Ekspert usulida mahsulot sifat ko'rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya'ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi. Ekspert usuli yordamida boshqa usullarda aniqlab bo'lmaydigan ba'zi sifat ko'rsatkichlarini baholash mumkin. Bu usul ba'zi ergonometrik va estetik ko'rsatkichlarini baholashda qo'llaniladi.
Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste'molchilariga tayanadi. Iste'molchilarning fikri to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, so'roq qilish yoki maxsus so'roq anketalari orqali, ko'rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |