Elektrovozning mexanik qismlari
Elektrovoz kuzovi elektr apparatlari, har xil uskunalar va mashinistning boshqaruv xonasini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Aksariyat mashinist xonasi issiqlik va shovqindan muhofazalanib, elektrovozning ikki tomonida joylashtiriladi. Mashinist xonasida boshqaruv apparatlari, nazorat-o’lchov asboblari va tormoz kranlari bo’ladi. Kuzovning o’rta qismidagi yuqori kuchlanishli kamerada elektr apparatlari o’rnatiladi. Yordamchi mashinalar motor -kompressor, motor-ventilyator, boshqaruv toki generatorlari va boshqalardan iborat bo’ladi.
VL10 elektrovozida jihozlarning joylashtirilishi: 1 – boshqaruv pulti; 2 – mashinist o’rindig’i; 3 – tezkor ishlovchi uzgich; 4, 5 – induktiv shunt va rezistorlarning balkalari; 6, 8 – ulash rezistorining bloki; 7 – tok qabul qilgich; 9 – motor-ventilyator; 10 – motor-kompressor; 11 – elektrovoz ikkinchi bo’limining kuzovi; 12 – tortish elektr dvigateli; 13 - g’ildirak jufti.
Elektrovoz aravachasi rama, g’ildirak juftlari, buksalar, ressor osmalari va tormoz uskunalaridan iborat. Aravachalarga tortish dvigatellari mahkamlanadi.
Aravacha ramasi murakkab metall konstruktsiya bo’lib, ikki bo’ylama yon to’sinlar va ularni ulovchi ko’ndalang to’sinlardan iborat bo’ladi. Rama kuzovdan va elektrovoz uskunalaridan vertikal kuchlarni va yuklanishni qabul qilib ressorli osmalar orqali g’ildirak juftlariga uzatadi. Aravacha ramasi tormozlash kuchlanishlarini ham qabul qilgani uchun yetarlicha mustahkam bo’lishi kerak.
VL80K aravacha shakli: 1 - g’ildirak jufti; 2 – ressorlar; 3 – vintsimon prujina; 4 – telejkaning yon ramasi; 5 – kronshteyn.
G’ildirak juftlari elektrovoz massasini va tortish dvigatellaridan beriladigan aylantiruvchi kuchlarni qabul qiladi. Bundan tashqari, g’ildirak juftlari yo’lning notekisliklari va relslarning ulanish joylaridagi urilishlarni, amortizatsiya uskunalarisiz yumshatmasdan qabul qiladi va o’z navbatida harakatli g’ildiraklarning o’zi relsga qattiq kuch bilan ta’sir etadi. SHuning uchun ham g’ildirak juftlarining ishlanish sifatiga va texnik holatini nazorat qilishga alohida e’tibor beriladi.
G’ildirak juftlari alohida elementlardan tuziladi: ular –o’q, ikki g’ildirak va ikki tishli g’ildiraklardan iborat bo’ladi. G’ildirak juftlarining o’qi rolik podshipnikli buksalar o’rnatiladigan bo’g’izlar bilan tugaydi.
Elektrovozning g’ildirak jufti: 1 – buksa; 2 – bandaj; 3 – shesternyali g’ildirak gardishi; 4 – shesternyali g’ildirak markazi; 5 - g’ildirak markazi; 6 - g’ildirak o’qi.
Olti o’qli elektrovozda tortish elektr dvigatellarining ulanishi: a-ketma-ket; b-ketma-ket-parallel; v-parallel; 1-ishgatushiruvchi rezistor; 2-tortish elektr dvigateli yakori; 3-qo’zg’atuvchi cho’lg’am.
Do'stlaringiz bilan baham: |