Texnikaviy daraja - mahsulotni texnikaviy takomillashtirishning nisbiy tavsifi bo'lib, mana shu mahsulot turini takomillashtirishda fan-texnika yutuqlarini tavsiflovchi, mahsulot sifatini belgilovchi eng asosiy xossa-xususiyatlarining yig'indisiga aytiladi.
1 Illi I I I I I—I—I =►
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
2- rasm. Sifat ko'rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo'yicha taqqoslash.
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o'rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko'rsatkichini bazis namuna ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna - bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg'or yutuqlarini o'zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |