Mavzu: Kun va tun. Ta’limiy maqsadlar



Download 84,4 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi84,4 Kb.
#834363
Bog'liq
ишланма


Mavzu: Kun va tun.
Ta’limiy maqsadlar:Belgilangan harakatlarni son bilan ifodalashni o’rgatish (5 ichida). Tarbiyaviy maqsadlar: Faollikni, mustaqillikni, sezgirlikni, bolalar o’rtasida bir-biriga yordam berish fazilatlarini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsadlar: Tanish geometrik shakllar; DOIRA, KVADRAT, UCHBURCHAK,TO’RTBURCHAKni nomlash va ularni farqlash ko’nikmalarini rivolantirish.Kunning qismlari va ularning ketma-ketligi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Diqqat, xotirani rivojlantirish. Kerakli jihozlar: Ko’rgazmali jihozlar: Qo'g'irchoq Masha, molbert, doiralar tasvirlangan kartochkalar (1dan 5 gacha doiralar) nuqtalar tasvirlangan 5 ta doirachalar, qog'ozdan qirqilgan turli shakllardagi likobchalar (doira, kvadrat, uchburchak, to’g’ri to'rtburchaklar), odamlar va bolalarning kunning turli qismlaridagi faoliyatlari tasvirlangan rasmlar (tong, kunduzi, oqshom, tun). Tarqatma jihozlar: Doira, kvadratchalar, to’g’ri to'rtburchaklar, uchburchaklar to'plamlari.
O’yinli-ta’limiy faoliyatning borishi:
- Bolalar, bizga “Uch ayiq” ertagidagi Mashadan xat keldi. U yerda yozilishicha uch ayiq polvon Mashani uyiga qo’yib yuborishi uchun, Masha ularning qiyin topshriqlarini bajarishi kerak ekan. Lekin Masha o’zi yolg’iz bu topshiriqlarni bajarolmasligidan tashvishda. Bolajonlar biz Mashaga topshiriqlarni bajarishiga yordam beramizmi? (bolalar javobi)
-Unda boshladik!
Birinchi topshiriq
1.O'yin "Xuddi shunday qilamiz".
- Doiralarni sanang va shuncha sakrang. (Tarbiyachi uchta doira tasvirlangan kartochkani ko'rsatadi, bolalar uch marta sakrashadi.)
-Doiralarni sanang va shuncha chapak chaling.
-Doiralarni sanang va shuncha marta o’tirib turing. Barakalla, bolalar! Birinchi topshiriq bajarildi.
Ikkinchi topshiriq
2. O'yin "Bu qachon sodir bo'ladi?”.
- Kunning qismlari haqidagi topishmoqlarni tinglang va javobini topishga harakat qiling.

Osmonda shafaq turdi,


Xo’roz kuyini boshladi.
Mushuk bolalari yuvinishayabdi,
Bolajonlar uyg’onishayabdi. (tong)

- Kunning bu qismi uchun mos keladigan rasmlardan birini tanlang. Nima uchun bu rasmni tanladingiz?


2. Osmonda quyosh porlaydi,


Bolalarni sayrga chorlaydi.
Keling siz ham qo’shiling,
Bolalar birla o’ynab-kuling qiling! (kunduzi)

- Kunning bu qismiga qaysi rasm mos keladi?


3. Osmonda yulduzlar yondi.


Hamma yotog’iga yotdi.
O'g'il va qiz bolalar
Hamda ota-onalar uxlab qoldi. (tun)

- Ushbu vaqtga mos keladigan rasmni ko'rsating

4.Tez orada quyosh botadi,
Osmon qorong'ilashadi.
Hamma ishni tugatdi,
Barcha bolalar uyga ketdi. (oqshom)

- Kunning bu qismi uchun rasm toping.


-Keling, rasmlarni tartib bilan joyiga qo’yib chiqamiz (tong, kun, oqshom, tun). Boalajonlar qarang, mana bu yerda to'rtta uycha bor. Ular kunning qismlariga mos keladi: tong, kun, oqshom, tun. Endi men sizlarning har biringizga kunning turli qismlarida odamlarning (bolalarning) faoliyatlari tasvirlangan rasmlarni tarqataman. Siz ushbu rasmlarda tasvirlangan faoliyatlarni nomlashingiz va rasmni tegishli uy ostiga qo'yishingiz kerak.
3.Dam olish daqiqasi.
Uch ayiq uyga ketayotgan edi: (bolalar ayiq kabi yurishadi)
Dadasi kaaatta edi. (qo'llarini ko'tarishadi)
Onasi undan kichikroq edi, (qo'llar ko'krak darajasida, oldinga cho'zilgan)
O'g'li huddi ushoqcha , (o’tirgan xolatda yurish)
U juda kichkina edi,
Shiqildoqchalar bilan o’ynar edi.
To’rtinchi topshiriq
4.O'yin "Pirog".
- Masha ayiqlar uchun pirog pishirgan, ammo ular har xil shaklga ega: doira, kvadrat, to’g’ri to'rtburchak va uchburchak. Ularning likobchalari ham turli shakllarga ega. Bolajonlar musiqa sadosi ostida, biz likobchalar atrofida yuguramiz va musiqa to’xtagach, pirogingizni shakliga mos keladigan likobchaga qo'yishingiz kerak. (Bolalar geometrik shakllarini almashtiradilar, o'yin 3-4 marta takrorlanadi).
Mustahkamlovchi savollar:
1.Ayiqlarning qaysi topshirig’i eng qiyin bo'lganini ayting?
2.Qaysi topshiriq sizga eng oson tuyuldi?
Rag’batlantirish:
Barakalla, bolalar, barcha topshiriqlarni bajardingiz! Ana Masha ham keldi! Ayiqlar va'da qilganidek, uni uyiga qo'yib yuborishdi.

Download 84,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish