4. Mahalliy byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini o‘rganish
Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining 2020-yilning 28-dekabrdagi qaroriga mucofiq Navoiy viloyati byudjetini tuzish, ko’rib chiqish va taqsimlash tartibi belgilangan. Unga ko’ra:
Jadval-44
Viloyat byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar
(milliard so’mda)
|
Tuman mahalliy byudjet daromadlari
(milliard so’mda)
|
Viloyat xarajatlari
(milliard so’mda)
|
238.7
|
213.8
|
769.1
|
Qonunning 8-moddasiga muvofiq zaxira jamg’armalari mahalliy byudjetlarning taqsimlangan xarajatlaridan kamida 1 foiz miqdorda shakllantirilishi belgilanganidan kelib chiqib. 2021-yil uchun viloyat mahalliy byudjeti zaxira jamg’armasi 2678.1 mlrd.so’m miqdorda tasdiqlanishi viloyat deputatlar kengashi tomonidan tasdiqlangan. Qarorga ko’ra 2021-yil uchun tuman byudjetida yo’l qo’yiladigan eng kam mablag’lar o’tkan yilga nisbatan o’zgarishsiz ya’ni 2346 mln.so’m miqdorda belgilanganishi kengash tomonidan tasdiqlangan.5
5. Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish
Mahalliy budjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar mahalliy budjetlar darajasida soliq-budjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilansin:
birinchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qo‘yish orqali mahalliy budjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;
ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman budjetlarini subvensiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi budjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish;
uchinchi, mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish;
to‘rtinchi, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy budjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
beshinchi, mahalliy budjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o‘z vaqtida, maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni ta’minlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida:
a) quyidagilar yil choraklari kesimida atroflicha ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi:
daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlarining (shaharlarining) mahalliy budjetlari parametrlari;
mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari;
qo‘shimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bog‘lagan holda;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, respublikaning tegishli tumanlarida (shaharlarida) deputatlik va jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi budjetlar va davlatning maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi;
v) har chorakda:
hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha;
hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha;
moliya boshqarmalari (bo‘limlari) rahbarlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) budjetlari ijrosi to‘g‘risida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjetlarning daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;
davlat soliq boshqarmasi (inspeksiyasi) rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisobotlari tinglanadi.
3. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari rahbarlariga javobgarlik va rag‘batlantirish choralari ko‘rilsin, u quyidagilarni nazarda tutadi:
a) soliq va moliya organlari rahbarlarini ularning lavozim maoshlaridan 50 foizgacha bo‘lgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:
mahalliy budjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilgani uchun 10 foiz miqdorda;
budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani uchun 20 foiz miqdorda;
mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilgani uchun 20 foiz miqdorda;
b) yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarning ijrosi ta’minlanmagani uchun ularning lavozim maoshlaridan 30 foiz miqdorida jarima sanksiyalarini qo‘llash, shu jumladan:
mahalliy budjet prognozi bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda;
mahalliy budjetga to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi oshirilgani uchun 10 foiz miqdorda;
mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorda.
Do'stlaringiz bilan baham: |