2. Korxonalarning asosiy va aylanma kapitali, ularni doiraviy aylanishi,tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish ko‘rsatkichlari.
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish ma’lum mikdor va tarkibdagi ishlab chiqarish vositalarini bulishligini takozo etadi.Ishlab chiqarish vositalari mexnat vositalari va mexnat predmetlariga bo‘linadi.
Mexnat vositalari bir necha ishlab chiqarish jarayonida katnashib o‘z qiymatini amortizatsiya shaklida har yili yetishtirilayotgan maxsulot (bajarilgan ish va xizmat) tannarxiga o‘tkazadi. Ular jumlasiga bino, inshoot, kuch mashinalari va boshqalar kiradi. Mexnat predmetlari o‘z qiymatini bir ishlab chiqarish jarayonida maxsulot (ish, xizmat) tannarxiga tulaligicha va bir yula utkazadi. Ular jumlasiga yokilgi, xom-ashyo,extiyot kism, pul mablag‘lari va boshqalar kiradi. Xo‘jaliklar amaliyotida mexnat vositalarini asosiy kapital (mexnat vositasi), mexnat predmetlarini aylanma kapital (aylanma mablag‘lar) deb yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi 5-son «Asosiy vositalar» milliy andozasiga binoan «Asosiy vositalar – bu korxona o‘zok vaqt davomida xo‘jalik faoliyatini olib borishda maxsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar kursatish jarayonida yoki ma’muriy va ijtimoiy – madaniy funksiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlardir».
Hisob va hisobotda asosiy vositalar qo‘yidagi belgilari bo‘yicha guruxlanadi:
Tayinlanishiga ko‘ra.
Foydalanishiga ko‘ra.
Natural - buyum shakliga ko‘ra.
Tegishliligiga ko‘ra.
Asosiy va aylanma vositalar asosan xo‘jaliklarni o‘z mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lar, ta’sischilar hisobiga va ayrim xollarda budjet mablag‘lari hisobiga shakllanadi.
Asosiy vositalardan foydalanishning samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlariga asosan qo‘yidagilar kiradi:
1.
Bunda: YaM – yalpi maxsulot.
AIF – asosiy ishlab chiqarish vositalarining o‘rtacha yillik qiymati.
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy ishlab chiqarish vositalari hisobiga yetishtiriladigan yalpi maxsulot xajmini bildiradi va u nisbatan oshib borsa asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshganligini bildiradi.
2.
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik yalpi maxsulot xajmiga tugri keladigan asosiy ishlab chiqarish vositalari so‘mmasini bildiradi va uni pasayib borishi ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligini oshganligini ko‘rsatadi.
3.
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy ishlab chiqarish vositalari hisobiga tugri keladigan sof foyda so‘mmasini bildiradi. Bu ko‘rsatkich taxlil etilayotgan davrlarda oshib borsa asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi.
Aylanma mablag‘lar (kapital) bu korxonaning xom-ashyo, yokilgi, butlovchi kismlar, pul mablag‘lari, ishchi kuchi va shu kabilarga sarflangan mablag‘lari hisoblanadi.
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish aylanma mablag‘lari va muomala aylanma mablag‘lariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish aylanma mablag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari (vaqtincha foydalanishda bo‘lmagan yem-xashak, urug‘lik va boshqalar) va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan (ishlab chiqarishga berilgan moddiy ashyolar va boshqalar) mablag‘larga bo‘linadi. Muomala aylanma mablag‘lari tayyor maxsulot, pul mablag‘lari va hisoblashuvdagi mablag‘larga bo‘linadi. Bunga sotishga muljallangan tayyor maxsulot, xo‘jalikni kassasi va banklardagi hisob varaklaridagi pul mablag‘lari, sotilgan maxsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) lar uchun haridorlardan kelib tushmagan mablag‘lar bo‘yicha hisoblashuvlar kiradi.
Aylanma mablag‘lardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosan qo‘yidagilar kiradi:
Aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti
Bunda: S – maxsulot sotish xajmi
AMUK – aylanma mablag‘larni o‘rtacha koldigi.
Ushbu ko‘rsatkichni oshib borishi xo‘jalikda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi oshayotganligini bildiradi.
Aylanma mablag‘larni aylanish davri (kun)
Ushbu ko‘rsatkich qanchalik kamayib borsa, shunchalik aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi yuqori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |