Mavzu: Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari konsepsiyasi


Ko‘ppartiyaviylik - demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti (O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyatlari)



Download 35,91 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2022
Hajmi35,91 Kb.
#633426
1   2   3
Bog'liq
Fayzullayev SH mustaqil ishi 2

Ko‘ppartiyaviylik - demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti (O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyatlari).

Partiya tizimi- siyosiy institutlar tushunchasi, jamiyatning siyosiy tuzilishi va jamiyat a’zolarini va davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishning qabul qilingan hamda e’tirof etilgan qoidasi. Jamiyatda ko‘ppartiyaviylik tizmi fuqorolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olish va jamiyatni davlatlashtirishda u yoki bu dasturga afzallik berishga imkon yaratadi. Ko‘p partiyaviylik tizmi rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, O‘zbekiston ham o‘z mustaqilligiga erishgach ko‘ppartiyaviylik yo‘lini tanladi. Dunyoda bundan boshqa bir va ikki partiyalik tizmi ham mavjud bo‘lib kelgan. Ko‘ppartiyaviylikning qaror topishi- jamiyatni demokratlashtirib borishning muhim belgisi hisoblanadi hamda ko‘ppartiyaviylik turlicha yondashuviga, muqobillikka sog‘lom raqobatga va samarali tanqidga olib boruvchi asosiy omildir. Hozirgi vaqtda Respublikasizda 5 ta siyosiy partiya ro‘yxatga olingan va faoliyat ko‘rsatmoqda, bu partiyalar haqida qisqacha to‘xtalamiz.


1. O‘zbekiston halq demokratik partiyasi (O‘zXDP) – 1991 yil 1 noyabr da tashkil topgan. Shiori: «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat». Partiya a’zolarining soni 580 mingdan ko‘p. O‘zXDP o‘z saflarida keng ommani: ziyolilar, xizmatchi, dehqon, tadbirkor, yoshlarni biriktirgan. Oliy Majlisda 1995-1999 yillarda 69 deputat, 1999-2004 yillarda 50 deputat, saylangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ( 2005 – 2010) parlamentda deputatalarning 23,3 foizini tashkil qiladi (2- o‘rinda). Bu partiya dastlab, 1991 yilda mamlakat prezidentligiga I.Karimov nomzodini ko‘rsatgan edi. O‘zXDP o‘z dasturiga «Yoshlar – vatan kelajagi» nomli maxsus band kiritgan. Partiya prezidentimiz olib borayotgan siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Matbuot organi «O‘zbekiston ovozi» gazetasi.

2. O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi –1995 yil 18 fevralda tashkil topgan. Partiya a’zolari 40 mingdan ortiq. Partiya elektorati keng omma tabaqasini o‘zida biriktirgan bo‘lib, o‘rta hol va extiyojmand aholi tabaqalariga tayanadi. Shiori «Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak» g‘oyasini ilgari surgan. Maqsadi: O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va ellatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, demokratiya tamoyillariga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirish, adolatli fuqorolik jamiyatini qurish. Oliy Majlis tarkibida bu partiyadan 1995-1999 yillarda 47 ta deputat, 1999-2004 yillarda 11 ta deputat, hozirgi vaqtda (2005 – 2010) esa 10 ta deputata a’zo bo‘lgan.

3. O‘zbekiston milliy tiklaninsh demokratik partiyasi – 1995 yil 3 iyunda tashkil topgan, a’zolari 20 ming kishidan ko‘p. Partiya o‘z elektoratida ko‘proq ziyolilarga suyanadi. Ijtimoiy qatlam sifatida o‘rta tabqani biriktirgan. Partiyaning bosh maqsadi-milliy manfaatlar zaminida yangi o‘zbek davlatining asoslarini yaratish, huquqiy davlatni qurish. Parlamentda bu partiyaning 1995-1999 yillarda 7 deputat, 1999-2004 yillarda 12 deputat, (2005 – 2010) hozirda esa 11 nafar deputati mavjud.

4. O‘zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi – 1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan. Partiya a’zolari 60 mingdan ziyod. Shiori: Millatimiz dardiga darmon bo‘laylik. Partiya elektoratining ko‘chiligi yoshlar tashkil qiladi. Maqsadi: «Kuchli davladan kuchli jamiyat sari» borish, erkin bozor iqtisodyotiga asoslangan ochiq, demokratik huquqiy davlat qurish. Milliy, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati negizlarini barpo etish, el-yurt turmush darajasini taraqqiy topgan xalqlar va davlatlar darajasiga ko‘tarish, mamlakatimizning jahon hamjamiyati orasida munosib o‘rin olishga amaliy xissa qo‘shishdan iborat.


Partiya hokmiyatga erishish uchun Prezident, paarlament, Mahalliy davlat hokmiyati, o‘zini-o‘zi boshqarish idoralariga saylovlarda qatnashib kelmoqda. 1999–2004 yillarda Parlamentda 52 deputati saylangan bo‘lsa, hozirgi davrda (2004–2010) Oliy Majlis qonunchilik palatasida 18 deputati (21,6%) mavjud.

2000 yil 9 yanvarda Prezident saylovchiga I.Karimov nomzodini ana shu partiya ko‘rsatgan edi hamda g‘olib bo‘ldi. 2000 yil 14 aprelida O‘zdekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi “Vatan taraqqiyoti” (1992 yil 24 mayda tuzilgan) qo‘shildi.

5. O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi – 2003 yil 15 noyabrda tashkil topgan. A’zolari 260 mingdan ko‘p. Bosh maqsadi ishbilarmon tadbirkorlarni keng faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratish. Partiya a’zolari 150 mingdan ko‘p. Elektorati: tadbirkorlar. Shiori “Ishbilarmon, mardlik va shioat sohibi azmi qat’iy bir kishi ming-minglab tadbirsiz kishidan yaxshidir”. O‘zLDPsining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 41 deputati bor. Partiyaning 36 a’zosi Senatga saylangan.

1996 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 7-sessiyasida «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi (ungacha siyosiy partiyalar faoliyati 1991 yil 15 noyabrda qabul qilingan «O‘zR da jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonun mavjud edi). Yangi qonun 17 moddadan iborat. Bunda Prezidentlik vakolatlarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zo bo‘lmasligi aytilgan. Yangi qonunda quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lmaydi: sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari, milisiya xavfsizligi xizmati xodimlari, xarbiy xizmatchilar, xorijiy dalat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Siyosiy partiya tuzish kamida 8 ta hududiy sub’ekt (viloyat), shu jumladan Qoraqalpog‘iston R va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida 5 ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi. (oldin 5 ta viloyatdan 3 ming imzo to‘plasa bo‘ldi edi). Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida 50 kishidan iborat bo‘lib, partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlashi, ta’sis se’zdi yo konferensiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzishlari lozim. Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab, 7 kun ichida adliya vazirligiga qo‘mita haqida, rahbariyati haqida xabardor qilishi lozim. Tashkiliy qo‘mita 3 oy faoliyat ko‘rsatish mumkin. S’ezd yoki konferensiya chaqirish lozim. Bunda partiya Ustavi va dasturi qabul qilinishi aytilgan. Ustav qabul qilingach bir oy ichida. O‘zR Adliya vazirligiga xabardor qilishi kerak. Adliya vazirligi hujatlarni 2 oy ichida ko‘rib chiqadi. Ro‘yxatdan o‘tsa ommaviy axborat orqali e’lon qilinadi. Siesiy partiya xar yili barchaning e’tibori uchun o‘z byudjetlarini e’lon qilib boradi. Bu xaqida Oliy Majlis yo vakolat beruvchi organga xisobat taqdim etadi. Xozirgi vaqitda Adliya vazirli ro‘yxatidan o‘tib mamlakatimizda foliyat ko‘rsatayotgan 5 ta siyosiy partiyalar mavjud.

2004 yil 30 aprelda O‘zR Oliy Majlisi 14-sessiyasida «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. Barcha demokratik davlatlarda bo‘lganidek, bizda ham partiyalarning o‘zaro kurashi g‘oya va qarashlarning raqobati, saylovchilar ovozi uchun kurash bo‘lishi shart. Endilikda bu harakatlarni amalga oshirishda davlatning o‘zi moliyaviy jihatdan ta’minlashi qonunan hal etildi. Bu masala siyosiy kasb etadi. Bu qonun o‘zida partiyalar moddiy manbalarni aniq ko‘rsatadi. Partiyaning moliyaviy faoliyati barchaning ko‘zi oldida ochiqligini, mablag‘lari qaysi yo‘llar orqali kelayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan moliyaviy huquq buzarlik uchun yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Hozirgi kunda jahonda partiyalarning moliyaviy manbalari 3 guruhga bo‘linadi; partiyalarning o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning hayriya ehson va ixtiyorlari badallari hamda davlat tomonidan moliyalashtirishdan iborat.





Download 35,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish