiymatini o‘zida namoyon etadi. Ushbu konsepsiyadan foydalanish ikki marta hisoblash bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, g‘allaning qiymati ikki marta hisobga olinishi mumkin: dastlab undan non ishlab chiqarishda foydalanishda, so‘ngra esa nonning narxi ko‘rinishida.
Qo‘snilgan qiymat - bu oraliq iste’mol qiymati chegirma qilingan ishlab chiqarish yalpi hajmining qiymati. Iqtisodchilar qo‘shilgan qiymatdan mamlakatda ishlab chiqarish hajmini o‘lchash uchun foydalaniladi. Bozor va nobozor ishlab chiqarishi mavjud. Nobozor ishlab chiqarishiga shaxsiy iste’moli uchun ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar, masalan, yordamchi xo‘jalikni yuritish va o‘z iiy-joyida istiqomat qilish kiradi.
Iste’mol ikki turga bo‘linadi: oraliq va yakuniy. Oraliq iste’mol ishlab chiqarish resurslariga, yakuniy iste’mol esa ham import qilinadigan, ham mamlakat ichida ishlab chiqarilib, aholi va davlat sektori tomonidan foydalaniladigan tovarlar va xizmatlarga taalluqli.
Yalpi ichki mahsulot iqtisodiyotning barcha sektorlarida ishlab chiqarilgan qo‘shilgan qiymat summasi sifatida aniqlanadi. YaIM ushbu mamlakat hududida. ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatining o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Investitsiyalar (yalpi kapital hosil qilish) makroiqtisodiy nuqtayi nazardan iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar jismoniy hajmining ko‘payishi sifatida aniqlanadi.
Shuningdek, ushbu tushuncha joriy yilda ishlab chiqarilgan, biroq iste’mol uchun hali foydalanilmagan tovarlar hajmi sifatida ham ta’riflanadi, ya’ni investitsiyalar makroiqtisodiy nuqtayi nazardan uskunalarni, ko'chmas mulkni tayyorlashni hamda tovar-moddiy zaxiralar o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Mazkur tushunchaga faqat tayjor tovarlar va ishlab chiqarish jarayonida turgan tovarlar kiritiladi. Xomashyo va materiallar zaxiralari unga kirmaydi. Shunday qilib, oddiy tilda investitsiya deb nomlanuvchi aksiya yoki obligatsiyani xarid qilish makroiqtisodiyot nuqtayi nazaridan investitsiya emas, chunki bunday operatsiyalar faqat moliyaviy aktivlaming bir agentdan boshqasiga topshirilishiga taalluqli. So‘zning keng ma’nosida investitsiyalarga iqtisodiyotning tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatini oshiruvchi har qanday faoliyatni kiritish mumkin. Shu nuqtayi nazardan ta’limni inson kapitaliga kiritilgan investitsiya sifatida qabul qilish mumkin, chunki u ishchi kuchining tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatini oshiradi. Amortizatsiya tushunchasi investitsiyalaming sof va yalpi hajmini farqlash uchun qo‘llaniIadi, ba’zan esa amortizatsiya deb asosiy kapital iste’moliga aytiladi. Asosiy fondlar vaqt o‘tishi bilan eskirganligi bois, amortizatsiya yoki bu davrda to‘liq foydalanilgan kapitalni almashtirish qiymati investitsiyalar sof hajmini aniqlash uchun investitsiyalar yalpi hajmidan chiqarib tashlanadi. Ushbu nisbatni quyidagi ifoda ko'rinishida yozish mumkin: Investitsiyalar sof hajmi = investitsiyalar yalpi hajmi - amortizatsiya. Investitsiyalar sof hajmi investitsiyalar yalpi hajmiga qaraganda ishlab chiqarish quwatlari ortishining aniq o‘lchovi hisoblanadi. Tovarlar va xizmatlami import qilish qiymati chegirma qilingan holda tovarlar va xizmatlami eksport qilish qiymatiga teng boigan eksportning sof hajmi tashqi savdoning umumiy talabga ta’sirini o‘lchash uchun foydalaniladi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan umumiy talabning tarkibiy qismi hisoblangan eksportning sof hajmi YaIMni aniqlashda muhim rol o‘yrashi mumkin. Ba’zan umumiy ichki talab deb nomlanuvchi qondirilgan talab (A) - absorbsiya, umumiy yakuniy (xususiy va davlat) iste’-mol va investitsiyalar yalpi hajmi (I) summasi (S) sifatida aniqlanadi:
A = C + 1 (2.2.1)
Real sektomi tahlil qilishning asosiy vazifasi - kelajak uchun iqtisodiy o‘sish prognozini tuzish maqsadida narxlar, ish haqi, renta va foyda umumiy darajasining dinamikasini tahlil qilish yordamida tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish darajasini va inflatsiya sur’atini to‘g‘ri baholashdan iborat. Mazkur vazifani ha.1 etish uchun makroiqtisodiy agregatlar avnan qaysi ko‘rsatkich (yoki qaysi trend) prognoz qilinayotganligiga qarab turli usullar bilan taqdim etilishi mumkin. Shuning uchun MUT doirasida agregatlarni taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqish lozim.
Oqimlar va zaxiralar. MUT da muayyan davrda amdga oshirilgan iqtisodiy faoliyat, masalan, bir yilda ishlab chiqarilgan YalM aks ettiriladi.
Bunday turdagi statistik qatorlar yordamida «oqimlar», qandaydir vaqt ma’lumotlari yordamida esa «zaxiralar» o‘lchanadi.
Oqim - bu muayyan davr mobaynida, ya’ni vaqt birligida, masalan, oy, yilning choragi, yil va h.k. hisobida o ‘lchanadigan o‘zgaruvchan. Oqim o‘zgaruvchanlari iqtisodiy jarayonlaming vaqtga ko‘ra «kechishini» tavsiflaydi: bir yil mobaynida iste’mol xarajatlarining miqdori, yilning choragi mobaynida ishini yo‘qotganlar soni va h.k.
Zaxira - bu faqat muayyan vaqtda oMchanadigan va muayyan sana (masalan, yilning boshi yoki oxiri) holatiga ko'ra obyektnjng holatini tavsiflovchi o‘zgaruvchan. Ichki yoki tashqi qarz liajmi, ishsizlar umumiy soni, iqtisodiyotda kapital hajmi kabilar zaxiraga misol boMishi mumkin. Oqim va zaxira o‘zgaruvchanlari o‘zaro bog‘liq. Oqimlar zaxiralardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi: qator yillar mobaynida budjet taqchilliklarining to‘planishi davlat qarzining ortishiga olib keladi; kapital zaxirasining o'tgan yilning yakunidagi miqdori bilan solishtirilganda joriy yil oxirida uning o‘zgarishi bir yil mobaynidagi sof investitsiyalar oqimi sifatida taqdim etilishi mumkin. Masalan, 2004-yilning oxiri holatiga ko‘ra zaxiralar va 2005-yil mobaynidagi oqimlar 2005-yilning oxiri holatiga ko‘ra zaxiralarga tenglashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |