Topshiriqlar:
Tuproq (litosfera qatlami)dan namuna olish.
Tuproqdagi makro va mikroorganizmlar turlari bilan tanishish.
Litosfera — yunon tilida „tosh oʻram“ maʼnosini anglatadi. Yerning qattiq holatdagi tosh oʻramining qalinligi okean tubida 5–7 km, quruqlikda 30–40 km va togʻli oʻlkalarda 70–80 km gacha boradi, u choʻkindi, metamorfik va magmatik togʻ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, choʻkindi togʻ jinslari tarqalgan boʻlib, ularning qalinligi 20 km gacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga yetadi. Ular tarkibi boʻyicha chaqiq, kimyoviy va organik cho'kindilardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Cho'kindilarning ostida 10–40 km qalinlikdagi granit qobigʻi joylashgan boʻladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean cho'kindilari qobigʻi ostida bazal’t qobigʻi joylashgandir. Uning qalinligi okean tubida 5–7 km va quruqlikda 20–30 km ga boradi.
Tirik organizmlar asosan yerning qattiq (litosfera) qobiqlarida ham joylashgan. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda biosferaning yuqorgi chegarasi dengiz sathidan 22 km balandlikda troposferada va paski chegarasi (litosferaning) 3 - 5 km chuqurlikda ham uchraydi va hatto okeanning (gidrosfera) 11 km chuqurligida ham hayot mavjuddir (1-rasm). Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitlarga o‘ta chidamli bakteriyalar va zamburug‘lar sporalari uchraydi. Litosferada neft bor bo‘lgan anoerob bakteriyalar yashaydigan qismlarigacha tarqalgan. Litosferaning o‘lik tarkibiga litosferaning moddalar va energiya almashinuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi.
Tuproqni ahamiyati va kelib chiqishi haqida tushuncha beriladi. Yerni o’ziga xos strukturasi mavjud bo’lib, u suvni singdirish, havoni o’tkazish xususiyatlariga ega. Shuning uchun yomg’ir suvlari uni ichki chuqur qavatlariga o’tadi, ayniqsa, haydalgan yerlarda. Yerni yuzaki qavatida o’simliklar uchun ozuqa bo’lgan fosfor, azot, kalsiy, kaliy va boshqa – gumus qism bo’ladi. Tuproqdagi havo tarkibida CO2, CH4 gazlari, suv pari bo’ladi. Yuqoridagilarni yig’indisi tuproqni kimyoviy tarkibini tashkil etadi.
Tuproqni biologik xususiyatlari ham mavjud, chunki unda xilma-xil hayvonlar, o’simlik ildizlari, mikroorganizmlar bo’ladi, ayniqsa, uning yuzaki qavatida. Bular nobud bo’lib turadi va tuproqni unumdorligini oshiradi. Iqlimiy omillardan tashqari tirik organizmlar tuproqni mexanik jihatdan aralashtirib, unumdorligini oshiradi (yomg’ir chuvalchangi).
Tuproqni shakllanishida relyefni roli katta (balandlik va soylikda o’simlik o’sishi, suv yig’ilishi). Tuproqni yuzaki qavatini harorati, chuqur qismiga ko’ra o’zgaruvchan (sutkalik 1 metrgacha). Agar qishda tuproqni chuqur qismini harorati iliqroq bo’lsa, yozda salqinroq. Shunga ko’ra tuproqda yashovchi hayvonlar mavsumga qarab vertikal yo’nalishda migratsiyasi o’tadi. Qishda hayvonlar tuproqni chuqurroq qismiga o’tadi.
Tuproqda havo almashinuvida uning g’ovakligi katta ahamiyatga ega. Tuproqni chuqur qismida CO2 – oshadi, O2 – kamayadi. Namlik ko’payganda undagi tirik organizmlar yuzaga chiqadi, namlik kamayganda tuproqni chuqur qismiga o’tadi. Masalan, yomg’ir chuvalchangi.
Tuproqni xiliga qarab uni namligi va havosi xar xil bo’ladi. Masalan: sertuproq, loy tuproqni qumloq tuproqqa qaraganda namli bo’ladi, ammo havoni yaxshi o’tkazmaydi. Shuning uchun bunday tuproq o’simlik va hayvonlarni yashashi uchun noqulayroq.
Shunday qilib, tuproqni namligi, harorati va aeratsiyasi bir-biriga bog’liq va o’zgaruvchan bo’lib, bu omillar unda yashaydigan tirik organizmlar uchun katta ahamiyatga egadir.
Tuproq o’simliklarni mineral ovqatlanishi uchun katta rol o’ynaydi. Bu moddalar suv bilan birga erigan holda o’tadi. Bu jarayonni o’tishga ildizni rizosfera atrofidagi mikroorganizmlarni roli ham kattadir.
