Urochisha - Urochishe bir mezorelyefda joylashgan tabiiy hududiy mujassama bo’lib, genetik va dinamik jihatidan uzviy bog’liq bo’lgan fatsiyalar tizimidan iboratdir. Landshaftlarning alohida urochshelariga bo’linishida uning litogen asosi relyef hamda tog’ jinslarining ekologik tuzilishi asosiy ahamiyatga egadir.
- Urochishe turlari mezorel’ef shakllariiing kelib chiqishi, dinamikasi hamda biokimyoviy va mexanik rivojlanishi yo’nalishidagi o’xshashliklar asosida ajratiladi.
Urochishelar landshaftda egallagan maydoni va tarqalishiga qarab asosiy (yoki xuqumron) hamda ikkinchi darajali urochishelarga bo’linadi. Asosiy urochishelar landshaftlarning morfologik tarkibsini belgalab berishi bilan birga keng ko’lamda tarqalganligi bilan ikkinchi darajali urochishelar esa tarqalish ko’lami kamligi bilan tavsiflanadi. - Urochishelar landshaftda egallagan maydoni va tarqalishiga qarab asosiy (yoki xuqumron) hamda ikkinchi darajali urochishelarga bo’linadi. Asosiy urochishelar landshaftlarning morfologik tarkibsini belgalab berishi bilan birga keng ko’lamda tarqalganligi bilan ikkinchi darajali urochishelar esa tarqalish ko’lami kamligi bilan tavsiflanadi.
- Urochishelar o’zini ichki tuzilishiga qarab oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy urochishelar mezorelyefning har bir qismi faqat bitta fatsiya bilan band bo’ladi. Murakkab urochishelar tarkibida esa mezorelyefning bir qismida fatsiya qismi yoki urochishechalar (podurochishe) joylashgan bo’ladi.
Fatsiy - fatsiyalarning eng harakatchan, tez o’zgarishga moyilroq bo’lgan biotik komponentlarida ko’zga tashlanadi va keyinchalik ularning boshqa xususiyatlari, mikroiqlimi, namlanishi, issiqlik tartibi kabilarni o’zgarishiga olib keladi. Geologik-geomorfologik shart-sharoitlari esa ko’pincha o’zgarmay qoladi. SHu sababli fatsiyalarga bo’ladigan inson taьsiri ko’rsatilsa, o’zgargan fatsiyalar yana o’zining avvalgi holatiga qaytishiga harakat qiladi.
Demak, landshaft genetik jihatdan bir butun bo’lgan geotizimdir. U bir geologik tuzilishi, bitta relyef turi, bir xil iqlimi hamda faqat shu landshaftga mos bo’lgan, dinamik jihatdan bog’liq bo’lgan urochishelar yig’indisidan iborat. Landshaft bir jihatdan qaraganda zona, provintsiya okrug, rayon kabi regional geotizimlarni tashkil qiluvchi eng oddiy geotizimdir. U geografik qobiqning eng oddiy va eng kichik to’qimasi (birligi) bo’lsa, ikkinchi jihatdan o’zidan kichik bo’lgan urochishe, fatsiya kabi ko’p yaruslik va dinamik geogizimdir. Landshaft qo’shni landshaftlar bilan modda va energiya almashinishi orqali doimo o’zaro ta’sirda bo’lib turadigan ochiq geotizimdir.
E’tiboriz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |