Kuchli tomonlar
Xizmatlar va mahsulotlar bozoridagi yetakchilik
Mashhur brend (logotip)
Moliyaviy barqarorlik
Taklif qilinayotgan mahsulotlar turi ko’pligi
Kuchsiz tomonlar
Raqobatchilarga qaraganda yuqori narxlar
Apple mahsulotlari va xizmatlarining boshqa mahsulot va xizmatlarga mos kelmasligi
Tor ishlab chiqarish doirasi
Eng so’nggi mahsulot versiyalarida yangiliklarning kamligi
Imkoniyatlar
• Tadqiqot va rivojlantirish uchun
• Mahsulot xilma-xilligi kamayganligi
• Strategik hamkorlik shakllanish
• Foyda ko’rsatkichlaridan kelib chiqib
Xatarlar
• Apple asoschi Stiv Jobsning vafotidan investitsiyalar mavjudligi keyin innovatsion g’oyalarning
• Xitoy va Hindiston tomonidan mavjudligi raqobatning yanada chuqurlashtiriHshi
• Intellektual mulk huquqlarini narxlarni pasaytirish imkoniyatining raqobatdosh korxonalar tomonidan mavjudligi poymol qilinishi yoki o’girlanishining mavjudligi
• Soliq siyosati orqali ko’riladigan zararlarning mavjudligi
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , har bir mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona o’z biznes rejasini yuqoridagi to’rtta ko’rsatkich yordamida barcha ishlab chiqarish va bozor omillarini to’g’ri baholasagina , ularning mahsuloti bozorda raqobatga bardoshli mahsulotlar sirasiga kirishi mumkin. Bu korxonalarda marketing va tahlil ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish va SWOT analizni to’g’ri belgilab olish da muhim ahamiyatga ega.
Raqobat 5 kuchi nazariyasining oltin qoidasi
Porter nazariyasiga ko’ra tarmoq raqobatini tahlil qilishning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Tarmoqda raqobat kuchlarining aniqligi va samaradorligini aniqlashga;
2. Kompaniyaning raqobat kuchlari ta’siridan maksimal himoyalanish pozitsiyasiga ega bo’lishga;
3. Raqobat kuchlariga qarshi ta’sir kursatishga yordam beradi.
Raqobat 5 kuchi nazariyasining oltin qoidasi quyidagilardan iborat.
Raqobat kuchlarining ta’siri naqadar zaif bo’lsa, tarmoqda kompaniya ko’proq foyda olish imkoniyatiga ega bo’ladi, va aksincha;
Raqobat kuchlarining ta’siri naqadar kuchli bo’lsa, tarmoqda kompaniya kamroq foyda olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Rivojlangan G’arb mamlakatlarida, xususan, Jahon iqtisodiy forumida muntazam markaziy o’rin egallaydigan Raqobat ustunligi nazariyasi bugungi kunda O’zbekiston misolida qayta-qayta o’z tasdig’ini topmoqda.
Raqobat ustunligi nazariyasiga ko’ra (M.Porter, Dj.Saks, P.Krugman) xalqaro bozorda kompaniyaning raqobatbardoshligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan ustunroq ta’minlanganligi emas, balki ushbu kompaniya uchun davlat qanday iqtisodiy institutlar va mexanizmlar orqali imkoniyat yaratayotganligi bilan baholanadi.
5 kuch modeli ko’proq strategik boshqarishda va marketingda quyidagi yo’nalishlarida qo’llaniladi:
- Kompaniyada SWOT analiz o’tkazishda
- Kengaytirilgan raqobat tahlili va bozor tahlilini tuzishda ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |