Motor-ventilyator ishga tushiruvchi qarshiliklar va elektr dvigatellarini sovitish uchun qo’llanadi. Motor-kompressor tormoz tizimini va elektrovozning pnevmatik uskunalarini siqilgan havo bilan ta’minlaydi. Motor-generator rekuperativ tormozlanish tizimiga ega bo’lgan elektrovozlarda tortish elektr dvigatellarining uyg’otuvchi cho’lg’amlarini ta’minlaydi. Boshqaruv toki generatori boshqaruv tizimi, tashqi va ichki yoritish tizimi zanjirlarini ta’minlashga va akkumulyator batareyalarini zaryadka qilish uchun ishlatiladi.
Asbob-uskunalarning o’zgaruvchan tokli elektrovoz kuzovida joylashuvi ko’rsatilgan.
O’zgaruvchan tokli elektrovoz kuzovida asosiy jihozlarning joylashuvi: 1 – boshqaruv pulti; 2 – mashinist kabinasi; 3 – tok qabul qilgich; 4 – boshqaruv apparatlari; 5,7 – tok kuchlarini tekislovchi jihozlar; 6 – bosqichlarni o’zgartirish transformatori; 8 – sovuq ish tizimi bloki; 9 – taqsimlash shchiti; 10 – motor-kompressor; 11 – bo’limlararo ulanish.
O’zgaruvchan va o’zgarmas tokli kontakt tarmoqlari bo’lgan joylarda tutashish stantsiyalari kontakt tarmoqlarining alohida bo’limlari o’zgartirgichlar bilan jihozlanadi.
Dizellarning tuzilishi Teplovozlarda 4 va 2 taktli kompressorsiz ichki yonuv dvigatellari qo’llaniladi.
To’rt taktli dvigatelning ishlash printsipi 6.10 rasmda ko’rsatilgan. Porshenning (2) pastga harakatida (1-takt) havo tsilindrga ochiq kirituvchi klapan orqali kiradi. Porshenning orqaga qarama-qarshi harakatida (2 -takt) havo tsilindrda siqiladi va qattiq qiziydi. SHu taktning oxirida tsilindrga dizel yonilg’isi purkaladi va u o’z-o’zidan alangalanib ketadi. TSilinrdagi bosim va harorat ko’tariladi. Yonilg’i yonishidan hosil bo’lgan kuchlar porshenni bosib pastga yurgizadi va foydali ish hosil bo’ladi (3– takt).Porshenning navbatdagi tepaga yurishida (4–takt) tsilindrda yonib bo’lgan gazlar chiqarib tashlanadi. SHunday qilib, ko’rib chiqilgan jarayonlar dvigatelning ishlash tsiklini tashkil etadi.
To’rt taktli dvigatelning ishlashi: 1-tsilindr; 2-porshen; 3-shatun; 4-krivoship; 5-purkovchi klapan; 6-chiqaruvchi klapan.
Oddiy ikki taktli dvigatelning ishlash printsipi ko’rsatilgan. Porshen yuqoriga harakatlanganda ( 1-takt) avval chiqaruvchi tuynuklar (6) yopiladi, keyin purkovchi tuynuklar (2) ochiladi va shundan keyin havo siqilishi ro’y beradi. Ushbu takt oxirida tsilindrga dizel yoqilg’isi purkaladi va u alangalanib ketadi. Yonish mahsulotlari porshenni bosib yurgazadi va foydali ish bajaradi.
Moy dizelosti poddonidan 1 tuynuk tozalagich orqali moy tarqatgich kollektoriga kelib tushadi va keyinchalik tirsakli val podshipniklariga va boshqa detallarga boradi. So’ngra sovutgichlarga boradi va 10o – 11o gacha sovutilib, bosim ostida poddonga kelib tushadi.
Dizelni moylash tizimi: 1-dizel poddoni; 2- moy xaydash nasosi; 3-moy tarqatgich kollektori; 4-markaziy tsirkulyatsiya nasosi; 5-issiq moy quvuri; 6-moyni dag’al tozalash filtri; 7-moyni oliy tozalovchi filtr; 8-sovutilgan moy quvuri; 9-muzlatgich; 10-moy isitgich; 11-tsentrifuga nasosi; 12-tsentrifuga; 13-moyni isitgich orqali haydovchi nasos.
Teplovozning suvli tizimi dizelning detallari va moyni issiqlik oluvchi tizimda sovutish uchun, yonilg’ini hamda dizelga kiritilayotgan havo bosimini qizdirib berish uchun ishlatiladi.