Yerning ostidan chiqayotgan qaynoq silikatli gazlarga boy eritm a magma deb ataladi. Hozirgi tasaw urlarga ko‘ra Yer umuman qattiq jism. 50 km chuqurlikda harorat 1500°C atrofida bo'ladi. Yerning ustida bunday haroratda har qanday jism suyuq holatda bo‘laredi, lekin bu chuqirlikdagi yuqori bosim jinslarni qattiq holatda ushlab turadi. Shuning uchun Yerning ichida termodinamik muvozanat mavjud. Bu muvozanatning buzilishi magma hosil bo‘lishiga olib keladi. Litosferaning quyi chegarasi to‘g‘risida biz aniq tasawurga ega emasligimiz yuqorida ko‘rsatilgan edi. Yer yuzasiga oqib chiqadigan lava planetamiz ichki qismida tosh massalarining erigan holatda bo‘lishini ta’minlaydigan harorat hukm surayotganligini ko‘rsatadi. Biroq vulqon hodisalari nomi bilan yuritiladigan bu hodisalar Yer yuzasining faqat m a’lum bir joylardagina kuzatiladi. Bu esa vulqonlar ayrim-ayrim manbalardan ta ’minlanadi deb o ‘ylashga va Yer bag‘rida yaxlit erigan olovday qizigan suyuq qobiq-pirosferaning borligini rad qilishga olib keladi. Magmaning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon va hodisalar magmatizm deb ataladi. Magmaning litosfera qatlamlariga o‘tish (kirish, intruziya) hollarini Plutonizm (qadimgi yunonlaming tasawurlariga ko‘ra Pluton Yer ostidagi dunyo xudosi), magmaning erigan massalarining yer yuzasiga oqib chiqish hollarini esa vulqonizm (Vulqon-rim mifologiyasida o ‘t xudosi) deb ataladi. Otilib chiqqan va o ‘zidagi bir necha komponentlarni, asosan gazlarni yo‘qotgan magma lava deb ataladi.
Vulqon hodisalari tabiat kuchlarining eng zo‘ri va dahshatli ko‘rinishlaridan biridir. Aholi yashaydigan yerlarda joylashgan ko‘pgina vulqonlar atrofidagi aholiga katta ofatlar keltirgan. Shuning uchun vulqonlar qadimdan beri diqqatni jalb qilgan va hatto uzoq o‘tmishdagi vulqonlarning faoliyati to‘g‘risida ham juda ko‘p m a’lumotlar to'plangan. Bunga Apenin yarim orolidagi Neapol qo‘ltig‘i qirg‘og‘ida joylashgan va vulqonlardan eng mashhuri bo'lgan Vezuviy misol bo‘lishi mumkin. Solnomachilarning ko‘rsatishicha, bu vulqonning ancha tekis bo‘lgan kraterida harbiy komandalar mashg‘ulot o ‘tkazib turgan, yon bag'irlari esa o'rm onlar bilan qoplangan. Eramizning 73-yilida vulqon to‘satdan harakatga kelgan, ko‘p miqdorda lava oqimlari Yer yuzasiga oqib chiqqan va havoga kul massasi otilib chiqqan. 112 Bu kulning bir qismi quruq, bir qismi esa kul atrofga yoqqan, chunki bu vulqon otilgan vaqtda kuchli yomg‘ir (sel) yoqqan. Natijada bir necha ming kishi halok boMgan: Vulqonga yaqin bo‘lgan Gerkulanum va Pompeya shaharlari lava natijasida buzilgan, bir qismi esa kul ostida ko‘milgan. Vulqon ba’zan 100 yildan ortiq vaqt davomida jim tursa ham o‘sha davrdan boshlab to hozirgi kunga qadar uning faoliyati to‘xtagani yo‘q, so‘nggi 100 -150 yil davomida vulqon faoliyati ayniqsa kuchli bo‘lgan. So‘nggi kuchli otilish 1944-yilda, Amerika qo‘shinlari Neapol qo‘ltig‘i qirg‘oqlariga kelgan vaqtda yuz bergan edi. Martinka orolidagi Pele (Takir) tog‘i ham bunga misol bo‘la oladi. Bu tog‘ ham burundan o ‘chgan vulqon hisoblanar edi, lekin 1902-yilda u qaytadan faoliyatini ko‘rsatadi, natijada Sen-Per shahri vayron bo‘ldi va uning butun aholisi (29000 kishi) bir necha daqiqada halok bo‘lgan. So‘nggi vaqtdagi vulqonlar qatoriga, masalan, Meksikada 1943-yilda vujudga kelib deyarli 5 yil harakatda bo‘lgan va hozir esa vaqtincha yoki butunlay faoliyati keskin kuchsizlangan Perikutin vulqoni kiradi. Odatdagi vulqonlar balandligi bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo‘lgan konussimon tog‘lardan iboratdir. Vulqon cho‘qqisida otilish yuz beradigan chuqurlik — krater deyiladi. Eng yirik vulqonlardan biri bo‘lgan (balandligi 4810 m) Klyuchi sopkasi (Kamchatka); Vezuviy (Italiya), Fudziyama (Yaponiya) va boshqalar ana shunday to ‘g‘ri konuslardan iborat. Boshqa hollarda esa vulqonlar kesik konuslardan iborat. Ba’zan vulqonlarning tuzilishi juda assimetrik bo‘ladi. Ba’zan, diametri bir necha o ‘n kilometrga boradigan katta krater deb ataladi. Vezuviyni yarim halqa shaklida o ‘rab turgan kal’dera qoldiqlari sopka deb ataladi. Vulqon otilishi doimo bir xil intensivlikda yuz bermaydi. Deyarli har bir vulqon boshqalardan o‘z faoliyatining xarakteri bilan farq qiladi: bundan tashqari, bu faoliyatning kuchayishi va pasayishi bosqichlarini kuzatish mumkin. Yuqoridagi misollardan ko‘rganimizdek, vulqon faoliyatlarining ayrim portlashlari o‘rtasida, ba’zan bir necha asrlar o ‘tib ketadi. Vulqonlar shiddatli otilganlaridan so‘ng butunlay o ‘chadi yoki ahyon-ahyonda sal tutab turadi: boshqalari esa doimo tutab turadi va ahyon-ahyonda tosh va koMlar otiladi, so‘ngra, ayrimlari juda jim holda vaqti-vaqti bilan lava chiqarib turadi, lekin krater otilishlar o‘rtasida doim harakatda bo‘lgan lava bilan to‘lgan bo‘ladi. Vezuviy vulqonini kuzatishlarga qaraganda uning otilishi tutun paydo bo'lishi bilan boshlanishini, ba’zan undan oldin yoki u bilan bir vaqtda ozmi - ko‘pmi sezilarli zilzilalar boMishini ko‘rsatadi. Tutun kraterdan tobora balandlashib va kattalashib ustun shaklida ko‘tariladi. Ba’zan, tutun ustuni 10 km va undan ortiq balandlikka tik ko‘tariladi. Tutunning mayda zarrachalari cho‘kib, ko‘p joylarni qalin qatlam qoplaydi. Magmaning Yer ichidan yuqoriga harakatlanishi ikkita omilga bog'liq: