Kuchni tezroq ko‘paytirish uchun og‘ir vazndagi vositalar bilan ishlash lozim, ammo mushaklarni ishlatish uchun bunday narsalarga hojat yo‘q. Ilmiy tadqiqotlarning umumiy tahliliga ko‘ra, og‘ir vaznli vositalar bilan kamroq takrorlagan holda mashq qilinsa ham, yengilroq vositalar bilan yoki hech narsasiz 12–40 marta mashq qilinsa ham mushaklar bir xilda kattalashishi mumkin bo‘ladi. Ammo bunda bir shart bor: mashqlarni mushaklar charchab qoladigan holatga yetguncha bajarish kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda davra so‘nggida kuchingiz faqat 1–2 marta takrorlashga yetadigan darajada qolgan bo‘lishi kerak xolos. Mushaklarni yetarlicha charchatish uchun bir nechta usullarni qo‘llashingiz mumkin: • Murakkab mashqlarni tanlash. Masalan, bir oyoqda o‘tirib turish yoki mashqlardagi tinch holatdan voz kechish. • Og‘irlikka ega vositadan foydalanish. Buning uchun uyda shug‘ullanishga mo‘ljallangan qo‘shimcha sport qurollarini sotib olish kerak, masalan, turli qarshilik kuchiga ega bo‘lgan bir nechta espander bog‘ichlarini. Shuningdek, bunday vositalarni uyda o‘zingiz tayyorlab olishingiz ham mumkin. • Sakrash harakatini qo‘shish. Keskin harakat hisobiga mushaklar tezroq charchaydi. Tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, sakrash mashqlari yangi boshlaganlar va havaskorlar uchun og‘irlikka ega vositalar bilan ishlash kabi samarali bo‘ladi. • Bir necha harakatlarni qo‘shib bir shug‘ullanishda bajarish (superset tashkil qilish). Oyoq uchun mo‘ljallangan deyarli barcha mashqlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan mushaklarni ishlatishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, o‘tirib turish mashqda o‘tirganingizda sonning orqa qismidagi, turganingizda esa old qismidagi mushaklar taranglashadi. Agar siz turli guruhdagi mushaklarni taranglashtiradigan ikki mashqni bir vaqtni o‘zida dam olmasdan bajaradigan bo‘lsangiz, mushaklaringiz tezroq charchaydi va ularni tezroq chiniqtirishingiz mumkin bo‘ladi. Balandlikka sakrash orqali ko‘tarilish son va boldirlarni faol ishlashiga sabab bo‘luvchi navbatdagi ajoyib sakrash mashqlaridan biri. Ushbu mashqni bajarishda tanlab olgan tayanch vositangiz mustahkam ekaniga ishonch xosil qiling, u harakatlaningiz davomida siljib ketmasin. Agar anchadan buyon shug‘ullanmayotgan bo‘lsangiz 50 sm dan baland bo‘lmagan stulchani tanlang. Balandlikka sakrab ko‘tariling va qadam tashlab ortga qayting. Pastga sakrab tushmang, bu tizzalarga ortiqcha ish bo‘ladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |