MAVZU: « KULOLCHILIK SAN’ATI »
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning kulolchilik san’ati turli kayfiyatdagi odamni tasvirlay olishni, kompozitsiyani, ko’rinishini tasvirlashni va loydan haykal yasashni bosqichma-bosqich o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi:O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash kulolchilik san’atining go’zal jihatlaridan zavqlanishni tarbiyalash.
v) Rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarning kulolchilikka bo’lgan munosabatini, bilimlarini, tushunchasini rivojlantirish
Darsning jihozi:
a) Dars metodi:amaliy mashg’ulot,ko’rsatmachilik,suhbat
b) Dars turi:yangi bilim beruvchi
d)Dars jihozi: rasm daftar, qalam, loy, plastilin, stek, akvarel, toza latta va boshqalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish.Davomatni aniqlash. o’quvchilarni qanday qilib darsga tayyorlanib kelganligini ko’riladi. Navbatchi o’quvchi bunga to’liq yordam beradi. Suv bo’lishi bilan taminlanadi. Kulolchilikka oid narsalarni solib qo’yadigan idish, qo’lni yuvish uchun kerakli narsalar bo’lishi kerak. Taxtacha loy qo’yish uchun bo’lsa yaxshi bo’ladi.
Ma’naviy daqiqa: 1954-yil 26-aprel – Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.
O’tilgan dars:
Oldingi darsda noan’anaviy tarzda “Doiraviy naqsh ishlash”mavzusida rasm ishlagan edik. Shunga kim rasm ishlab kelgan bo’lsa partalar ustiga qo’ysinlar – deb o’quvchilarning chizib kelgan suratlarini ko’rib chiqiladi. Yaxshi va yomon chizilganlaridan bir nechasini olib chiqib tahlil qilinadi. Tahlilni o’quvchilarning o’zlari bilan birgalikda bajariladi. Shuning bilan birga o’quvchilar suratlarning o’xshash va to’g’ri taraflarini ham ajrata olishi hisobga olinadi. O’quvchilarga rag’bat kartochkalar berishda tahlilda yaxshi ishtirok etganlar ham hisobga olinadi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Doiraviy naqsh ishlash qanday bosqichlardan iborat 2.Tarh va bezah gullari nima? 3.Doiraviy naqsh ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak Kulolchilik- eng qadimiy san’at turi Kulolchilik O’zbekiston tarixida Rahimovlar sulolasi alohida o’rni ahamiyat kasb etadi.Moskva va Leningrad oliy o’quv yurtlarida kulolchilik sohasining tarixi va texnologiyalarini chuqur o’rgangan.Muhiddin Rahimovning o’g’li Akbar Rahimov hamda nabirasi A.Rahimov Toshkent kulolchilik maktabi an’analarini yuksak darajaga ko’tardi. - Kulolchilik O’zbekiston tarixida Rahimovlar sulolasi alohida o’rni ahamiyat kasb etadi.Moskva va Leningrad oliy o’quv yurtlarida kulolchilik sohasining tarixi va texnologiyalarini chuqur o’rgangan.Muhiddin Rahimovning o’g’li Akbar Rahimov hamda nabirasi A.Rahimov Toshkent kulolchilik maktabi an’analarini yuksak darajaga ko’tardi.
Sopol lagan uchun namunalar Yangi mavzuni mustahkamlash - 1.Kulol san’ati haqida nimalarni bilasiz?
- 2.Uyingizda qanday sopol buyumlardan foydalanasiz?
- 3.Loydan sopol buyum yasash qanday bosqichlardan iborat?
BAHOLASH Uyga vazifa: - Sinfda boshlangan sopol buyum yasashni
- nihoyasiga yetkazing quriting va unga turli
bezaklar bilan ishlov bering
Do'stlaringiz bilan baham: |