1.Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi,
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar.
3. Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflatsiyani quvib o‘tish maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz stavkalari (inflatsiya sur’atini hisobga olib o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz stavkalari) AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, Buyuk Britaniyaga qaraganda ko‘tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh 275 moliyaviy vositalarni qo‘yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‘payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli dollar qiymati o‘sganligini bildiradi.
5. Spekulyasiya. Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‘tarilishi to‘g‘risidagi prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi. O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Banklarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valuta zahiralari bir vaqtning o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin. Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lidir. Nominal va real valuta kurslari o‘zaro farqlanadi. Nominal valuta kursi valutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valuta kursi haqida fikr yuritdik. Real valuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir. 105 Real valuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi. Nominal va real valuta kurslari o‘rtasidagi nisbat quyidagi ko‘rinishga ega. Pd Er = En —————— Pt Bu yerda : Er – real valuta kursi; En - nominal valuta kursi ; Pd – milliy valutada ko‘rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); 105 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 150 276 Pt – xorijiy valutada ko‘rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi). Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valuta kursining ko‘tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to‘g‘risida guvohlik beradi. Pul nafaqat muomala yoki to‘lov vositasi, balki jamg‘arish vositasi ham hisoblanadi. Iflyasiya sharoitida jamg‘arish vositasi sifatida milliy valutadan emas, balki xorijiy valutadan foydalaniladi. Valuta bozori, depozitlar (qo‘yilmalar) va qimmatbaho qog‘ozlar bozori bilan bevosita aloqaga ega. Bunda asosan foiz me’yorlari asosiy ahamiyatga ega. Agarda, foiz me’yorlari baholar o‘sishini qoplasa, mijozlar esa moliya institutlariga ishonch hosil qilishsa, jamg‘arma bozori valuta bozoriga asosiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarning statistik kuzatishlaridan shu ma’lum bo‘lganki, depozitlar va qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar o‘sishi bilan, valuta bozorlariga iste’molchilar tomonidan bo‘ladigan ta’sir o‘zo‘zidan kamayadi. Sarmoyachilar qanday qilib bo‘lsa ham o‘zlarining vaqtincha bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va shuningdek, nafaqat o‘z resurslaridan, balki xorij aktivlaridan ham foydalanish yo‘llarini izlashadi. Chunki, jahon moliya bozorining asosiy qismini kapital aktivlar tashkil etadi. Agarda, depozit stavkalari oshsa, pul oqimi valuta kursining oshishiga olib keladi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ya’ni, ushbu mamlakat depozitiga o‘z sarmoyalarini qo‘yishni xohlovchilar uchun ularning valutalari foiz stavkalaridan keladigan foydadan ko‘ra qimmatliroq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |