Mavzu: madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari!



Download 4,01 Mb.
bet1/2
Sana08.07.2022
Hajmi4,01 Mb.
#757970
  1   2
Bog'liq
madaniy osimliklarning kelib chiqish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI
BIOLOGIYA (turlari bo`yicha) YO`NALISHI
KECHKI BO`LIM 1-KURS TALABASI
ABDULLAYEVA SADOQATNING
BOTANIKA FANIDAN
KURS ISHI
Qabul qildi: Mahmudova M.M
Toshkent – 2022

MAVZU: MADANIY O’SIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI!

Madaniy o’simliklarning kelib chiqishi xaqida fanda ikki xil fikr bor: L.Mechnikov, A.Gumbol’t, De Kandol kabi olimlar madaniy o’simliklar markazini tekislikda joylashgan vodiylardan qidirish kerak dagan fikrni yoqlaydilar. A.Dorsheyt, A.Fechel va N.Vavilov kabi olimlar esa qadimdan dehqonchilik rivoj topgan tog’oldi va daryo bo’yi hududlaridan qidirish kerak degan fikrni ilgari suradilar. N.I.Vavilov dehqonchilik va bog’dorchilik bilan dunyoga mashhur o’lkalarni boy madaniy o’simliklarga ega mamlakatlarni kezib chiqqandagina bunday xulosaga kelgan. Vavilov va uning shogirdlari 1923-1940-yillarda 65 dan o rtiq mamlakatlarga 18 ekspeditsiya uyushtirib, 250 mingdan ziyod o’simlik na’munalarini keltirganlar.


Madaniy o’simliklar Vavilov tomonidan 7 ta markazga bo’linadi. Bu markazlar butun dunyo bo’ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazining madaniy o’simliklari jumladan, sholi shakarqamish va sabzavot ekinlarining vatani bo’lib, dehqonchilikka 50 % o’simliklarni yetkazib bergan. Sharqiy Osiyo markazi 20% ga yaqin madaniy o’simliklarni taqdim etgan. Ushbu markaz soya va tariqning asli vatani sanaladi. Janubiy G’arbiy Osiyo markazi esa dukkaklilar, bug’doy, suli, zig’ir, sabzi kabi 14% dan ortiq madaniy o’simliklarning markazidir. 11% madaniy o’simliklar shu jumladan karam, qand lavlagi, beda va boshqalar O’rta Yer dengizi markazidan kelib chiqqan. Issiq iqlimga ega bo’lishiga qaramasdan Abissiya (Efiopiya) markazi hozirgi zamonning muhim ijtimoiy va iqtisodiy o’simliklari sanalmish banan, kofe va boshqalarning vatanidir. Yevropa mintaqasida joylashgan mashhur markaz hisoblangan Markaziy Amerika kakao daraxti, loviya, makkajo’xori, qalampir hamda g’o’zaning vatanidir. O’zining madaniy o’simliklari bilan bog’dorchilik va dehqonchilikka Janubiy Amerika markazi kartoshka, ananas, yeryong’oq va tamaki kabi bir qator o’simliklarni taqdim etgan.
N.I. Vavilov dastlab madaniylashtiriladigan o'simliklarning 8 kelib chiqish markazlarini bir qator substantsiyalar bilan aniqladi, ammo keyinchalik ularni 7 asosiy boshlang'ich markazga aylantirdi
1. Janubiy Osiyo Tropik Markazi tropik Hindiston, Indochina, Janubiy Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyoni o'z ichiga oladi. Markazning madaniy o'simliklari: guruch, shakarqamish, bodring, baqlajon, sitrus, mango, banan, hindiston yong'og'i palmasi, qora qalampir - barcha o'stirilgan o'simliklarning qariyb 33%.
2. Sharqiy Osiyo markazi - Markaziy va Sharqiy Xitoy, Yaponiya, Koreya, Tayvan. Bu yerdan soya, tariq, karabuğday, olxo'ri, gilos, turp, yong'oq, mandarin, xurmo, bambuk, ginseng - madaniy o'simliklarning taxminan 20 foizi paydo bo'ldi.
3. Janubi-g'arbiy Osiyo markazi - Kichik Osiyo, O'rta Osiyo, Eron, Afg'oniston, Janubi-g'arbiy Hindiston. Ushbu markaz bug'doy, arpa, javdar, findiq, dukkakli ekinlar, zig'ir, kenevir, sholg'om, sarimsoq, uzum, o'rik, nok, qovun - barcha o'stirilgan o'simliklarning qariyb 14 foizini tashkil qiladi.
4. O'rta er dengizi markazi - O'rta er dengizi mamlakatlari. Bu yerdan karam, shakar lavlagi, zaytun, yonca, yasmiq, jo'xori, zig'ir, dafna, qovoq, maydanoz, selderey, uzum, no'xat, loviya, sabzi, yalpiz, zira urug'lari, xren, dereotu - o'stirilgan o'simliklarning qariyb 11 foizi.
5. Habashiston yoki Afrika markazi - Afrikaning Habashiston tog'lari, Efiopiya mintaqasida. Bu erdan bug'doy, arpa, jo'xori, qahva, banan, kunjut, tarvuz - taxminan 4% madaniy o'simliklar.
6. Markaziy Amerika markazi - Janubiy Meksika. Fasol, makkajo'xori, kungaboqar, paxta, kakao, qovoq, tamaki, Quddus artishoki, papayya - madaniy o'simliklarning qariyb 10%.
7. Janubiy Amerika yoki And markazi - Janubiy Amerikaning g'arbiy sohili. Kartoshka, pomidor, ananas, shirin qalampir, hinin daraxti, kokain tupi, gevi, yerfıstığı - madaniy o'simliklarning qariyb 8 foizi ushbu markazdan kelib chiqqan.
Hozirgi kunda 30 mingdan ortiq madaniy va yovvoyi o’simliklardan insonlar o’z ehtiyojlariga qarab foydalanib kelmoqdalar. Shundan jami 2600 turigina o’stirib, parvarish qilinadi. 120 ga yaqin turlar keng maydonlarga ekiladi. Bu o’simliklarning yangidan-yangi serhosil navlarini yaratishda yovvoyi o’simlik turidan genofondni yaxshilashni hisobga olsak, markaziy o’simliklarning kelib chiqish markazlari naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligiga yana bir marta ishonch hosil qilamiz. Yangi madaniy o’simliklarni iqlimlashtirish jarayonida o’simliklarning kelib chiqish markazlarining tabiati va tabiiy sharoiti o’xshash bo’lishi ham muhim rol o’ynaydi.
Selektsiya nuqtai nazardan olib qaraganda o’simliklarning yangi navlarini yaratishda yovvoyi o’simlikdagi foydali belgilarni qidirish va aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda N.I.Vavilov va uning izdoshlari o’z ekspeditsiyalari davomida dunyo o’simlik resurslarini o’rganishganva urug’chilik uchun g’oyat zarur kollektsiya to’plashgan. Bulardan keyinchalik selektsion ishlarda, yangi navlarni yaratishda foydalanilgan.

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish