seminar mashg’ulot
Mavzu: Lutfiy
Reja:
1.Lutfiyga Navoiy qanday ta’rif bergan.
2.Lutfiyning lirik devoni nusxalari
3.Shoir ijodida janrlar takomili.
4.Lutfiy badiiy mahorati
5. Lutfiy lirikasida tuyuq janrining o’rni qanday?
1. Alisher Navoiy Lutfiy ijodiga juda katta baho beradi va uni o‘zining ustozlaridan biri deb hisoblagan. A.Navoiy o’zining «Majolis un-nafois» tazkirasidagi bu ulug‘ shoir haqida quyidagi fikrlarni aytadi:
«Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi,
forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi… va turkcha devoni ham mashhurdur».
Shuningdek, Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» degan tasavvuf vakillari – shayx-avliyolar to‘g‘risidagi tazkirasida esa Lutfiyning uzoq umr ko‘rgani va qabri haqida ham qimmatli ma’lumot beriladi:
«...To‘qson to‘qqiz yoshida olamdin o‘tdi. Qabri Dehikanordadur, o‘z maskani erdi».
Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan Dehikanor degan qishloqda dafn etilganini bilib olishimiz mumkin. Biroq Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda yashab, ijod etgan o‘zbek adabiyotshunosi Ahmad Taroziyning keyingi yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlaridan topilgan adabiyot nazariyasiga
bag‘ishlangan «Funun ul-balog‘a» asarida bu shoir «Lutfiyi Shoshiy» deya tilga olinganiga asoslanib, ayrim olimlar uning Toshkentda tavallud topgan bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilganlar.
2. Lutfiyning sheʼriyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin sheʼriyatdir. Bizgacha shoirning 16-20 asrlar mobaynida koʻchirilgan turkiy devonining 33 qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan boʻlib:
Ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi.
Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning kasbu holini tasvirlashdan iborat boʻlsada, shoir deyarli har bir sheʼrida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga oʻxshamaydigan badiiy sanʼatlarni qoʻllaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal sanʼati namoyon boʻlgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qitʼalarini ham sanʼat namunasi maqomiga koʻtara olgan.
3. Lutfiy qalamiga mansub mavjud sheʼrlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) gʻazal janrida yozilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Lutfiy gʻazalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik anʼanalar bilan xalq ogʻzaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning gʻazallarida milliy his-tuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qaygʻu va shodlik tasviri takrorsiz bir taʼsirchanlik kasb etgan.
Lutfiy gʻazallarida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fardga oʻxshash boshqa janrlardagi sheʼrlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning — zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru tuygʻularini tarannum etgan. Shoirning: Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, — kabi misralarini oʻqiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga baʼzan ishonish ham qiyin boʻladi. Chunki ular shu darajada sodda, ogʻzaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir.
4. Lutfiy xalq orasidagi yahshi narsani maqtaganda «o’likni tiriltiradi» degan ta’biri asosida tazod yaratgan. Yordagi husn-qomad shu darajadaki, u o’likka jon bag’ishlaydi, uni ko’rgan tiriklar esa o’ladi. O’lish va tirilish, o’lik va tirik qaramaqarshi tushunchalardir. Ammo bu hodisalarning birgina sababchisi – ma’shuqadir.
Mumtoz shoirlarimiz va, xususan, Lutfiy ijodida tazod yetakchi badiiy vositalardan biri sifatida o’rinli qo’llanilgan. U ba’zan aniq predmet yoki hodisa tasvirida ishtirok etsa, ba’zan kishi holati va tasavvurlarining poetik ifodalashda yordam beradi Lutfiy lirikasida tazod bir qancha ko’rinishlarga ega ekanligi ko’zga tashlanadi. Tazod oddiy, murakkab, aralash, obrazli va parallel tarzda bo’ladi. Tazodning bu xillarini alohida-alohida misollar yordamida ko’rib chiqaylik. Oddiy tazod deb oddiy so’zlarga asoslangan qarshilantirish usuliga aytiladi
Necha bu Lutfiy qulga javr etarsan?
Vafo qilkim, vafo haddin oshibtur.
Dunyo go’zaliga atalgan muhabbat qo’shiqlarini kuylashda ma’no va shakl birligi uchun kurashgan shoir o’z maqsadini yoritishda boshqa badiiy vositalar qatorida tazoddan ham foydalanadi.
Xorlik haddin oshurmang, chunki izzat yo’ldadur,
Otingiz na’linda bizni hoki roh aylab o’tung.
Yuqoridagi misollarda «vafo»ga «jafo», «xorlik» va «izzat» qarama-qarshi qo’yilib, tazod usuli ishlatilgan. Xo’rlangan oshiq yorning jafolari haddan oshganligidan shikoyat qilib, suyukli yordan izzat va vafo qilishini so’raydi. Oddiy tazodda tushinilishi oson bo’lgan so’zlar baytning bir misrasida qarshilantirilgan.
5. Lutfiy o’z zamonida shoirlar orasida o’zining g’azallari va tuyuqlari bilan mashhur bo’lgan, shoirning tuyuqlari ham ijodining salmoqli qismini egallaydi. Shoir XV asrda tuyuqning go’zal namunalarini yaratgan.
Quyida Lutfiyning tuyug’ini ko’rib chiqamiz:
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen,
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men.
Bevafolarg‘a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.
Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qoya bo‘lib
kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi:
– dil, bandamen – yurak, (men) bandaman (bog‘lanib qolganman);
– dilbanda men – dilbandga men;
– dil, banda men – yurak, banda men (man).
Misralar talqin etilsa, quyidagicha ma’no kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |