Lizingga beruvchi bo`lib – o`z yoki jalb qilingan mablag`lar evaziga mulk sotib olib, uni lizinga oluvchiga haq evaziga ma`lum vaqtga foydalanish uchun yoki keyinchalik egalik qilish sharti bilan taqdim qiluvchi jismoniy yoki huquqiy shaxsdir.
Lizinga oluvchi – bu lizing shartnomasi shartlari asosida lizing ob`ek-tini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun qabul qilib oluvchidir.
Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi:
lizing ob`ektining oldi-sottisi ;
lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi;
lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi;
lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi;
shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |