Bog'liq Mahoratli kurashchilarning texnik harakatlarini tezlikda amalga (1)
1.3. Kurashda xujum harakatlarini tayyorlash So`nggi paytlarda sport kurashi amaliyotida va adabiyotida «texnik-taktik maxorat» atamasi keng qo`llanilmokda. Sport kurashi texnikasi deganda tor ma`noda kurashchiga g’alaba keltiradigan xarakatlarni bajarishning eng oqilona uslublari tushunalidi. Bunda erkin kurashchilarning aloxida xususiyatlaridan kat`iy nazar, ularga xos bo`lgan biomexanik na fiziologik qonuniyatlarga tayanadigan xarakatlar texnika asosini tashkil qiladi (24, 36).
Sportda taktika deganda yuqori sport natijasiga erishish va raqib ustidan g’alaba qozonishning xamma usullari xamda shakllari tushuniladi. Taktika bir qator omillar majmuasidan tashkil topadi: tayyorgarlikning kuchli tomonlari va raqib kamchiliklaridan foydalanish, texnikani egallashdagi aloxida xususiyatlar, chalg’ituvchi xarakatlar bilan raqibni aldash, bellashuvdagi qulay vaziyatlarda ta`sirli usullarni qo`llash, kuchni tejamkorlik bilan sarflash, qoidalarda belgilangan imkoniyatlarni, gilam maydonini, o`zining morfologik xamda fiziologik qobiliyatlarini aniq yuzaga chiqarish va x.k. Yakkakurash sport turlarida, ayniqsa, erkin kurashda, texnika va taktika bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo`lib, ba’zi mutaxassislar kurashchi Xarakatlarini tabaqalashgan xolda ko`rib chiqishda qaysi bir xarakatlarni texnik qaysilarmni esa taktik xarakatga ajratishda bir xil fikrga ega emaslar. Aslida esa ular dinamik butunlikni tashkil etadi (21, 35).
Shaxsan texnik xarakatlar - bu boshqa xarakatlardan aloxida, ajratilgan, odatda uning yordamida galabaga erishiladigan, lekin kurashchining musobaqa jarayonidagi murakkab xarakatlari majmuasining faqat bir qismini tashkil etadigan va tugallangan xarakat tuzilmasidir.
Shaxsiy taktika - bu erkin kurashchining musobaqa jarayonidagi umumiy xatti-xarakatidir. Aloxida taktik xarakat ma`lum bir texnik xarakat bo`lib xam xisoblanadi. Masalan raqibni muvozanatdan chiqarish va xujum uchun qulay xarakat vaziyatni yaratishdan iborat taktik maqsadlarda bajariladigan siltash, itarish, xarakatlanishlar. Ular ma`lum bir texnik xarakatlar bo`lib (ular to`g’ri yoki noto`g’ri bajarilishi mumkin), xujumni tayyorlash usullari sifatida taktika maqsadlariga xizmat kiladi (12, 35).
Bir vaqtning o`zida maxsus texnik xarakatlar (usullar) taktik xarkatlarning asosiy turlari (xujum ximoya, qarshi xujum) bo`lishi mumkin. Keyinchalik texnik-taktik maxorat yoki texnik-taktik xarakat atamalaridan foydalanamiz.
Bunda texnik-taktik maxorat deganda yuqori toifadagi turli kurashchilarga xos bo`lgan xarakatlarni bajarishning asosiy qonuniyatlari, tamoyillari tushuniladi. Ushbu tamoyillar yuqori sport maxoratining o`ziga xos modelini andozasini yaratishga urinib ko`ramiz.
Ular qatoriga quyidagi tamoyillar kiradi: texnik-taktik maxorat va kurash qoidalarining o`zaro bog’likligi; texnik-taktik maxorat va kurashchi aloxida xususiyatlarining o`zaro bog’liqligini; optimal xajm, xujum xarakatlarining turliligi va samaradorligi; xujum xarakatlarining etakchi axamiyati; qulay dinamik vaziyat paytida xujumni bajarish; qulay dinamik vaziyatdan xujum kilish uchun foydalanishga tayyorgarlik; bosh va kompensator omillardan foydalanish; texnik-taktik maxoratning ilg’or va qoloq tomonlariga birga ta`sir ko`rsatish.
