Mavzu: Majburiy tibbiy sugúrta Bajardi: mm-78 guruh talabasi, Muzaffarov M



Download 12,52 Kb.
bet1/5
Sana18.01.2022
Hajmi12,52 Kb.
#385114
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Majburiy tibbiy sugúrta Bajardi mm 78 guruh talabasi, Mu hozir


Mavzu: Majburiy tibbiy sugúrta Bajardi: mm-78 guruh talabasi, Muzaffarov M

Mavzu: Majburiy tibbiy sugúrta

Bajardi: MM-78 guruh talabasi, Muzaffarov M.

Qabul qildi: Tursunov J.



Reja:

Mavzuga kirish

1.O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta joriy etilishi 2.Majburiy tibbiy sug’urtani moliyalashtirish.

3.“Shifokor bemorning sog‘lig‘iga qayg‘uradi, uning cho‘ntagiga emas”. Majburiy tibbiy sug‘urta afzalliklari,

4.Xalqaro tajriba

5Majburiy tibbiy sug‘urta joriy etishning qanday talablari bor?

Xulosa

Mavzuga kirish

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, dunyo aholisining deyarli yarmi eng kerakli tibbiy xizmatlar bilan to‘liq qamrab olinmagan. 800 milliondan ortiq aholi yoxud dunyo aholisining 12 foizi daromadlarining kamida 10 foizini sog‘liqni saqlash xarajatlariga sarflashadi.

 

Texnologik taraqqiyot tibbiyotdagi og‘riqli masalalarni hal qilayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab davlatlarda qashshoqlik aholi salomatligi darajasi ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymayapti. Natijada, ochlik va nosog‘lom yashash tarzi millionlab odamlar hayotini qiyinlashtirmoqda. Xo‘sh, muammoni bartaraf etish yo‘llari bormi?



 

Eng optimal yechimlardan biri majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilishdir. Bunda moliyaviy baquvvat bo‘lmagan aholining barcha qatlami ham to‘liq tibbiy xizmat bilan qamrab olinadi. Ammo sanoqli rivojlangan davlatlargina ushbu sug‘urta turini amaliyotga muvaffaqiyatli kiritgan. Chunki tizimni yo‘lga qo‘yish uchun tibbiyot butun mamlakat bo‘ylab bir xil darajada rivojlangan bo‘lishi talab etiladi, bundan tashqari bir qancha iqtisodiy-ijtimoiy omillar tibbiy sug‘urtani amaliyotga tanishtirishga xalaqit qiladi.

 

Tibbiy sug‘urta shunday imkoniyatki, u nafaqat aholi salomatligini kafolatlaydi, balki tibbiyotdagi og‘riqli masalalar (tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi, korrupsiya, byurokratizm, navbatda turish, kadrlar taqchilligi va boshqalar) ni ham ijobiy tomonga o‘zgartiroladi.



O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta joriy etilishi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida tibbiyotning turli tarmoqlari qatorida tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish borasida ham vazifalar belgilangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Videoselektorda tibbiyot sohasini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2025-yilgacha sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya loyihasini puxta ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda ham majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda vazirlik ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida tegishli milliy va xalqaro tashkilotlar, ilm-fan muassasalari, malakali ekspertlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Ushbu hamkorlik natijasida “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha 2019 yilgi Davlat dasturining 160-bandida aniq vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2019 yilning 1 iyulida Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini taqdim etishi lozim. 2018 yil 7 dekabridagi 5590-sonli Prezident farmonida majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilishi topshirig‘i berilgan. Vazirlik qoshida tashkil etilgan bo‘limda mana 6 oydan beri qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Unda 2021 yildan boshlab 2025 yilgacha majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy qilish ko‘zda tutilgan. Sug‘urtalash 3 bosqichda amalga oshiriladi:


Download 12,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish