Litosferadagi makro va mikroorganizmlar turlari bilan tanishish. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar kuzatish uchun 5 g tuproq olib, 250 ml xajimli kolbaga solinadi. Shu kolbaga 50 ml sterillangan suv qo‘shib, 5 minut chayqatgandan so‘ng 1-2 minut tindiriladi. Buyum oynasiga eni 1 sm va uzunligi 4 sm keladigan kvadrat chizib, unga yuqorida tayyorlangan eritmadan 0,01 ml olib, bir tekisda yuktiriladi. Bu mazok quritilgandan so‘ng, absolyut spirt eritmasi bilan yoki spirt lampa alangasida fiksasiyalanib, kolba kislota (fenol)da eritilgan eritrozin bo‘yog‘i bilan bo‘yaladi, 30 minutdan so‘ng bo‘yoq yuvilib preparat quritiladi va bir tomchi kedr moyi tomizilib, immersion obektiv orqali mikroskopda kuzatiladi.
2-rasm. Mikroblarni tayyor agarli oziq eritmaga ekish
Muhokama uchun savollar
Tuproq tarkibida qanday mikroorganizmlar uchraydi va ular qanday usullar yordamida aniqlanadi.
Tuproqdagi organizmlarni guruhlashni ayting.
Tuproqda qanday organizmlar uchraydi va ularni aniqlash usullari to‘g‘risida fikr yuriting .
Do'stlaringiz bilan baham: |