Malakali erkin kurash ustalarning sport tayyorgarligi tizimida aloxidalash tamoyili bajarilayotgan texnik-taktik xarakatlarning kurashchi aloxida xususiyatlariga qat’iy mos kelishini taqozo etadi. Texnik-taktik xarakatlar tuzilmasi uning morfologik xossalari, jismoniy rivojlanganligi, funktsional imkoniyatlari, ruxiy tayyorgarligiga javob berishi lozim. Sport morfologisi soxsidagi ilmiy tadqiqotlar (E.G.Martirosov, 1968 Yu.A.Morgunov, 1974) shuni aniqladiki gavdaning ma`lum bir total o`lchamlari va nisbatlariga ega bo`lgan erkin kurashchilar ba`zi usullarni muvaffaqiyatliroq bajaradilar. Masalan, bilaklar kancha uzunroq bo`lsa, bukuvchi va yozuvchi mushaklarning nisbiy kuchi shuncha kam bo`ladi. Son va oyoq qancha uzun bo`lsa, sonni bukuvchi va yozuvchi mushaklarning mutloq kuchi shuncha ko`p, nisbiy kuchi shuncha kam bo`ladi. SHu sababli extimol, oyoq-qo`llari kaltaroq bo`lgan erkin kurashchilar ko`tarishlarni osonroq bajaradi chunki ushbu xolda ish samarasi nisbiy kuch xajmiga bog’liq. Oyoq-qo`llari uzun bo`lgan erkin kurashchilarga raqibni gilamdan ko`tarmasdan xarakatlanish bilan bog’liq bo`lgan usullarni nomustaxkam muvozanat sharoitlaridan (qulay dinamik vaziyatdan) foydalangan xolda qo`llash qulayroqdir. Bundan tashqarii, uzun oyoq-qo`llar yo`l va tezlikdan yutishga imkon beradi. Shu bilan birga texnik-taktik imkoniyatlar kuch tayyorgarligining aloxida xususiyatlari bilan xam bog’liq. Raqibni erdan ko`tarish bilan bajariladigan texnik xarakatlarni orqani bukuvchi mushaklari yaxshi rivojlangan va nisbatan baland bo`lishi sportchilar amalga oshirishi mumkin.
Sportchining aloxida xususiyatlariga muvofiq bo`lgan texnik-taktik xarakatlarni qo`llash tamoyili turli toifadagi kurashchilarni tayyorlashda boshchilik qilishi mumkin (22, 34).
Malakali kurashchilar egallashi lozim bo`lgan xujum texnik-taktik xarakatlari minimumi to`g’risida xozirga qadar yagona fikr yo`q. SHunday davrlar bo`lganki, bunda kurashchilar bitta "shox" usulni egallaganlar va uni muvaffaqiyat bilan qo`llaganlar. Biroq bunday taktika takomillashib borgan vaturli taktik xarakatlar bilan boyib kelgan. "SHox" usul turli dastlabki (start) xolatdan turib xar xil ushlashlar bilan xamda taktik tayyorgarlikning turli usullaridan so`ng amalga oshirila boshlandi.
Ayrim erkin kurashchilar xar doim bitta "shox" usul bilan yakunlanadigan 30 ta taktik xarakat usullarini ishlab chiqqanlar. SHu bilan birga xujumni muvaffaqiyatli yakunlashning bir qancha usullarini egallagan buyuk erkin kurashchilar xam paydo bo`la boshladi.
Bunday erkin kurashchilar, odatda, eng yaxshi texnika uchun sovrinlar bilan mukofotlangan. Biroq yirik musobaqalarda raqobatning o`sib borishi shunga imkon yaratdiki yuqori malakali erkin kurashchilar, o`z texnik-taktik xarakatlari ichida "shox" usulni saqlab qolgan xolda, taktik imkoniyatlarini kengaytirib borganlar. Ayrim erkin kurashchilar ikkita, ba`zan esa uchta "shox" usullarni egallab oldilar.
Zamonaviy kurash texnikasini tadqiq qilish shuni ko`rsatadiki, erkin kurashchilar bitta musobaqa davomida turli xujum texnik-taktik xarakatlarining 16-20 ta variantini qo`llaydi. Bundan tashqari, kuchli erkin kurashchilar etarli darajada samarali, ishonchli xujum qiladilar. Xujum taktik jixatdan yaxshi tayyorlangan paytdagina, ular maksimal kuch va tezkorlikni ishlatadilar. Katta kuchni talab etmaydigan taktik xarakatlarni qo`llayotib, erkin kurashchilar kuchni tejaydilar va bellashuv oxirigacha ish qobiliyatini saqlab qoladilar. 50% dan ortiq xujum xarakatlarini xakamlar ustunlik sifatida baxolaydilar.
Aldamchi xaraktalar yordamida xujum xavfini solish eng muxim taktik xarakat xisoblanadi. Aniq xujum xarakatlarining aldamchi xujum xarakatlariga 1:2 nisbati 0,5 koeffitsient bilan xujum qilish extimolini beradi. Bunday extimollikni raqib kiyinchilik bilan tushunib etadi va aniq xujumga qarshi ximoyalanishi qiyin bo`ladi.
Xujum xarakatlari variantlari xajmining optimalliligi erkin kurashchi texnik-taktik maxoratining muxim tamoyilidir (35, 48).
Erkin kurashidagi yutuqlar ko`p jixatdan erkin kurashchining oqilona texnik-taktik tayyorgarligiga bog’liq.
Mukammal texnika - bu eng yuqori natijaga erishish maqsadida sport mashqlarini bajarishning samarali usullari yig’indisidir. O`rgatish jarayonida texnikani egallash darajasi o`zgarib turadi (yangi shug’ullanuvchining sodda texnikasidan to xalkaro toifadagi sport ustasining mukammal texnikasigacha).
Oqilona bajarilgan texnika sportchiga xarakatlari tejamkorlik bilan bajarish uchun imkon yaratadi (34, 48).
Yosh sportchining xalqaro toifadagi sport ustasi darajasigacha bosib o`tadigan yo`lini to`rtta bosqichga ajratish mumkin (24);
I bosqich - "maktab" texnikasini, ya`ni ixtisoslashgan elementlar xamda ularning majmualarini shakllantirish;
P bosqich - bazaviy texnikani shakllaitirish (taktik tayyorgarlik usuldar, qarshi usullar, ximoyalar);
III bosqich - kombinatsion texnikani (texnik-taktik komplekslarni) shakllantirish;
IV bosqich - trenirovkaning aloxida rejalari buyicha aloxida texnikani takomillashtirish;
Kurashchilar ko`p yillik tayyorgarligida texnik-taktik tayyorgarlik mazmuni va bosqichlari (G.S.Tumanyan bo`yicha).
Ko`p yillik texnik-taktik tayyorgarlikning xar bir bosqichida "o`sish o`lchamini" aniqlashda musobaqalarda qayt qilingan texnik-taktik harakat ni baxolash tizimidan foydalanish lozim. Sport kurashi bo`yicha maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotdarni xar tomonlama taxlil qilish natijasida (professor I.I. Alixonov, 1986) erkin kurashchining texnik-taktik tayyorgarligini ko`p yillik rejalashtirishni ishlab chiqdi.
Erkin kurash texnikasi elementlari va taktik tayyorgarlik usullari, asosan, 10-15 yoshda o`rganilishi lozim (I.I. Alixanov, 1986). Texnik-taktik maxoratni kelgusida takomillashtirish o`smirlik xamda o`spirinlik yoshlarida amalga oshiriladi.
Erkin kurashchining kuchini rivojlantirish uchun ish xajmi uning yoshi va og’irligiga bog’liq xamda bir yilda 100 dan 200 tonnagacha atrofida bulishi mumkin.
Texnik-taktik tayyorgarlikka vaqtning umumiy sarflanishi kurashchilar malakasi ortib borishi bilan o`sadi, lekin trenirovkaning umumiy xajmiga nisbatan foizlarda kamayib boradi. Bunday nisbiy kuch tayyorgarligi va tezkorlik chidamlilik darajasini oshirish zaruriyatiga bog’liq.
Erkin kurashchilarning taktik tayyorgarligi dolzarb muammolarni muvaffaqiyatli xal qilish ko`p jixatdan zamonaviy taqiqot uslubluridan to`g’ri foydalanishga bog’liq. Bunday uslublar ichida pedagogik uslublar muxim o`rin egallaydi, shuningdek tibbiy-biologik, psixologik, ijtimoiy va boshqa tadqiqot uslublari keng qo`llaniladi.
Trenirovka uslubiyatini takomillashtirishda trenerlar va ilmiy xodimlarning yutuqlari kup jixatdan kurashchilarning yirik musobaqalarda muvaffakiyatli qatnashishiga yordam berdi. Bunda kurashchilarning musobakalarga tayyorgarligi va qatnashishi davrida amalga oshirilgan majmuali tadqiqotlar jarayonpda olingan ilmiy ma`lumotlar katta axamiyat kasb etdi.
Sportning dolzarb muammolarini o`rganishda quyidagi turdagi tadqiqotlar qo`llaniladi: nazariy, amaliy (pedagogik tajriba yo`lga quyish, xodisalarni trenirovka yoki musobaqa faoliyatining tabiiy sharoitlarida o`rganishni o`z ichiga oladi) va laboratoriya tajribalari. Ulardan majmuali xolda foydalanish ko`pgina taqiqotlar uchun xosdir. Bunda ulardan biri etakchi o`rinni egallaydi. Tadqiqot dasturiga qaysi uslublarni kiritish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda quyidagi sharoitlarga rioya qilish lozim: tadqiq qilinayotgan xodisa tabiatini chuqur va xar tomonlama o`rganish; tadqiqot maqsadi, vazifalari, farazini aniq ifodlash; tadqiqotchining ushbu soxasidagi bilim darajasining etarli bo`lishi tadqiqot xodimlarining texnik jixozlanganligi; tadqiqot guruxining moddiy imkoniyatlari; tadqiqot vazifalarini muvaffakiyatli xal qilish uchun axamiyatga ega bo`lgan boshqa shartlar.
Tadqiqot uslublarini egallash va sportda ulardan oqilona foydalanish o`quv-trenirovka jarayonini boshqarishga tug’ri yondashish imkonini beradi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari sport kurashida taraqqiyot asosi xisoblanadi.
Ilmiy izlanishlarni yaxshi tashkil qilish va ilmiy natijalarni kurash mutaxassislarini tayyorlash amaliyogiga tatbiq qilish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratishi lozim.