Tirik organizmlarni tuproq hosil bo’lish jarayonidagi roli. Tuproqda yashovchi hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlarni hayoti muxit sharoiti va ularni bir-biri bilan juda bog’likdir. Hayvonlar va bakteriyalar o’simliklardagi karbon suv, oqsil va yog’larni isteʼmol qilsa, zamburug’lar o’simliklardagi sellyulozani yemiradi. Yirtqichlar boshqa hayvonlarni tanasi bilan oziqlanadi. Tabiatda uzluksiz kechadigan bu jarayonlar tuproqni hosil bo’lib turishini taʼminlaydi. Ayniqsa, organik massani chirishida mikroorganizmlarni roli katta (agar shu bo’lmasa, yer yuzasi hayvon, o’simlik o’liklari bilan to’lib ketardi).
Maʼlumki, o’simliklarda fotosintez jarayoni tufayli ularni yer usti va yer osti qismida organik modda to’planadi. O’simlik nobud bo’lgach tuproqda bu moddalarni minerializatsiyasi o’tadi. Bu jarayonni utishi o’simlik xiliga va kismiga boglik. Masalan, gallasimonlarni ildizi bir yilda chirisa, paxtaniki, bir necha yilda chiriydi. Yaʼni yerni yuza kismidagi gumus xosil bulishi undagi o’simlik va hayvon qoldiqlarini chirishi bilan bog’liqdir.
Tuproqdagi organizmlarni ekologik gruppalari. Tuproqdagi tirik organizmlar juda kup va xilma-xildir (pochvennaya zoologiya – Gilyarov, pochvennaya mikrobiologiya).
Tuproqdagi hayvonlar ularni tuproq muxiti bilan boglikligiga kura 3 ta ekologik guruxga bulinadi.
Geobiontlar – doimo tuproqda yashovchilar. Ularni xamma rivojlanish stadiyalari tuproqda utadi. Masalan: yomgir chuvalchangi, kravchik kungizi.
Geofillar – xayotini ayrim davrlari albatta tuproqda utadi: chigirtkalar, kolorado kungizi.
Geonsenlar – baʼzan, vaqtincha ximoyalanish uchun, tuproqda xayoti utuvchi hayvonlar: suvaraklar, kemiruvchilar, sutemizuvchilar.
Kuchuvchi qum va cho’l sharoitida yashovchi o’simliklar (psammofitlar), hayvonlar (psammofillar) o’ziga xos xususiyatlarga va moslanishlarga ega. Bunday joylarni sharoiti … Kuchuvchi qumlarda kuchib, baʼzan o’simlikni ko’mib tashlaydi yoki ildizlari ochilib koladi. Ularning barglari reduksiyalangan, shoxlari tez o’sish xususiyati orqali moslashgan.
Bunday sharoitda yashovchi kushlar uzok masofada suv kidirib uchishga va suvsiz yashashga moslashgan. Tuyalar 10-16 kun suvsiz, tanasidagi yog moddasi xisobida yashaydi. Baʼzi hayvonlar yomgir suvlarini ichib, kovuklarida, teri osti tukimasida, korin bushligida zapas saklaydi. Baʼzi hayvonlar yozni issigida inlarida yashirinib, yozgi uykuga yoki diapauzaga utadi (suslik, kapalaklar…)
Qumlarni kuchishini chullarda garimselni tuxtatish uchun ixota daraxtlari (tol, jiyda, saksovul) ekish; ular esa uz navbatida utchil o’simliklarni usishiga sharoit yaratadi. Ular orasida bugdoy, poliz, mevali daraxtlar ekish mumkin. Ixota daraxtlarini roli bekiyosdir.
Tuproqni shurlanishi. Shurlangan tuproq namli bulib, kuriganda tuproqni yuza qavatida tuz kristallari xosil buladi. Uzimizdagi shurlangan tuproqlar.
Shurlangan tuproqda usuvchi o’simliklarni galofitlar deyilib, ularni ildizini surish kuchi tuproqdagi eritmani surish kuchidan yukori buladi. Baʼzi galofitlar barglari orkali ortikcha tuzni chikarish yoki tanalarida tuzni yigish xususiyatiga egadir. Shuning uchun xam ularni baʼzilaridan soda va ishkor olishda foydalaniladi (mayiz kilishda). Baʼzi galofitlarni hayvonlarni yaxshi isteʼmol kiladi.
Shurli joylarda yashaydigan hayvonlarni galofillar deyilib, ammo bular shurlangan joylarda son va tur jixatdan xam kam buladi (chernotelok, shelkunlar).
Tuproqni o’simlik va hayvonlarni tarqalishiga taʼsiri. Maʼlumki xar bir joyni sharoiti, shuningdek tuproqgiga kura maʼlum bir o’simliklar assotsiatsiyasi va hayvonlari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |